Pasxa oroli
Rapanui (Rapa Nui.: Rapa Nui) yoki Pasxa oroli (ispancha: Isla de Pascua) — Tinch okeanning sharqiy qismidagi vulkan oroli. Jan. Amerikadan 3000 km uzoqlikda, Chili hududi. Maydoni 165,5 km². Orol uchburchak shaklda boʻlib, har bir uchida vulkanlar bor: Rano-Aroi (539 m, orolning eng baland joyi), Katiki (377 m) va Rano-Kao (324 m). Qirgʻokdari qoyali. Iqlimi subtropik, sernam iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 16—23°. Yiliga 1300 mm yogʻin yogʻadi. Asosan, oʻt oʻsimliklari usadi. Tropik dehqonchilik qilinadi. Baliq ovlanadi, qoʻychilik rivojlangan. Maʼmuriy markazi — Xangaroa. Pasxa orolini 1722-yilda golland dengizchi sayyohi Ya.Roggeven pasxa bayrami kuni kashf qilgan. 1888-yildan Chili tarkibida. Orolda pasxaliklarning qad. madaniyat qoldiklari — tosh xaykallar, yozuvlar bitilgan taxtachalar sakdangan. Pasxa orolida 1955—56ylarda T.Xeyerdal rahbarligida Norvegiya—Amerika ekspeditsiyasi arxeologik qazishmalar oʻtkazdi. Tadkiqotchilar fik-richa, orolning dastlabki aholisi Pe-rudan kuchib borgan. 15-asrda Pasxa oroliga Markiz slaridan polinezlar borib oʻrnashgan. Ular 17-asrda orolning dastlabki aholisini butunlay kirib tashlagan.[1]
Geografiya | |
---|---|
Maydoni | 164 km2 |
Dengiz sathidan balandligi | 242 va 211 m. |
Eng baland nuqtasi | Terevaka |
Ma'muriyat | |
Davlat | Chili |
Mintaqa | Isla de Pascua |
Demografiya | |
Aholisi | 7750 |
Qo'shimcha ma'lumot |
Wikimedia Commonsda Easter Island mavzusiga oid fayllar bor. |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |