Pizza Hut
Pizza Hut (talaffuzi: Pitsa Hat; inglizcha Hut – „kulba“) – dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida 15 mingdan ortiq ovqatlanish joylariga ega pitseriyalar tarmogʻi[4]. Pizza Hut – Yum! Brandsning bir qismi.
Turi | shoʻba korxona |
---|---|
Xizmatlari | franchayzing |
Tarmogʻi | |
Egasi | Yum! Brands |
Qachon asos solingan |
31-may, 1958-yil Wichita, AQSh |
Joylashuvi | 7100 Corporate Dr., Plano[1] |
Hududiy xizmati | xalqaro |
Asoschi(lari) |
|
Rahbariyat |
Aaron Powell (Pizza Hut prezidenti)[2] |
Mahsulot(lar)i |
pitsa kartoshka fri taplanagan pitsa makaron pastasi tovuq qanotlari non tayoqchalari |
Aylanma daromadi | US$1.091 milliard (2016)[3] |
Ishchilar soni | 350,000 atrofida[3] |
Vebsayti | pizzahut.com |
1958-yilda Kansasning Wichita shahrida aka-uka Dan va Frank Carneylar tomonidan tashkil etilgan. U pitsaning amerikacha versiyasini, shuningdek, makaron, tovuq qanotlari, sarimsoqli non kabi o'xshash taomlarni tayyorlashga ixtisoslashgan. Dunyodagi eng katta pitseriya tarmogʻi boʻlgan.
Pizza Hut ikki turga: oilaviy tushlik uchun Pizza Hut va tez tayyorlanadigan Pizza Hut Express boʻlingan. Oilaviy pitseriyalar fastfud restoranlaridan koʻproq menyusi, koʻproq joylari va xodimlari (masalan, Golden Corral restoranlar tarmogʻidagi kabi) bilan farqlanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Inside Pizza Hut's new headquarters in Plano“. Wfaa.com. 2011-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-mart.
- ↑ „Senior Officers & Leadership Team“. Yum! Brands. 2021-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-aprel.
- ↑ 3,0 3,1 „Pizza Hut to close up to 300 locations operated by bankrupt franchisee“. Wfaa.com (2020-yil 17-avgust). Qaraldi: 2023-yil 3-sentyabr.
- ↑ „Pizza Hut“. 2016-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-may.