Pavel Lessar
Pavel Mixaylovich Lessar (1851-yil, Usmonlilar imperiyasi – 1905-yil 21-aprel, Pekin, Sin imperiyasi) – rus harbiy muhandisi va diplomati, Markaziy Osiyo yurishlari ishtirokchisi, Rus imperiyasining Xitoydagi elchisi. Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi.
Pavel Mixaylovich Lessar | |
Rossiyaning Xitoydagi vakili- | |
---|---|
Mansab davri 1901-yil 29-sentabr – 1905-yil mart | |
Monarx | Nikolay II |
Oʻtmishdoshi | Mixail Nikolaevich Girs |
Vorisi | Dmitriy Dmitriyevich Pokotilov |
Buxoroda siyosiy agent- | |
Mansab davri 1890 – 1895 | |
Monarx |
Aleksandr III Nikolay II |
Oʻtmishdoshi | Nikolay Valeryevich Charikov |
Vorisi | Vladimir Ivanovich Ignatiyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Pavel Mixaylovich Lessar 1851-yil Usmonlilar imperiyasi, hozirgi Chernogoriya |
Vafoti |
1905-yil 21-aprel Pekin Sin imperiyasi |
Dafn etilgan joyi | Qadimgi xristian qabristoni |
Tarjimai holi
tahrirPavel Lessar Odessada nomdor fransuzlar, mayor Mixail Lukich Lessar (Lessard/Lessart)[1] va uning rafiqasi Genrietta Semyonovna Stifellar oilasida tugʻilgan. Lessar „Temir yoʻl muhandislari institutini“ tamomlagandan soʻng, 1877—1878-yillarda boʻlib oʻtgan rus-turk urushi paytida Poti portini qurishda ishtirok etgan. Prut orqali temir yoʻl koʻprigi qurib bitkazilgach, rus armiyasida aloqa tizimi boʻyicha muhandis sifatida faoliyat yuritadi. Urush tugagandan soʻng, bir muncha vaqt Bolgariyada temir yoʻl tadqiqotlari bilan shugʻullangan. Biroq, 1879-yilda, oʻsha paytda Transkaspiy mintaqasida turkman-takalarga qarshi urushga tayyorlanayotgan harbiy ekspeditsiya tarkibiga yuboriladi.
General M. N. Annenkov boshchiligida Pavel Lessar Krasnovodsk (hozirgi Turkmanboshi)dan Qizilarvot (hozirgi Serdar)gacha boʻlgan temir yoʻl qurilishida ishtirok etadi. 1880-yilning ikkinchi yarmida general Petrusevich qoʻl ostida dala qoʻshinlari tarkibida muhandis sifatida xizmat qilgan va Go'ktepa (hozirgi Ashxobod) yoʻnalishidagi muhim oraliq nuqtalarni egallashda qatnashgan va bir necha bor takalar bilan toʻqnashuvlarda jang qilgan.
Lessar Axaltaka vohasi M. D. Skobelev tomonidan bosib olinib, Turkmaniston tinchlantirilgandan soʻng, Mixaylovskiy koʻrfazi (hozirgi Krasnovodsk qoʻltigʻi)dan Qizilarvotgacha va Ashxoboddan Saraxsgacha muhandislik-geologik tadqiqotlar olib boradi. Eron va Afgʻonistonning chegaradosh hududlariga bir necha bor razvedka safarlarini amalga oshiradi. Transkaspiy temir yo'lida muhandis boʻlib ishlaydi. 1884-yilgi Marvning bosib olinish paytida general A. V. Komarovga hamrohlik qiladi. 1885-yilda Kushkin jangidan keyin Turkmaniston va Afgʻoniston oʻrtasidagi chegara chizigʻini aniqlash boʻyicha uch tomonlama ingliz-afgʻon-rus komissiyasiga tuziladi.
Oʻrta Osiyoda olib borgan kuzatishlari hamda „Izvestiya IRGO“da chop etilgan ishi uchun Lessar Rossiyasi imperiyasi geografiya jamiyat tomonidan kumush medal (1882-yilda) va kichik oltin medal (1883-yilda) bilan taqdirlangan. Shuningdek, tadqiqotlarining bir qismi Bosh shtabning Harbiy ilmiy qoʻmitasi tomonidan maxfiy „Osiyo boʻyicha geografik, topografik va statistik materiallar toʻplami“da nashr etilgan.
U 1890-yilda Buxoro amirligiga siyosiy agent etib tayinlangan hamda ushbu lavozimda 1895-yilgacha faoliyat olib borgan. Ushbu agentlik Rossiyaning Novaya Buxara qishlogʻi (hozirgi Kogon shahri)da Transkaspiy temir yoʻlining Buxoro stansiyasi yaqinida joylashgan edi[2]. Pavel Lessar amirlikning sud qismini yaxshilash loyihasi ustida ishlagan. 1893-yilgi qonun sud masalalarida Buxoro amirligidagi nasroniy xorijliklarni rus fuqarolariga, nasroniy boʻlmagan xorijliklarni esa buxoriylar bilan teng huquqli deya eʼrifot etdi. Lessarning talabiga binoan 1893-yilda Buxoroga muhandis sifatida Gelman tayinlandi. Uning zimmasiga amirlikning sugʻorish, yirik yoʻllar va dovonlarni qurish va taʼmirlash, shuningdek, Zarafshon daryosi suvlarining Rossiya va Buxoro yerlari oʻrtasida taqsimlanishini nazorat qilish yuklangan edi.
Buxorodan keyin Lessar Londonda Rossiyaning Osiyo ishlari boʻyicha siyosiy agenti sifatida mehnat qildi.
1901-yil 29-sentabrda Lessar M. N. Girs oʻrniga imperiyaning Pekindagi favqulodda va muxtor elchi si etib tayinlandi. U 1902-yilning 8-aprel sanasida Pekinda mamlakat tashqi ishlar vazirligi vakillari, shahzoda Sin va Van Venshao bilan Manchuriya boʻyicha bitim imzolaydi. Shartnomaga koʻra, ushbu mamlakat „Xitoy imperiyasining ajralmas qismi“, deya tan olinadi va Rossiya oʻz qoʻshinlarini, bir yarim yil ichida, agar „hech qanday tartibsizliklar yuzaga kelmasa va boshqa kuchlarning xatti-harakati bunga toʻsqinlik qilmasa“ u yerdan olib chiqish majburiyatini oladi. Shuningdek, Shanxayguan—Yingkou—Sinminting temir yoʻlini egalariga qaytarish ham ruslar majburiyatining bir qismi boʻlgan. Xitoyda boʻlgan paytida Lessar Yaponiya bilan bogʻliq siyosiy ziddiyatlarga keskin qarshilik koʻrsatadi. Xususan, A. N. Kuropatkin, Yalu daryosidagi rus oʻrmonlariga faqat tijorat xarakterini berishi kerakligi haqida shartlarga qarshi kurashadi.
Pavel Mixaylovich Lessar 1905-yilning aprel oyida Pekinda vafot etdi.
Bugun Rossiya diplomatiyasi katta yo'qotishga uchradi. Rus Imperiyasining favqulodda va muxtor elchisi P. M. Lessar Pekinda 55 yoshida vafot etdi. U eng muhim va qiyin paytda vafot etdi. Marhum elchi timsolida davlatimiz allaqachon oʻzini koʻrsata olgan iste’dodli va gʻayratli shaxsni yoʻqotdi. So'nggi paytlarda gazetalarda Xitoydagi elchimiz og'ir kasal bo'lib qolgani haqidagi mish-mishlar tez-tez uchrab turayotgan edi. Ular Lessarning oʻtkazgan operatsiyasi va sogʻligʻining yaxshilangani haqida soʻzlab berishardi. Va to'satdan qisqa telegraf xabari keladi. Xabar qisqaligi bilan dahshatli: "P. M. Lessar vafot etdi!”. U kasalligining jiddiyligini anglagan holda, Uzoq Sharqdagi notinch vaqtlardan omon qolishiga va Xitoy bilan hozirgi munosabatlarni muvaffaqiyatli yakunlashga yordam berishiga umidi bor edi. Hozirgi vaqtda Xitoy bilan mohirona diplomatik munosabatlarning muhimligi tashqi ishlar vazirligimiz tomonidan juda aniq e'tirof etilgan.
– deydi nekrologlardan biri[3].
P. M. Lessarning jasadi boʻlgan sink tobut 1905-yil kuzida Port Artur mudofaasi qahramoni general R. I. Kondratenkoning qoldiqlari bilan birga Munich (talaffuzi: Myunxen) paroxodi tomonidan Odessaga yetkazildi.
Adabiyotlar
tahrir- Voennie jeleznodorojnie postroyki russkoy armii v kampaniyu 1877—1878 gg. SPb., 1879
- Voennie puti soobщeniya na indo-afganskoy granitse. // „Sbornik geograficheskix, topograficheskix i statisticheskix materialov po Azii“ (SMA). Vip. XLI. SPb., 1890
- Zametki o Zakaspiyskom krae i sopredelnix stranax. // „Izvestiya Imperatorskogo Russkogo geograficheskogo obщestva“ (IIRGO). T. XX. Vip. 1. S. 1—87. SPb., 1884
- Mervskie xani. Polojenie Merva i Ateka v konse 1882 goda. // SMA. Vip. VI. SPb., 1883. S. 62—82.
- Oksus. Yego drevnee soedinenie s Kaspiyskim morem. Tashkent, 1891
- O raspredelenii vod Kelata i Deregeza mejdu etimi xanstvami i Atekom. Vostochniy bereg Tedjena u Seraksa i yujnee ego. // SMA. Vip. VI. SPb., 1883. S. 39—61.
- Peski Kara-kum. Puti soobщenii Zakaspiyskoy oblasti s Xivoyu, Mervom i Buxaroyu. // SMA. Vip. VI. SPb., 1883. S. 83—121.
- Poezdka v Seraks. // IIRGO. T. XVIII. SPb., 1881 (Otdelnoe izdanie: SPb., 1882)
- Po povodu stati gornogo injenera A. Konshina „Putevie zametki o Karakumskix peskax“. // IIGRO. T. XIX. SPb., 1883 (sovmestno s A. E. Gedroysem)
- Puti iz Asxabada k Geratu (1882 g.) // SMA. Vip. VI. SPb., 1883. S. 1—38.
- Svedeniya o Kafiristane // SMA. Vip. XXIX. SPb., 1888
- Yugo-zapadnaya Turkmeniya. // SMA. Vip. XIII. SPb., 1885 (Otdelnoe izdanie: SPb., 1895)
- Yugo-zapadnaya Turkmeniya. (Zemli sarikov i salorov). // IIRGO. T. XXI, vip. 1. SPb., 1885. S. 1—79 (sokraщyonnoe izdanie).
Manbalar
tahrirQoʻshimcha oʻqish uchun
tahrir- Soroka M. Ye. Portret rossiyskogo diplomata: Pavel Mixaylovich Lessar (1851—1905) // Novaya i noveyshaya istoriya. – 2012. – № 4. – S. 123—136.
- Romanov B. A. Ocherki diplomaticheskoy istorii russko-yaponskoy voyni. – M.—L., 1955
- Terentev M. A. Istoriya zavoevaniya Sredney Azii. T. 3. – SPb., 1903
- Lessar, Pavel Mixaylovich // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). – SPb., 1890—1907.
Havolalar
tahrirWikimedia Commonsda Pavel Lessar mavzusiga oid fayllar bor. |