Pecheniye
Pecheniye—kichik, turli shaklda pishirilgan shirin taʼmli yengil tamaddi yoki shirinlikdir. Odatda, uning tarkibiga un, shakar, tuxum va baʼzi turdagi oʻsimlik moylari, yogʻ yoki sariyogʻ qoʻshiladi. Qoʻshimcha ingredient sifatida mayiz, shokolad boʻlaklari, yongʻoqlar va shu kabi boshqa mahsulotlardan foydalanish mumkin.
Shokolad donali pecheniye | |
Turi | Biskvit |
---|---|
Kelib chiqishi | 7-asr Fors[1] |
Ingliz tilida soʻzlashuvchi mamlakatlarning koʻpchiligi qarsillatib pishiriladigan pecheniyelarni „biskvit“ deb atashadi. AQSh va Kanada esa bundan mustasno, chunki bu yerda „biskvit“ tezpishar non maʼnosiga ishora qiladi. Hatto Buyuk Britaniyada ham baʼzan koʻp isteʼmol qilinadigan biskvitlarni „pecheniye“ deb ataladi[2]. Baʼzi pecheniyelar shakliga koʻra ham nomlanishi mumkin, masalan, burchaklar soniga qarab.
Biskvit yoki pecheniyelarning zefir yoki murabbo bilan toʻldirilgan, baʼzan qaymoqli kremlar, shokolad yoki boshqa shirin qoplamaga botirilgan xilma-xil turlari boʻladi. Masalan, Oreo. Pecheniyelar koʻpincha sut, qahva yoki choy kabi ichimliklarga botirib tanovvul qilinadi, bunda ular yumshab, shakari erib, qandolat mahsulotlari yanada xushtaʼm boʻladi[3]. Zavodda tayyorlangan pecheniyelar oziq-ovqat doʻkonlari, bozor rastalari va savdo avtomatlarida sotiladi. Yangi pishirilgan pecheniyelarni esa qandolatchilik uylari va qahvaxonalarda xarid qilish mumkin.
Manbalar
tahrir- ↑ „Cookies originated from Persia, shortly after the use of sugar became relatively common in the region.“ (en). The Vintage News (2016-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 11-noyabr.
- ↑ Nelson, Libby. „British desserts, explained for Americans confused by the Great British Baking Show“. Vox (2015-yil 29-noyabr). 2015-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-dekabr.
- ↑ Lee, Laura. The Pocket Encyclopedia of Aggravation. New York: Black Dog & Leventhal, 2001.