Photoplay
Ann_Sheridan_Photoplay_magazine
Sohasi Kino sohasi bo'yicha
Davriyligi 1911-yildan 1980-yilgacha
Tili Ingliz tili
Nashriyot (mamlakat) Macfadden Publications (AQSh)

Photoplay - Amerika kino sohasini yoritib beruvchi birinchi jurnallaridan biri. U 1911-yilda Chikagoda, J. Styuart Blekton tomonidan "Motion Picture Story " jurnaliga asos solingan yili tashkil etilgan edi. Ko'p vaqt davomida Photoplay "Macfadden" nashriyoti tomonidan nashr etilgan. 1921-yilda Photoplay birinchi yillik kino mukofotini ta'sis etdi. Jurnal 1980-yilda nashr etilishi to'xtatildi.

Tarixi

tahrir

Photoplay o'sha paytdagi filmlarning syujetlari va qahramonlari bilan bog'liq boʻlgan qisqa fantastika jurnali sifatida nashr etilishi boshlangan va bu jurnal filmlar uchun reklama vositasiga aylanib qolgan. 1915-yilda Julian Jonson va Jeyms R. Quirk jurnalning bosh muharrirlari bo'lishdi (Quirk jurnal yaratilganidan beri vitse-prezident boʻlgan edi) va ular birgalikda deyarli barcha mashhur jurnallar uchun namuna bo'ladigan format yaratdilar. 1918-yilga kelib jurnalning tiraji 200 000 dan oshdi. Bu jurnalning mashhurligiga sabab qilib, mashhur kishilarning shaxsiy hayotiga jamoatchilikning ortib borayotgan qiziqishlari ko'rsatiladi.

Ommabopligi

tahrir
 
"The Microphone—The Terror of the Studios" (1929-yil dekabr). Muqovada aktyor Norma Talmadgening Earl Christy portreti aks etgan, uning ovozsiz filmlardagi muvaffaqiyatli karyerasi texnikalar o'zgargani tufayli pasayib ketadi.
 
Earl Christy. Photoplay
 
Charles Sheldon. Photoplay

1920-1930-yillarda Photoplay o'zining mashhurligining eng yuqori cho'qqisiga chiqdi va kino sanoatida juda katta ta'sir etadigan vositaga aylandi.[1] Jurnal Earl Christy va Charles Sheldon kabi aktrisalarning jurnal muqovasidagi kino portretlari bilan mashhur edi. "Macfadden" nashriyotlari jurnalni 1934-yilda sotib olgan. Rangli fotografiyaning rivojlanishi bilan jurnal 1937-yilga kelib yulduzlarning fotosuratlaridan foydalanishni boshladi.

 

Photoplay Lillian Day, Sheilah Graham, Hedda Hopper, Dorothy Kilgallen, Hazel MacDonald, Louella Parsons, Adela Rogers St. Johns, Rob Wagner, keyinchalik Rob Vagner ("Script"ning muharriri va noshiri boʻlgan) va Walter Winchellning asarlarini nashr etdi. Jurnal 1932-yilgacha Quirk tomonidan tahrirlangan. Keyinchalik muharrirlar orasiga Kathrin Dougherty, Ruth Waterbury va Adele Whiteley Fletcherlar ham qo'shildi. Photoplayda, yulduzlarning birinchi fitnes guruhi "Sylvia of Hollywood"dagi sog'liq va go'zallik bo'yicha maslahatlari ham bor edi.

"Nyu-York Daily News" va keyinchalik "Nyu-York Daily Mirror" nashrlari uchun kolumnist sharhlovchisi, Photoplay jurnalida "From A Stool At Schwab's" deb nomlangan muntazam rukni bor boʻlgan, "Gollivud dorixonachisi" Sidney Skolskiyning maqolalari jurnalning mashhurligi olib kelgan edi.[2]

Photoplay jurnalining faxriy medali

tahrir
 
Tiffany & Co. tomonidan tillo rangda yaratilgan va 1921-yilda "Cosmopolitan Productions" kompaniyasiga "Humoresque"(1920) filmi uchun taqdim etilgan birinchi Photoplay jurnali faxriy medalining old qismi.

1921-yilda Photoplay birinchi muhim yillik kino mukofoti Faxriy medalini ta'sis etdi.[3] Tiffany & Co. tomonidan ishlab chiqarilgan medalyon, jurnal o'quvchilari tomonidan ovozga qo'yilgan va ovozlar natijasiga ko'ra yilning eng yaxshi filmi produseriga berilgan. Quirkning fikriga ko'ra medalon filmlarga motivatsiya berish uchun joriy qilingan edi. Photoplay eng yaxshi film uchun faqat bitta mukofotni bergan bo'lsa-da, uning harakatlari va standartlari o'n yildan keyin tashkil etilgan "Oscar" mukofotiga ta'sir ko'rsatdi. Ular ma'lum darajada "Eng yaxshi film" tanlovlari asos bo'lib xizmat qildi. 1930-yillarda Photoplay tanlovlarining asosini ayol tomoshabinlar tashkil etgan. 1939-yilga kelib "Shon-sharaf" medali ahamiyatini yo'qotdi va o'sha yili mukofot to'xtatildi.

1944-yildan 1968-yilgacha Photoplay George Gallupning Audience Research Inc. tomonidan o'tkazilgan va jurnal o'quvchilari tomonidan ovoz berilgan so'rov natijalariga ko'ra yilning eng yaxshi filmi uchun Oltin medal bilan taqdirlangan. Shuningdek, Photoplay “Eng mashhur erkak yulduz” va “Eng mashhur ayol yulduz” mukofotlarini aktyor va aktrisalarning ijrosiga emas, balki mashhurligiga qarab taqdirladi. Mukofotlar 1950-yillar davomidagi so'rovlar natijasiga qarab oltin medal berish joriy qilindi. Bing Crosby va Greer Garson 1940-yillarda tez-tez eng mashhur kino yulduzlari deb atalgan va keyinchalik unvon g'oliblari orasida James Stewart, Jane Wyman, Alan Ledd, Merilyn Monroe, Rock Hudson va Kim Novak bor edi. Eng mashhur televizion yulduzlar ham 1960-yillarda jurnalda e'tirof etilgan. 1948-yilda Photoplay mukofotlari The Steve Allen Plymouth Show doirasida tarmoq televideniyasida namoyish etildi.[4]

"Medal of Honor" medali sovrindorlari: 1920–1939-yillar

tahrir

Yilning eng yaxshi filmi uchun oltin medal sohiblari: 1944–1968-yillar

tahrir

 

Oxirgi yillari

tahrir

Photoplay 1941-yilda boshqa jurnali "Movie Mirror" bilan birlashtirildi va 1977-yildan uning nomi "Photoplay and TV Mirror " bo'ldi.

Jurnal oʻzining oxirgi sonini 1980-yil 15-aprelda chop etdi.[6] Zamon o'zgarib borayotgani tufayli, muqova fotosuratida kino yulduzlari emas, balki ikkita televideniya aktrisasi, Victoriya Principal va Charlene Tilton tasvirlangan. Macfadden nashriyoti egalik huquqini sotib olgan "Us" jurnaliga o'tkazildi. Macfadden prezidenti Piter J. Callahan nashrni to'xtatish to'g'risidagi qaror qildi.

Photoplayning Britaniya versiyasi 1950-yilning mart oyida nashr qilindi va 1981-yil aprelida u "Photoplay: Movies and Video" nomini oldi. Unda amerikalik va britaniyalik filmlar yulduzlari haqida maqolalar bor edi va 1989-yilda nashr etilishi to'xtatilgan.

Manbalar

tahrir
  1. Hutchinson, Pamela. „Photoplay magazine: the birth of celebrity culture“. The Guardian. Guardian News & Media Limited (26-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 13-sentabr 2018-yil.
  2. Wilkerson, W.R. 3rd. „Writing the End to a True-to-Life Cinderella Story : Remembrance: The facts of Lana Turner's discovery at a soda fountain have changed through the years, but the legend remains.“. Los Angeles Times (1-iyul 1995-yil). 16-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-sentabr 2013-yil.
  3. „Photoplay Awards“. Internet Movie Database. Qaraldi: 24-sentabr 2013-yil.
  4. „The Steve Allen Plymouth Show“. Internet Movie Database. Qaraldi: 24-sentabr 2013-yil.
  5. Susan King.. „Classic Hollywood: Film academy to screen Photoplay Magazine Medal of Honor winners“ (13-iyun 2011-yil).
  6. Slide, Anthony. Inside the Hollywood Fan Magazine: A History of Star Makers, Fabricators, and Gossip Mongers. University Press of Mississippi, 2010 — 71-bet. ISBN 9781604734140. 

Havolalar

tahrir