Mixail Dmitriyevich Skobelev (1843-yil 29-sentabr, Sankt-Peterburg — 1882-yil 7-iyul, Moskva) — Rossiya imperiyasining Turkistondagi bosqinchilik urushlarida faol ishtirok etgan rus harbiy arbobi, infanteriya generali (1881-yil). Bosh shtab akademiyasini tugatgan (1868-yil). 1869-yilda Oʻrta Osiyoga kapitan unvoni bilan kelgan va 8 yil ichida general-mayor unvoni bilan Rossiyaga qaytgan. Skobelev Xiva xonligini bosib olish (1873-yil) va Poʻlatxon qoʻzgʻoloni (1873— 1876-yillar) ni bostirishda K. P. Kaufmannnng eng yaqin yordamchilaridan biri boʻlgan. Andijonni vayron qilib aholisiga 3300 rubl tovon toʻlatgan. Qoʻqon xonligi tugatilgach, 1876-yil 19 fevralda tashkil qilingan Fargʻona viloyatining birinchi harbiy gubernatori bo'lgan. Skobelev tomonidan viloyat markazi Qoʻqon shahridan Yangi Margʻilonga koʻchirilgan. Turkistonda podsho Rossiyasining mustamlakachilik siyosatini joriy qilishda qatʼiy faollik koʻrsatgan. Rossiya-Turkiya urushi (1877—1878-yillar) qatnashchisi. Axaltaka harbiy yurishlari paytida 2-Axaltaka ekspeditsiyasiga rahbarlik qilgan. Koʻktepa (Geoktepa) qalʼasi va Dengiltepa rus askarlari tomonidan egallangach (1881-yil 12 yanvar), Skobelevning buyrugʻi bilan tirik qolgan barcha qalʼa aholisi: 45000 kishi (ayollar, qariyalar, bolalar) yoppasiga qirib tashlangan, ularning mol-mulki talangan va Koʻktepa yer bilan yakson qilingan. Skobelev ashaddiy shovinist va mustamlakachi sifatida Turkistondagi tub xalqlarga past nazar bilan qaragan. Skobelev haqida mahalliy aholida nafratli xotiralar saqlanib qolgan. Skobelev 1882-yilda Sankt-Peterburgda fojiali oʻldirilgan. Fargʻona viloyatining maʼmuriy markazi boʻlgan Yangi Margʻilon (hozirgi Fargʻona) 1907—1924-yillarda Skobelev nomi bilan atalgan.[1]

Mixail Dmitrievich Skobelev
Fargʼona viloyati harbiy gubernatori
Mansab davri
1876-yil 5-mart – 1877-yil 17-mart
Vorisi Aleksandr Konstantinovich Abramov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1843-yil 29-sentabr
Petropavlovsk qalʼasi, Sankt-Peterburg, Rossiya Imperiyasi
Vafoti 1882-yil 7-iyul
Fuqaroligi  Rossiya imperiyasi
Turmush oʻrtogʻi Mariya Nikolayevna Gagarina
Onasi Olga Nikolayevna Skobeleva
Otasi Dmitriy Ivanovich Skobelev
Alma mater Sankt-Oeterburg Imperator Universiteti
Dafn etilgan joyi Zaborovo qishlog'i
Qoʻshin turi piyoda askarlar
Xizmat yillari 1861—1882

Skobelev Oʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishining bevosita ishtirokchisi. Tarix sahifalariga jang paytida oq mundir va oppoq otda jang maydonida kurashgani sababli „oq general[2]“ (turkcha: Ak-paşa[3]) nomi bilan kiritilgan. Bolgariya haloskori. Bolgar xalqi uni milliy qahramon sifatida ezozlashadi.

Yoshligi va taʼlimi

tahrir

Skobelev 1843-yil Sankt-Peterburgda, bobosi boshliq bo'lgan Petropavlovsk qal'asida dunyoga kelgan[2]. Otasi Dmitriy Ivanovich Skobelev armiya generali bo'lgan[4].

1866-yil kuzida u general shtab akademiyasiga o'qishga kirgan. Shtab akademiyasini tamomlagandan so'ng, 1868-yilda Turkistonga yuborilgan. Ikki yillik tanaffusni hisbga olmaganda (bu vaqtda u Kavkaz frontida xizmatda bo'lgan) u 1877-yilgacha Markaziy Osiyoda qolgan[2].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. "Skobelev Mixail Dmitriyevich" OʻzME. S-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. 2,0 2,1 2,2 Andoza:EB1911
  3. Forbes, Archibald „Soldiers I Have Known“, . Memories of War and Peace, 2nd, Cassell and Company Limited, 1895 — 363–366-bet. 
  4. „Дмитрий Иванович Скобелев | История, культура и традиции Рязанского края“. 62info.ru. 2019-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-fevral.

Adabiyot

tahrir
  • Oʻzbekistonning yangi tarixi, 1kitob [Turkiston Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], T., 2000.