Jose Pedro Cea (ispancha: José Pedro Cea) – urugvaylik futbolchi (hujumkor yarim himoyachi, hujumchi) va murabbiy. 1900-yil 1-sentyabrda Ispaniyaning Galisiya shahrida tavallud topgan. Cea 5 gol bilan Urugvay terma jamoasining 1930-yilgi jahon chempionatidagi eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. Uning Argentina milliy terma jamoasiga qarshi final bahsida 57-daqiqada urgan goli Urugvay milliy terma jamoasiga hisobni tenglashtirishga imkon berdi.

Pedro Cea
Pedro Cea 1928-yilda
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi José Pedro Cea Urriza [1]
Tavallud sanasi 1-sentyabr 1900-yil
Tavallud joyi Montevideo, Uruguay
Vafot sanasi 18-sentyabr 1970-yil(1970-09-18)
(70 yoshda)
Vafot joyi Montevideo, Uruguay
Boʻyi 1.72 m (5 ft 7 12 in)
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1922–1927 Central Atletico Lito 231 (111)
1928 Bella Vista 26 (17)
1929–1934 Nacional 325 (138)
Total 582 (266)
Milliy terma jamoa
1923–1932 Urugvay 26 (13)
Boshqargan klublari
1941–1942 Urugvay
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ikki karra Yozgi olimpiada oʻyinlari chempioni (1924 va 1928) FIFA jahon chempioni (1930). Uch karra Janubiy Amerika chempioni (1923, 1924, 1926). Urugvay chempionati chempioni (1934).

Faoliyatining koʻp qismini poytaxt Montevideoning „Nasyonal“ jamoasida 1929—1934-yillarda toʻp surdi. „Nasional“ jamoasi tarkibida 325 oʻyinda maydonga tushib 138 ta raqiblar darvozasini nishonga oladi. Bu jamoa safida Cea Urugvay chempionatlarida 103 ta oʻyin oʻtkazib, 31 ta gol urgan. U „Lito“ klubida 1922-yildan 1927-yilgacha oʻynagan. Bu jamoa tarkibida 231 oʻyinda maydonga tushib 111 ta gol urgan. Qisqa muddat yaʼni 1928-yilda 26 oʻyinda 17 ta gol urgan. Klublar miqyosida Jose Pedro Cea umumiy hisobda 582 ta oʻyinda maydonga tushib, 266 ta gol urdi.

Futbolchilik faoliyatining oxirida murabbiy boʻldi. Uning boshchiligida Urugvay milliy terma jamoasi 1942-yilda Janubiy Amerika chempionatida gʻolib chiqdi.

Milliy terma jamoadagi birinchi oʻyinini 1923-yil 4-noyabrda Paragvay milliy terma jamoasi qarshi (2:0) oʻynagan. Milliy terma jamoadagi oxirgi oʻyinni 1932-yil 4-dekabrda Braziliya milliy terma jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan (1:2).

Yutuqlari

tahrir

Oʻyinchi miqyosida

tahrir

Murabbiy miqyosida

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir