Phu Quoc xalqaro aeroporti
Phu Quoc xalqaro aeroporti (vyetcha: Sân bay quốc tế Phú Quốc yoki Cảng hàng không quốc tế Phú Quốc) (IATA: PQC, ICAO: VVPQ) – Vyetnam janubidagi Phu Quoc shahrida joylashgan xalqaro aeroport. Aeroport shahardan tashqaridagi Duong To hududida qariyb 900 gektar maydonni egallaydi. Taxminan 16,2 trillion dong ($810 mln) qiymatida qurilgan va bosqichma-bosqich qurilishi rejalashtirilgan. Aeroport oldingi Phu Quoc aeroportidan 10 km uzoqlikda joylashgan va uning oʻrnini egallagan. Aeroport dastlab yiliga 2,5 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatishga imkoniyatiga ega edi, maksimal sigʻimi esa yiliga 7 million yoʻlovchini tashkil qiladi. Aeroportda Airbus A350 va Boeing 747 kabi samolyotlarni qabul qilishga qodir boʻlgan yagona uchish-qoʻnish yoʻlagi mavjud[2]. Qurilish 2012-yilning noyabr oyida yakunlandi va 2012-yil 2-dekabrda foydalanishga topshirildi[3][4]. Vetnam hukumati aeroport orol plyajlarida dam oluvchi xalqaro sayyohlarning kelishini osonlashtirishini kutmoqda.
Phu Quoc xalqaro aeroporti Sân bay quốc tế Phú Quốc Cảng hàng không quốc tế Phú Quốc | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: PQC – ICAO kodi: VVPQ | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik | ||
Egasi/Operator | Vyetnam aeroportlari korporatsiyasi | ||
Joylashuvi | Duong To, Phu Quoc | ||
Ochilgan | 2-dekabr, 2012-yil | ||
Dengiz sathidan balandligi | 37 ft / 11 m | ||
Koordinatalari | 10°10′18″N 103°59′28″E / 10.17167°N 103.99111°E | ||
Vebsayti | |||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
ft | m | ||
10/28 | 9,843 | 3,000 | Asfalt |
Maʻlumotlar (2019) | |||
Yoʻlovchilar soni | 3,700,205 (14,1%) | ||
Manba: Taseco Airs[1] |
Tarixi
tahrirVyetnam aeroportlari korporatsiyasi 2008-yil 23-noyabrda 3000 milliard VND sarmoya evaziga aeroport qurilishini boshladi. CPG-PAE Singapur-AQSh dizayn konsalting kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Toʻrt yillik ishdan soʻng aeroportda 2012-yil 15-dekabrda ilk parvoz amalga oshirdi.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
tahrirAviakompaniya | Manzillar |
---|---|
AirAsia | Kuala Lumpur–Xalqaro |
Asiana Airlines | Seul–Inchxon |
Bamboo Airways, Vyetnam | Danang[5], Kantho, Thanhoa[6], Xanoy, Xoshimin |
Bangkok Airways, Tailand | Bangkok–Suvarnabhumi |
Jeju Air, Koreya Respublikasi | Seul–Inchxon |
Korean Air | Mavsumiy: Seul–Inchxon |
LOT Polish Airlines | Charter: Varshava–Shopen |
Lucky Air, Xitoy | Kunmin |
Okay Airways, Xitoy | Nannin |
Pacific Airlines, Vyetnam | Xoshimin Mavsumiy: Danang[7] Mavsumiy charter: Venchjou, Kunmin |
SCAT Airlines | Mavsumiy: Olmaota[8] |
Thai VietJet Air | Bangkok–Suvarnabhumi |
Oʻzbekiston havo yoʻllari | Mavsumiy: Toshkent[9] |
VietJet Air | Danang, Hong Kong, Seul–Inchxon, Vin[10], Xanoy, Xayfon, Xoshimin Mavsumiy: Dehli, Mumbay Mavsumiy charter: Chen–Shuangliu, Ninbo, Xanchjou |
Vietnam Airlines | Xanoy, Xoshimin Charter: Kunmin, Seul–Inchxon, Usi |
Vietravel Airlines | Charter: Xanoy, Xoshimin |
World2Fly, Ispaniya | Mavsumiy charter: Bratislava, Praga |
Manbalar
tahrir- ↑ „TASECO AIRS 2019 BÁO CÁO THƯỜNG NIÊN“ (vi). Taseco Airs. Qaraldi: 2020-yil 17-yanvar.
- ↑ „Latest news - Discover Phu Quoc - island paradise in the Gulf of Thailand, secluded and beautiful beaches, resorts and hotels on Phu Quoc island, Vietnam...“. discoverphuquoc.com. 2023-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-sentyabr.
- ↑ „Phu Quoc International Airport to open December 2“. Tuổi Trẻ (2012-yil 1-dekabr). 2013-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-dekabr.
- ↑ „Vietnam Airlines capitalises on new Phu Quoc airport“. Voice of Vietnam (2012-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 3-dekabr.
- ↑ „Bamboo Airways liên tiếp mở thêm 3 đường bay kết nối Đà Nẵng với giá vé từ 49.000 đồng“ (vi). Bamboo Airways (2020-yil 20-iyul). Qaraldi: 2020-yil 23-sentyabr.
- ↑ „Bamboo Airways mở đường bay Thanh Hóa - Phú Quốc và Thanh Hóa - Quy Nhơn từ ngày 1/7“ (vi). Vietnambiz (2020-yil 12-iyun). Qaraldi: 2020-yil 13-iyun.
- ↑ „Jetstar Pacific expands domestic routes from Da Nang in S19“. Routesonline.
- ↑ „The first international flight landed in Phu Quoc after 5 days Vietnam opened for tourism“. Vnexpress (2022-yil 20-mart). Qaraldi: 2022-yil 20-mart.
- ↑ „Phu Quoc welcomes 210 Uzbek tourists with vaccine passports“. Vnexpress. Qaraldi: 2021-yil 26-dekabr.
- ↑ Liu, Jim „VietJet Air schedules new domestic routes from mid-June 2020“. Routesonline. Qaraldi: 2020-yil 15-iyun.