Peter Sarnak
Peter Sarnak (talaffuzi: Piter Sarnak) (1953-yil 18-dekabrda tugʻilgan) — janubiy afrikalik-amerikalik matematik. Sonlarning analitik nazariyasi sohasidagi ishlari bilan tanilgan. 2014-yil Wolf mukofoti bilan taqdirlangan.
Peter Sarnak | |
---|---|
Tavalludi |
18-dekabr 1953-yil Johannesburg, Janubiy Afrika |
Fuqaroligi |
Janubiy Afrika AQSh |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Courant matematika fanlari instituti New York universiteti Stanford universiteti Princeton universiteti Perspektiv tadqiqotlar instituti |
Taʼlimi |
Witwatersrand universiteti (BSc) Stanford universiteti (PhD) |
Akademik rahbarlari | Paul Cohen |
Mashhur shogirdlari |
William Duke Alex Eskin Alexandru Zaharescu Harald Helfgott Jacob Tsimerman Jonathan Pila Kannan Soundararajan Akshay Venkatesh Steven Miller |
Mashhur ishlari | Hafner–Sarnak–McCurley konstantasi |
Taʼsir olgan |
Carl Siegel Juergen Moser |
Mukofotlari |
George Pólya mukofoti (1998) Ostrovskiy mukofoti (2001) Levi L. Conant mukofoti (2003) Cole mukofoti (2005) Wolf mukofoti (2014) Sylvester medali (2019) |
Sarnak 1976-yil Witwatersrand universitetidan BSc darajasini olgan. 1980-yil Stanford universitetidan Paul Cohen rahbarligida PhD darajasini olgan. Olim ish faoliyati davomida Courant matematika fanlari instituti, New York, Stanford, Princeton universitetlarida hamda Perspektiv tadqiqotlar institutida ishladi.
Sarnak matematik analiz hamda sonlar nazariyasi sohalariga salmoqli hissa qoʻshgan. Oʻz zamonasining sonlar nazariyasi boʻyicha eng yetuk mutaxassislaridan biri hisoblanadi. Rankin–Selberg metodi boʻyicha ishlari Hilberning 11-masalasi yechilishiga olib keldi.