Patila Ergasheva
Patila Ergasheva (1952-yil, 7-noyabr, Buvayda tumani, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — nomdor oʻzbek fermeri hamda dehqoni. Qishloq xoʻjaligi sohasining taniqli namoyandasi va sohaning yetakchi arboblaridan biri.
Patila Ergasheva | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
7-noyabr 1952-yil Buvayda tumani Fargʻona viloyati OʻzSSR SSSR |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Millati | oʻzbek |
Siyosiy partiyasi | OʻzLiDeP |
Kasbi | Fermer, dehqon |
Dini | Islom |
Maʼlumoti | oʻrta maxsus |
Mukofotlari | |
Unvoni |
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi“ unvoni (1995-yil), „Mehnat shuhrati“ ordeni, (2002-yil), „Oʻzbekiston Qahramoni“ (2010-yil) kabi mukofotlar sohibasidir.
Buvayda tumanidagi "Doʻstlik" jamoa xoʻjaligi brigadiri sifatida oʻz mehnat faoliyatini boshlagan Patila Ergasheva, respublika mustaqillikka erishgandan keyingi yillarida, birinchilardan boʻlib, fermer xoʻjaligini tashkil qiladi va hozirgacha "Patilaxon" fermer xoʻjaligining rahbari sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Patila Ergasheva Fargʻona viloyati Urugʻchilik birlashmasi bilan hamkorlikda 1995-yilda, birinchilardan boʻlib, shaxsiy urugʻchilik xoʻjaligini tashkil etadi. Hozirgi kunga kelib, Buvayda va unga qoʻshni tumanlarda ekilayotgan „Namangan-77“ paxta urugʻi navi aynan mana shu xoʻjalik tomonidan yetkazib beriladi.
Biografiyasi
tahrirPatila Ergasheva — Fargʻona viloyati, Buvayda tumanida 1952-yilning 7-noyabr sanasida mirishkor dehqon oilasida tavallud topgan. Oʻrta maktabni bitirgandan soʻng, oʻz karyerasini boshlashni xohlaydi. Uning dastlabki ish joyi Buvayda tumanidagi „Doʻstlik“ jamoa xoʻjaligi boʻladi. U ushbu xoʻjalik (kalxoz)da brigadir — jamoa yetakchisi sifatida faoliyat yuritadi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillika erishgandan soʻng, u oʻzining shaxsiy tijorati — "Patilaxon" fermer xoʻjaligi faoliyatini yurita boshlaydi[1].
Ushbu xoʻjalik hamda Patilaxon Ergashevaga tegishli boshqa xoʻjaliklarning umumiy maydoni gektardan oshadi[1]. Patila Ergasheva qishloq xoʻjaligi mahsulotlari — paxta, bugʻdoy va poliz mahsulotlarini urugʻini yetkazib berishni yoʻlga qoʻygan. Unga tegishli boʻlgan ushbu xoʻjalikda 40qa yaqin ishchi xodim faoliyat yuritadi (2019). Namangan viloyatidagi yuqori oʻrinlarda qayd etiluvchi 5 ta urugʻchilik xoʻjaliklaridan biriga Patilaxon Ergasheva rahbarlik qiladi. U Fargʻona viloyati Urugʻchilik birlashmasi bilan hamkorlikda 1995-yil birinchilardan boʻlib oʻz urugʻchilik xoʻjaligini tashkil etgan. Natijada, hozirgi kunga kelib viloyatda ekilayotgan «Namangan-77» paxta urugʻi navi aynan mana shu xoʻjalik tomonidan yetkazib beriladi[1].
Patilaxon Ergasheva qishloq xoʻjaligi sohasida koʻrsatgan jonbozliklari uchun, prezident Islom Karimov tomonidan, 1995-yil «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan qishloq xoʻjaligi xodimi» unvoni, 2002-yilda «Mehnat shuhrati» ordeni, 2010-yilda «Oʻzbekiston Qahramoni» unvoni mukofotlari bilan taqdirlanadi[1][2][3].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 „«Oʻzbekiston Qahramoni» unvoni sohibalarining hayoti bilan tanishing“. Gujum.uz. Qaraldi: 19-iyun 2022-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Ўзбекистон Қаҳрамонлари кимлар?“. Qadriyat.uz. 8-noyabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2022-yil.
- ↑ „Сўнгги янгиликлар“. Effect.uz. 18-oktabr 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-iyun 2022-yil.