Dastlab Pekche Koreya yarim oroli janubidagi maxan yoki boshqacha aytganda chinxanmaxan jamoasi (ilk davlatchilik shakli) tarkibiga kirgan. Xitoy va koreys yilnomalarida Pekchening kelib chiqishi borasida toʻrt xil qarash mavjud. Jumladan, „Samguk sagi“da Pekchening tashkil topishiga oid ikki xil fikr bildirilgan. Birinchisiga koʻra, Pekche Koguryoning asoschisi Jumongning oʻgʻli onjo tomonidan tashkil qilingan. Rivoyatga koʻra, Jumongning birinchi nikohidan tugʻilgan katta oʻgʻli va vorisi Yuri Shimoliy Puyeda, ikkinchi xotinidan tugʻilgan Piryu va onjo ismli oʻgʻillari Koguryoda yashagan. Yuri Koguryoga kelgan vaqtda Piryu va onjo janubga joʻnab ketgan. Aynan bu yerda Ondjo yangi davlat- ga asos solgan. Ikkinchi taxminga koʻra, Piryu va Onjo Jumongning oʻgay oʻgʻillari boTishgan. Baʼzi olimlar fikricha, Piryu va onjo tarixiy shaxslar emas, balki Pekche aholisi shakllanishiga asos botgan.
Koreysjamoasini gavdalantiruvchi obrazlardir. Piryu Koguryo bosib olgan piryu urugʻi, Onjo esa okcho qabilasining nomidan kelib chiq- qan. Aynan bu qarashga asoslanib, koreys tarixchilari Pekchening paydoboʻlish davrini eramizgacha boʻlgan I asr deb hisoblaydilar. Yapon tarixiy hujjatlariga koʻra, Pekchening asoschisi Tonmyondir.
„Chjou shu“ („Chjou tarixi“) nomli Xitoy yilnomasiga koʻra, Pekche davlatiga Kutxe degan kishi asos solgan. Bu oʻrinda, gap Puye vani – Vi Kutxe toʻgʻrisida ketayotgan boʻlsa kerak. Pekcheda Kutxe nomli ibodatxona boʻlib, u yerda Pekche davlatining asosc- hisiga bagʻishlab qurbonlik qilinar ekan. Yilnomada yozilishicha, Pekchening paydo boʻlish tarixi eramizgacha boʻlgan III asrga toʻgʻri keladi. Hukmdor sulola vakillari Puye nasabiga ega bomishi bilan birga, Xe, Sa, Yon, Xyon, Chin, Kol, Pek va Mok nomli 8 ta zodagonlar urugʻidan ham bolmagan.