Paul Aleksandr
Paul Aleksander 1946-yil 10-yanvarda tugʻilgan boʻlib, u amerikalik huquqshunos va poliomielitdan omon qolgan inson hisoblanadi. U 1952-yilda olti yoshida poliomielit bilan kasallangan va nafas olishi ogʻirlashgan, hayotini saqlab qolish uchun uni Temir o'pkaga yotqizishgan va hali-hanuzgacha temir oʻpka yordamida nafas oladi. Paul Alexander poliomielit bilan kasallangan va hozirgacha yashab kelayotgan oxirgi bemordir[2][3][4][5].
Paul Aleksandr | |
---|---|
Tavalludi |
10-yanvar 1946-yil |
Vafoti | 11-mart 2024[1] |
Fuqaroligi | AQSh |
Kasbi | Huquqshunos, Yozuvchi |
Hayoti
tahrirAleksandr olti yoshida poliomielit bilan kasallangan va umrbodga falaj boʻlib qolgan, faqat boshini, boʻynini va ogʻzini harakatga keltira oladi[6][7][8].
1950-yillarning boshlarida AQShda poliomielitning yirik epidemiyasi vaqtida Dallas (Texas) atrofidagi yuzlab bolalar, shu jumladan Aleksandr Parkland Hospital shifoxonasiga olib ketilgan. U yerda bolalar temir oʻpka palatasida davolangan. Shifokor uning nafas olmayotganini payqab, shoshilinch bilan uni temir oʻpkaga yotqizgan, uning hayoti allaqchon oʻlim yoqasida boʻlgan [9]. 1954-yildan boshlab, Missis Sallivan ismli fizioterapevtning yordami bilan Aleksandr oʻzi glossofaringeal nafas olishni oʻrgangan, bu esa unga asta-sekin temir o'pka ichida omon qolishiga katta yordam bergan.
Aleksandr Dallas mustaqil maktab okrugining uyda taʼlim olgan birinchi oʻquvchilaridan biri boʻlgan. U maʼlumotlarni, vazifalarni qogʻozga tushurish oʻrniga yodlashni afzal koʻrgan. 1967-yilda Dallas oʻrta maktabini jismonan darsga qatnashmasdan bitirgan birinchi oʻquvchi boʻlgan.
Aleksandr Ginnesning rekordlar kitobi tomonidan temir oʻpkada eng uzoq vaqt yashagan shaxs sifatida tan olingan[10] .
Ijodi
tahrirAleksandr 2020-yil aprel oyida nafaqadagi doʻsti Norman D. Braun RN koʻmagida "My Life in an Iron Lung" nomli memuarini mustaqil nashr etgan. The Guardian nashirga koʻra, bu kitobni yozish uchun sakkiz yildan koʻproq vaqt kerak boʻlgan, plastik tayoq va qalam yordamida oʻz hikoyasini klaviaturada bosish orqali yoki doʻstiga soʻzlarni aytib berdish orqali yozishgan.
Manbalar
tahrir- ↑ (unspecified title) — Süddeutsche Zeitung.
- ↑ McRobbie, Linda Rodriguez. „The man in the iron lung“ (en-GB). The Guardian (2020-yil 26-may). Qaraldi: 2021-yil 27-yanvar.
- ↑ Buncombe, Andrew „America's last iron lung users on their lives spent inside obsolete ventilators“ (en). The Independent (2017-yil 22-noyabr). 2022-yil 25-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-yanvar.
- ↑ Casa Editorial El Tiempo. „Lleva 70 años sin poder moverse y vive gracias a un pulmón de acero“ (spanish). El Tiempo (2021-yil 11-fevral). Qaraldi: 2021-yil 13-fevral.
- ↑ Ramirez, Marc „Living inside a canister: Dallas polio survivor is one of few people left in U.S. using iron lung“ (en). Dallas News (2018-yil 25-may). Qaraldi: 2021-yil 13-fevral.
- ↑ Hoffman, Barry „The Man in the Iron Lung“ (en). Consumer Health News (2014-yil 1-dekabr). 2023-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 27-yanvar.
- ↑ Marchildon, Jackie „Meet One of the Last Polio Survivors To Subscribe to Invincible Craft“. Global Citizen (2017-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 27-yanvar.
- ↑ Adams, Phillip „Man in an iron lung“ (en-AU). ABC Radio National (2020-yil 16-iyun). Qaraldi: 2021-yil 27-yanvar.
- ↑ Panicker, Jobin „Polio survivors from Parkland reunite six decades late“ (en-US). WFAA (2018-yil 27-fevral). Qaraldi: 2021-yil 27-yanvar.
- ↑ „Longest iron lung patient“. Guinness World Records. Qaraldi: 2022-yil 4-dekabr.