Piri Kamarbasta yetti chinori — Eronning Hamadon ustonida, Serkon daryosi sohilida joylashgan. Piri Kamarbasta arablardan boʻlib, avval kofirlar tomonida turib musulmonlarga qarshi kurashgan. Lekin oʻzi va qabilasi islom dinini qabul qilishgan. „Nahovand jangi“ nomi bilan mashhur arablarning Eron bilan soʻnggi urushida arablar qoʻshinining harbiy rahbarlari sifatida ishtirok etgan va shu yerda dafn etilgan. Bu yerda chinor, terak, qaragʻay va yongʻoq daraxtlari zich joylashgan. Ular orasida oltita chinorning ildizi bir boʻlib, barchasi qadimda kesib tashlangan bitta daraxt ildizidan oʻsib chiqishgan ekan. Hamadon ustoni tarixiy va tabiiy diqqatga sazovor joylaridan tashqari madaniy va ijtimoiy turdagi yodgorliklarga ham ega. Bu uston turli qavmlarni oʻz ichiga oladiki, ularning har biri oʻziga xos urf-odat, milliy qadriyatlari bilan bir-biridan ajralib turib, madaniyat va sivilizatsiya taraqqiyotiga oʻziga xos ulush qoʻshgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. Mostafaviy, Hamid. Tasvirlarda Eron bo'ylab sayohat, 2013, SOKHANVARAN PUB. — 277-bet. ISBN 978-600-9675-31-3.