Plutoniya

rus yozuvchisi va geologi Vladimir Obruchev qalamiga mansub roman

„Plutoniya“ (ruscha: Плутония) — rus geologi hamda geografi Vladimir Obruchev qalamiga mansub ilmiy-fantastik roman. Muallif asarni 1915-yil yozgan. Ammo roman 1924-yilga kelibgina chop etilgan. „Plutoniya“ni oʻzbek tiliga Oʻlmas Muhiddin tarjima qilgan.

Plutoniya
Asl nomi Плутония
Muallif(lar) Vladimir Obruchev
Tarjimon(lar) Oʻlmas Muhiddin
Til ruscha
Janr(lar)i ilmiy-fantastik roman
Nashr etilgan sanasi 1924
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1987 (oʻzbekcha qayta nashr)
Sahifalar soni 304 (oʻzbekcha qayta nashr)

Romanda bir guruh olim Yerning ichki qismiga sayohat qiladi hamda yer ostida yashovchi qadimiy jonzotlarga duchor boʻladi. Bundan tashqari, romanda geologiyani oʻrganish, oʻsimliklar hamda hayvonot olamini muhofaza qilish masalalari haqida soʻz yuritiladi.

Syujeti

tahrir

„Plutoniya“da olti tekshiruvchining Yer ichiga qilgan sayohati va ularning yerosti dunyosi ustida olib borgan kuzatishlari haqida soʻz yuritiladi. Kitobda Yer sayyorasining geologiyasi, tarkibi va tuzilishi haqida hikoya qilinadi.

Asarda qadimgi davrlarda yerda yashagan oʻsimlik va hayvonlar, ularning oʻzgarishi, bir-birini almashtirishi va ular orasidan insonning ajralib chiqishi haqida soʻz yuritiladi.

Qahramonlari

tahrir
  • Semyon Semyonovich Papochkin – zoolog
  • Ivan Andreyevich Borovoy – meteorolog
  • Mixail Ignatyevich Gromeko – botanik va vrach
  • Pyotr Ivanovich Kashtanov – geolog
  • Yakov Maksheyev – togʻ injeneri
  • Ilya Stepanovich Igolkin – kayur
  • Nikolay Innokentyevich Truxanov – geofizik va astronom

Oʻzbekcha tarjimasi

tahrir

„Plutoniya“ni oʻzbek tiliga Oʻlmas Muhiddin tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1987-yil qayta ishlanib, Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan.[1] Oʻzbek tilidagi ikkinchi nashrni tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Toʻlqin – muharrir, A. Ponoparev – rassom, H. Rahmatullayev – rasmlar muharriri, V. Demchenko – texnik muharrir, S. Saydolimov – musahhih. Kitob adadi – 60 000 nusxa.

Manbalar

tahrir
  1. „Plutoniya“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 10-noyabr.

Havolalar

tahrir