Percival Lowell
Persival Louell(ingliz. Percival Lowell, 13-Mart 1855, 12-Noyabr 1916) — amerikalik biznesmen, sharqshunos, diplomat, astronom, matematik va millioner. Mars tadqiqotchilaridan biri va Pluton sayyorasining kashf etilish jarayoniga ulkan hissa qoʻshgan olim. Quyosh tizimidagi 9-sayyoraning kashf etilish harajatlarini oʻz yonidan moliyalashtirgan. Arizona shtatining Flagstaff shahrida Louell rasadxonasiga asos solgan.
Persival Louell | |
---|---|
Tavalludi |
1855-yil 13-Mart Boston, Massachusets shtati |
Vafoti |
1916-yil 12-noyabr |
Fuqaroligi | AQSh |
Sohasi | biznesmen, sharqshunos, astronom, matematik |
Mukofotlari | Klark universiteti va Amherst kollejining faxriy unvonlari, Fransiya astronomiya jamiyati oliy mukofoti |
Hayoti va faoliyati
tahrirShaxsiy hayoti va faoliyati
tahrirPersival Louell 1855-yilning 13-martida[1][2] Bostonda, Massachusets shtatida Avgust Louell va Ketrin Bigelou Louellning oilasida tugʻilgan. Persival 1872-yilda Noble va Greenough maktabini imtiyozli diplom bilan bitirdi. Soʻng, 1876-yilda Garvard universitetini matematika boʻyicha imtiyozli diplom bilan tamomladi[3]. Kollejni bitirganida u oʻz davri uchun ilgʻor hisoblangan tumanlik gipotezasi haqida nutq soʻzlaydi.Keyinchalik Klark universiteti va Amherst kollejining faxriy unvonlari bilan taqdirlangan[4]. Oʻqishni tamomlab olti yil paxta zavodini boshqargan[2]. 1880-yillarda Louell Uzoq Sharqqa koʻp sayohat qiladi. 1883-yil avgustda u Koreyaning AQShdagi maxsus diplomatik vakolatxonasida tashqi ishlar kotibi va maslahatchisi boʻlib xizmat qildi. Koreyada Louell ikki oyga yaqin turdi[2]. Soʻng Yaponiyada ham koʻp vaqt yashadi. Yapon xalqining dini, psixologiyasi va feʼl-atvori haqida kitoblar yozdi. Uning yozganlari yapon hayotining turli qismlarini, jumladan, til, diniy urf-odatlar, iqtisod, ijtimoiyhayot, Yaponiyaga sayohat haqida kuzatishlaridan olgan fikr va xulosalaridan iborat. Louellning Sharq boʻyicha kitoblari sirasiga „Noto: An Unexplored Corner of Japan“ (1891) va „Occult Japan, or the Way of the Gods“ (1894), kiradi. Uning Koreyadagi faoliyati taʼsirida „Chosön: The Land of the Morning Calm“[2] (1886, Boston) kitobi paydo boʻlgan. Louellning Sharqqa doir eng mashhur asari „The Soul of the Far East“ (1888) hisoblanadi. 1892-yilda Louell Amerika sanʼat va madaniyat fanlar akademiyasining aʼzosi etib saylandi[5]. U1893-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlariga qaytib keldi[2].U Camille Flammarionning „La planète Mars“ asarini oʻqigach oʻz ilmiy faoliyatini Mars va astranomiyani oʻrganish bilan davom ettirishga qaror qildi[6]. U ayniqsa, Mars rasadxonasi direktori astronom Jovanni Skiaparelli tomonidan chizilgan „Marsdagi suv kanallari“ga juda ham qiziqib qoldi. Louell oʻzining boyligi va jamiyatdagi taʼsiridan foydalanib, 1893-94 yillar qishidan boshlab oʻzini astronomiyani oʻrganishga bagʻishladi va oʻz nomiga atalgan rasadxonaga asos soldi[3]. U oʻzining yangi rasadxonasi uchun Arizona hududi Flagstaffni tanladi. Flagstaff dengiz sathidan 2100 metrdan oshiq balandlikda, kechalari shahar chiroqlaridan uzoq boʻlgani uchun astronomik kuzatishlar uchun qulay joy edi. Bu birinchi marta astronomik kuzatishlar uchun qulay, shahardan uzoqda joylashgan, astronomik kuzatishlar uchun maxsus tanlangan rasadxona edi[7][3].Louell oʻzining rasadxonasida kattaroq teleskoplar oʻrniga kichikroqlaridan foydalanishni maʼqul koʻrgan. Chunki, bunday teleskoplar yordamida sayyoralarning nozik jihatlarini ham oʻrganish mumkin deb hisoblagan. Louell 1904-yilda Fransiya astronomiya jamiyati „Société astronomique de France“ oliy mukofoti boʻlgan Jyul Yanssen mukofotini oldi.
Marsdagi kanallar
tahrirLouell 1893-yildan 1908-yilgacha, taxminan 15 yil davomida, Marsni chuqur oʻrganib chiqdi va oʻzi sezgan Mars sirtidagi belgilarning murakkab chizmalarini chizdi. Bu haqidagi oʻz qarashlarini uchta „Mars“ (1895), „Mars and Its Canals“ (1906) va „Mars As the Abode of Life“ (1908) kitoblarida bayon qilgan. Bu asarlari bilan Louell keng yoyilgan Marsdagi chizgilar ongli hayot belgilari degan mashhur fikrni ommalashishiga sabab boʻldi.[8][9]
Venera haqida
tahrirLouell koʻproq Marsni oʻrganish uchun vaqt sarflagan boʻlsada, Venera xaritalarini chizish bilan ham shugʻullangan. U Venerani kuzatishni 1896-yil oʻrtalarida Arizona shtatida joylashgan Flagstaffdagi yangi rasadxonaga 24 dyumli Alvan Clark & Sons teleskopi oʻrnatilgandan soʻng boshladi. Louell kunduzgi atmosferaning taʼsirini kamaytirish uchun teleskopning linzalari diametri 3 dyumgacha toʻxtagan va shu holatda sayyorani kunduzgi osmonda kuzatgan. Louell oʻsha paytdagi fikrlardan farqli oʻlaroq, markaziy qorongʻu nuqtani oʻz ichiga olgan tilga oʻxshash sirt xususiyatlarini kuzatdi: „Venera Yerdan koʻrinadigan sirt xususiyatlariga ega emas, shaffof boʻlmagan atmosfera bilan qoplangan“ deb fikr bildirdi.
Pluton
tahrirLouellning sayyoralarni oʻrganishga qoʻshgan eng katta hissasi hayotining soʻnggi oʻn yilligiga toʻgʻri keladi. Bu davrni u Neptunning ortidagi faraziy sayyorani X sayyorani topishga bagʻishlagan. Louell Uran va Neptun sayyoralari koʻrinmaydigan X sayyoraning tortishish kuchi taʼsiriga bashorat qilinganoʻrinlardan siqib chiqqan deb hisoblardi[10]. Louell 1906-yilda qidiruv dasturini boshlagan. Koʻplab urinishlarga qaramasdan Louell Plutonni kashf qila olmagan. Ammo, keyinchalik Louell rasadxonasi 1915-yilning mart va aprel oylarida Plutonni suratga olganlar, lekin oʻsha paytda tasvirning yulduz emasligini anglamaganlar[11].
Nashr qilingan asarlari
tahrir- The Soul of the Far East (1888)
- Noto: An Unexplored Corner of Japan (1891)
- Occult Japan, or the Way of the Gods (1894)
- Collected Writings on Japan and Asia, including Letters to Amy Lowell and Lafcadio Hearn, 5 vols., Tokyo: Edition Synapse. ISBN 978-4-901481-48-9
- Chosön: The Land of the Morning Calm ; a Sketch of Korea. Ticknor, 1886.
- Mars (1895)
- Mars and Its Canals (1906)
- Mars As the Abode of Life (1908)
- The Evolution of Worlds (1910)
Oʻlimi
tahrirHayotining soʻnggi 23 yilida astronomiya, Louell rasadxonasi va boshqa rasadxonalardagi faoliyati asosiy oʻrin tutdi. Pesival Louell birinchi jahon urushidan qattiq taʼsirlanadi hamda bu davrda baʼzi astronomik ishlarida ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Persival Louell 1916-yil 12-noyabrda insultdan vafot etdi[12]. Louell oʻz rasadxonasi yaqinidagi Mars tepaligiga dafn etilgan[13].
Manbalar
tahrir- ↑ Eschiner, Kat „The Bizarre Beliefs of Astronomer Percival Lowell“. https://www.smithsonianmag.com/ (13-mart 2017-yil). Qaraldi: 23-may 2022-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 „Chosön, the land of the morning calm ; a sketch of Korea,“. https://www.loc.gov/. Qaraldi: 23-may 2022-yil.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Littmann, Mark (1985). Planets Beyond: Discovering the Outer Solar System.. Courier, 2004 — 62-63-bet. ISBN ISBN 0-486-43602-0. Qaraldi: 23-may 2022-yil.
- ↑ „Marsdagi hayotni tasavvur qilgan birinchi odam“. http://www.findingdulcinea.com/.
- ↑ „American Academy of Arts and Sciences.“. https://www.amacad.org/. "Book of Members, 1780–2019: Chapter L. Qaraldi: 23-may 2022-yil.
- ↑ Chambers, P.. Life on Mars; The Complete Story. Blandford, 1999. ISBN 0-7137-2747-0.
- ↑ Schorn, Ronald A.. Planetary astronomy: from ancient times to the third millennium. College Station, TX: Texas A & M University Press, 1998. ISBN 0-585-38034-1. OCLC 49414656.
- ↑ Kidger, Mark (2005) Astronomical Enigmas: Life on Mars, the Star of Bethlehem, and Other Milky Way Mysteries. p. 110. ISBN 0801880262.
- ↑ Dunlap, David W.. „Life on Mars? You Read It Here First.“. The New York Times (1-oktabr 2015-yil). 2-oktabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-oktabr 2015-yil.
- ↑ Tombaugh, C. W. (1946). „The Search for the Ninth Planet, Pluto“. Astronomical Society of the Pacific Leaflets. 5-jild, № 209. 73–80-bet. Bibcode:1946ASPL....5...73T.
- ↑ Buie, Marc W. „Orbit Fit and Astrometric record for 134340“. SwRI (Space Science Department) (11-avgust 2008-yil). Qaraldi: 21-fevral 2010-yil.
- ↑ Croswell, Kenneth (1997) Planet Quest: The Epic Discovery of Alien Solar Systems. p. 49. ISBN 0684832526.
- ↑ McKim, R. (1995). „Astronomy on Mars Hill“. Journal of the British Astronomical Society. 105-jild. 69–74-bet.
Havolalar
tahrir- Persival Louell Youtube
- Chujie miraji i marsianskie kanali Youtube
- Qizil sayyora Mars va Persival Louell Youtube
- Louell rasadxonasi]
- Persival Louell]