Paxtakor ovozi
Paxtakor ovozi — Xalq deputatlari Narpay tuman kengashi va tuman hokimligining gazetasi[2]. Gazeta 1932-yilda „Qizil Norpoy“ nomi bilan chiqa boshlagan. 1961-yilda bu nom „Paxtakor ovozi“ deb oʻzgartirilgan.
Paxtakor ovozi | |
---|---|
Formati | A2 |
Kimga tegishli | Xalq deputatlari Narpay tuman kengashi va tuman hokimligi |
Asos solingan | 1932-yil |
Bosh muharrir | Toshpo‘lat Toshmurodov |
Tili | o'zbek |
Adadi | 2 463 nusxa (2019-yil)[1] |
Vebsayt | https://navqironnarpay.uz/ |
Gazeta 1932-yili “Qizil Norpoy” nomi ostida lotin alifbosida nashr etilgan. 1932-yilgi birinchi nashrga Sultonov degan kishi muharrirlik qilgan. Ilk soni asl nusxasi saqlanmagan. Biroq gazetaning foto nusxalari Moskva shahridagi davlat arxividan olib kelingan.
Keyinroq “Qizil Norpoy” gazetasi o‘z nomini “Paxtakor ovozi”ga o‘zgartirgan.
1982-yilda tahririyat binosi yangi zamonaviy ikki qavatli binoga ko‘chib, faoliyatini davom ettirdi.
1984-yilga qadar gazetaga Malik Navro‘zov, Norqul Tolipov, Xoliqul Orziqulov, Umar Aliqulov Ismoil Ibrohimov, muharrirlik qilishgan. 1984-yildan yildan boshlab bugungi kungacha Toshpo‘lat Toshmurodov bosh muharrir lavozimida mehnat qilmoqda[3].
1992-yilda Narpay tumanida Oqtosh shaharchasi tashkil etilganligining 25 yilligi, Islom shoir Nazar o‘g‘li tavallududining 120 yilligi hamda “Paxtakor ovozi” gazetasining 60 yoshi katta bayram sifatida nishonlandi. Tumanga Toshkentdan taniqli shoir, yozuvchilar va san’atkorlar tashrif buyurgan.
1994-yili gazeta muharriri o‘rinbosari Rizo Xudoyqulov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvoni sohibi bo‘lgan.
1999-yilning 5-dekabr kuni o‘tkazilgan deputatlik saylovlarida gazeta bosh muharriri O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga saylandi.
2000-yilda gazeta birinchi marta kompyuterda terilib, sahifalandi. 2002-yili nashrning yetmish yilligi nishonlandi[4].
2007-yilda O‘zbekiston Mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tahririyatga moddiy ko‘mak berib, kompyuter, fotoaparat sovg‘a qildi.
2012-yilda gazetaning sakson yilligi nishonlandi. Muassis: Xalq deputatlari Narpay tuman kengashi va tuman hokimligi. Gazeta oyida toʻrt marta chop etiladi. Gazetaning bosh offisi Narpay tumani, Oqtosh shahri Fidokor koʻchasi, 1-uyda joylashgan.
Manbalar
tahrir- ↑ https://aniq.uz/uz/yangiliklar/bu-yil-samarqand-viloyat-tuman-shahar-gazetalari-necha-nusxada-chop-etiladi
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-mart.
- ↑ „GAZETA – HAYOT OYNASI“. Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.
- ↑ „Оммавий ахборот воситалари“. 2023-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-sentyabr.