Patrick Banggaard
Patrick Banggaard Jensen (talaffuzi: Patrik Bangaard; 1994-yil 4-aprelda tugʻilgan) — daniyalik professional futbolchi, SønderjyskE jamoasida himoyachi sifatida oʻynaydi.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Patrick Bangaard Jensen[1] | ||
Tavallud sanasi | 4-aprel 1994-yil | ||
Tavallud joyi | Otterup, Daniya | ||
Boʻyi | 1.96 m | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | SønderjyskE | ||
Raqami | 26 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
-2007 | Otterup B&IK | ||
2007—2009 | Fjordager IF/B1909 | ||
2009—2012 | Vejle | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012 | VB Kolding | 6 | (1) |
2013—2017 | Midtjylland | 95 | (3) |
2017—2019 | Darmstadt 98 | 17 | (1) |
2018 | → Roda JC (ijara) | 14 | (0) |
2018—2019 | → Pafos (ijara) | 29 | (0) |
2019- | SønderjyskE | 51 | (2) |
Milliy terma jamoa | |||
2010 | Daniya U16 | 1 | (1) |
2010—2011 | Daniya U17 | 11 | (0) |
2011—2012 | Daniya U18 | 9 | (0) |
2012—2013 | Daniya U19 | 14 | (1) |
2013—2017 | Daniya U21 | 25 | (2) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (3-noyabr uchun) |
Banggaard oʻzi tugʻilgan Funen orolida turli yoshlar jamoalarida oʻynadi. Keyinchalik baland boʻyli va jismoniy kuchi bilan ajralib turadigan[2] Banggaard 2009-yilda Vejle Boldklub akademiyasiga oʻtdi. 2013-yilda Midtjylland bilan shartnoma imzoladi va Daniya Superligasida oʻzini yaxshi koʻrsata oldi. Bu esa Germaniya Bundesliga klubi Darmshtadt 98ga oʻtishga turtki boʻldi. 2019-yilda Daniyaga qaytib, SønderjyskE bilan shartnoma imzoladi va jamoadagi birinchi mavsumida Daniya kubogini qoʻlga kiritishdi.
Banggaard 21 yoshgacha boʻlgan Daniya milliy terma jamoasida 25 oʻyin oʻtkazgan
Faoliyati
tahrirIlk faoliyati
tahrirYoshlar darajasidagi faoliyatini Funen shahridagi Otterup B&IK klubida boshlagan[3][4]. Oʻsha paytda iqtidorli gandbolchi ham edi[4]. Keyinchalik 15 yoshida Vejle Boldklub yoshlar akademiyasiga koʻchib oʻtdi[3]. 2012-yil 5-may kuni Daniya 1-divizionida ikkinchi darajali Esbjerg fBga qarshi oʻyinda debyut qildi. Ligada jami toʻrtta oʻyinda qatnashdi. 2012-yilning may oyi boshida Germaniyada Bundesliganing 1.FSV Mainz 05 klubida uch kunlik sinov mashgʻulotlarini yakunladi[5]. Biroq, trasnfer amalga oshmadi.
Midtjylland
tahrir2013-yilning yanvarida Midtjylland bilan shartnoma imzoladi[6]. 2013—2014-yilgi mavsumda 31 ta oʻyin oʻtkazdi va 2014-yil avgustida yangi shartnoma bilan taqdirlandi[7]
Midtjylland bilan 2014—2015-yillarda Daniya chempionligini qoʻlga kiritdi[8]. 2015—2016-yilgi mavsumda UEFA Yevropa Ligasi 1/8 finaliga chiqishdi. Bangaard chet elga koʻchib oʻtishdan oldin „Midtjylland“ uchun jami 111 ta oʻyinda maydonga tushdi.
Chet elda
tahrir2017-yilning 31-yanvarida Banggaard Germaniya Bundesligasining SV Darmshtadt 98 klubi bilan 600 000 yevro evaziga uch yarim yillik shartnoma imzoladi[9][10]. 18-mart kuni „Wolfsburg“ga qarshi oʻyinda debyut qildi. Jamoa safarda 1:0 hisobida magʻlub boʻldi. 2016—2017-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida toʻqqizta oʻyinda oʻynadi.
Qishki transfer davri tugashiga oz vaqt qolganda, u mavsum oxirigacha ijara asosida Gollandiyaning Eredivizion klubi Roda JK Kerkradega oʻtdi[11][12]. Limburg jamoasi safida 14 oʻyinda oʻynadi[13].
2018-yil avgust oyi boshida boshqa klubga ijara asosida qoʻshildi, bu safar Kipr birinchi divizioni vakili Pafos FC ga[14]. Banggaard mavsumda 20 ta oʻyinda maydonga tushdi.
SønderjyskE
tahrirBanggaard 2019-yil 7-iyun kuni SønderjyskE bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi[15]. Klubdagi debyutini 14-iyul kuni Randers jamoasiga qarshi oʻtkazdi. Jamoa 2:1 hisobida gʻalaba qozondi[16]. Banggaard SønderjyskE bilan 2019—2020-yilgi Daniya kubogida AaBni 2:0 hisobida magʻlub etdi. Bu gʻalaba klub tarixidagi ilk sovrin boʻldi[17].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrir- 12-fevral, 2021-yilgi holat boʻyicha
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Qitʼa | Boshqa | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
VB Kolding | 2011—2012 | 1-Diviziya | 4 | 0 | 0 | 0 | - | - | 4 | 0 | ||
Midtjylland | 2012—2013 | Superligaen | 5 | 0 | 0 | 0 | - | - | 5 | 0 | ||
2013—2014 | 31 | 0 | 1 | 0 | - | - | 32 | 0 | ||||
2014—2015 | 26 | 0 | 0 | 0 | - | 2 | 0 | 28 | 1 | |||
2015—2016 | 13 | 1 | 2 | 0 | - | 2 | 0 | 17 | 1 | |||
2016—2017 | 20 | 1 | 1 | 0 | - | 8 | 0 | 29 | 1 | |||
Jami | 95 | 3 | 4 | 0 | 0 | 0 | 12 | 0 | 111 | 3 | ||
Darmstadt 98 | 2016—2017 | Bundesliga | 9 | 0 | - | - | - | 9 | 0 | |||
2017—2018 | 2. Bundesliga | 8 | 1 | 1 | 0 | - | - | 9 | 1 | |||
Jami | 17 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 18 | 1 | ||
Roda JC (iiara) | 2017—2018 | Eredivisie | 16 | 0 | - | - | - | 16 | 0 | |||
Pafos (ijara) | 2018—2019 | Kipr birinchi diviziyasi | 29 | 0 | 5 | 0 | - | - | 34 | 0 | ||
SønderjyskE | 2019—2020 | Superligaen | 24 | 1 | 4 | 0 | - | - | 28 | 1 | ||
2020—2021 | 13 | 0 | 3 | 0 | - | 1 | 0 | 17 | 0 | |||
Jami | 37 | 1 | 7 | 0 | - | 1 | 0 | 45 | 1 | |||
Jami | 198 | 5 | 17 | 0 | 0 | 0 | 13 | 0 | 228 | 5 |
Terma jamoada
tahrirYil | Terma jamoa | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
2010 | Daniya U16 | 1 | 1 |
2010—2011 | Daniya U17 | 11 | 0 |
2011—2012 | Daniya U18 | 9 | 0 |
2012—2013 | Daniya U19 | 14 | 1 |
2013—2017 | Daniya U21 | 25 | 2 |
Yutuqlari
tahrirMidtjylland
- Daniya Superligasi: 2014—2015[8]
SønderjyskE
- Daniya kubogi: 2019—2020[17]
Manbalar
tahrir- ↑ Patrick Banggaard WorldFootball.net saytida
- ↑ Ravn. „Stærk forsvarsspiller til SønderjyskE“ (datcha). soenderjyske.de. SønderjyskE (9-iyun 2019-yil). 2019-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
- ↑ 3,0 3,1 Rasmussen, Arne. „Otterup-knægt til Bundesligaen“ (datcha). Fyens Stiftstidende (4-fevral 2017-yil). Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
- ↑ 4,0 4,1 Just Kristensen, Jørn. „Banggaard fravalgte håndbold“ (datcha). Herning Folkeblad (19-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
- ↑ Helmin, Jesper. „Mainz kigger på VBK-talent“ (datcha). bold.dk (7-may 2012-yil). Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
- ↑ Helmin, Jesper. „FCM henter VBK-talent“ (datcha). bold.dk (9-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
- ↑ Thinesen, Niels O.. „FCM forlænger med forsvarsprofil“ (datcha). bold.dk (12-avgust 2014-yil). Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
- ↑ 8,0 8,1 Egelund, Klaus. „Guldet er hjemme: FC Midtjylland er danske mestre“ (datcha). Ekstra Bladet (21-may 2015-yil). Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
- ↑ „Banggaard solgt til Bundesligaen“ (datcha). fcm.dk. FC Midtjylland (31-yanvar 2017-yil). 2017-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
- ↑ „Banggaard wechselt nach Darmstadt“ (olmoncha). sv98.de. SV Darmstadt 98 (31-yanvar 2017-yil). 2017-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
- ↑ „Roda JC huurt Patrick Banggaard van SV Darmstadt'98“ (niderlandcha). rodajckerkrade.nl. Roda JC Kerkrade (31-yanvar 2018-yil). 2018-yil 1-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
- ↑ „Banggaard leihweise nach Kerkrade“ (olmoncha). Vorsprung (31-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
- ↑ „Roda JC degradeert voor tweede keer in clubhistorie, Almere City door“ (niderlandcha). Algemeen Dagblad (13-may 2018-yil). Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
- ↑ „Darmstädter Mall und Banggaard wechseln nach Zypern“ (olmoncha). Frankfurter Neue Presse (10-avgust 2018-yil). Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
- ↑ „Patrick Banggaard verlässt den SV Darmstadt 98 endgültig“ (olmoncha). Bundesliga (7-iyun 2019-yil). Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
- ↑ „SønderjyskE - Randers FC, 14.07.2019“. superstats.dk. Qaraldi: 12-fevral 2021-yil.
- ↑ 17,0 17,1 Brønd Nielsen, Jonas. „Minut for minut: SønderjyskE vinder pokalfinalen“ (datcha). JydskeVestkysten (1-iyul 2020-yil). Qaraldi: 9-fevral 2021-yil.