Pontchartrain ko'li
Pontchartrain koʻli | ||
---|---|---|
Mamlakat: | AQSH | |
Maqomi: | Koʻl ustidagi koʻprik | |
Arxitektor: | ||
Uzunligi: | 38.442 km | |
Dizayn: | ||
Moliyalashtirildi: | AQSH loyiha komissiyasi | |
Qurilish boshlangan sana: | ||
Qurilish tugallangan sana: | 1956-yil | |
Umumiy qiymati: | 360 million AQSH dollori |
Pontchartrain koʻli (fransuzcha: Chaussée du lac Pontchartrain), oddiygina The Causeway nomi bilan ham tanilgan[1], AQShning Luiziana shtatining janubi-sharqidagi Pontchartrain koʻlini kesib oʻtuvchi ikkita parallel koʻprikdan tashkil topgan. Ikkala koʻprikning uzunligi 23.83 milya (38.35 km) ni tashkil qiladi. Yoʻlning janubiy oxiri Nyu-Orleanning janubiy qirgʻogʻida joylashgan Luiziana shtatining Metairie shahrida joylashgan. Shimoliy terminali esa Mandevilda, Luiziana shtatida, Nyu-Orleanning shimoliy qirgʻogʻida joylashgan.
1969-yildan 2011-yilgacha u Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng uzun suv ustidagi koʻprik sifatida kiritilgan; 2011- yilda Xitoyda umdan ham uzunroq Jiaozjou koʻrfazi koʻprigi ochilishiga javoban Ginnesning rekordlar kitobi suv ustidagi koʻpriklar uchun ikkita toifani yaratgan boʻilb, bular suv ustidagi uzluksiz va agregat uzunlik sifatida belgilangan. Pontchartrain Causeway koʻli keyinchalik suv ustidagi eng uzun koʻprik (uzluksiz)[2], Jiaozjou koʻrfazi koʻprigi esa suv ustidagi eng uzun koʻprik (agregat) sifatida roʻyhatdan oʻtgan[3].
Ko‘priklar 9500 ta beton qoziq bilan mustahkamlangan[4]. Ikki koʻprikda shimoliy qirgʻoqdan 8 milya (13 km) janubda navigatsiya kanalini qamrab oluvchi baskul mavjud.
Tarix
tahrirPontchartrain koʻli boʻylab koʻprik gʻoyasi XIX-asrning boshlariga va Mandevil asoschisi Bernard de Marignyga borib taqaladi. U 1930-yillarning oʻrtalariga qadar oʻz faoliyatini davom ettirgan parom xizmatini boshlagan. 1920-yillarda bir qator koʻpriklar bilan bogʻlangan sunʼiy orollarni yaratish taklifi ilgari surilgan. Ushbu rejani moliyalashtirish orollardagi uy-joylarni sotish maqsadida ilgari surilgan. Zamonaviy yoʻl 1948-yilda Ernest M. Loeb kichik loyihani oʻylab topganida shakllana boshlagan. Uning qarashlari tufayli Luiziana qonun chiqaruvchi maxsus organi hozirgi Causeway komissiyasini yaratgan. Koʻprikni qurish uchun Luiziana koʻpriglari kompaniyasi tashkil etilgan va u oʻz navbatida Pontchartrain loyihasini boshqarish uchun Jeyms E. Valters Sr.ni mas’ul etib tayinlagan[5]. Ernest M. Loebga ko‘prik qurilishini rejalashtirishda uning jiyani Ernest M. Loeb III, Ernest M. Loeb & Company prezidenti judayam katta yordam bergan[6].
Asosiy yoʻl ikki qatorli boʻlib, 23.86 milya (38.40 km) uzunlikka ega. Koʻprik 1956-yilda 46 million AQSH dollari evaziga ochilgan (2021-yilda 360 million AQSH dollari qiymatiga teng deb topilgan). Bu nafaqat koʻprikni, balki shimoliy uchta yaqinlashish yoʻlini va janub tomondagi uzun yoʻlni oʻz ichiga oladi[7].
1964-yil 16-iyunda toʻlqinlar koʻprikdagi yoriqlarni kengayririb tashlashi va avtobusning koʻlga qulashi natijasida olti kishi halok boʻlgan[8].
Parallel joylashgan ikki qatorli eski koʻprikdan 0.01 milya (16 m) oraliqda qurilgan. 1969-yil 10-mayda ochilgan asl nusxasidan uzunroq, qiymati 30 million AQSH dollar (2021-yilda 170 million AQSH dollari qiymatiga teng deb topilgan) boʻlgan qismi barpo etilgan[7].
Qurilish boshlanganidan buyon yoʻl pullik koʻprik sifatida ishlagan. 1999-yilgacha har bir yoʻnalishda harakatlanish uchun toʻlovlar olingan. Janub qirgʻogʻidagi tirbandlikni yumshatish uchun shimoliy yoʻlda pul yigʻimlari olib tashlangan. 1999-yil may oyida avtomobillar uchun standart toʻlov har bir yoʻnalishda 1.5 AQSH dolloridan 3 dollargacha oʻzgargan[9]. 2017-yilda koʻprikda xavfsizlikni yaxshilash uchun toʻlov miqdori oshirilgan. Yo‘l haqi naqd pul bilan 3,00 AQSh dollari va yo‘l haqi yorlig‘i bilan 2,00 dollardan naqd pul bilan 5,00 dollarga va boj yorlig‘i bilan 3,00 dollargacha o‘zgargan[10].
Yoʻlning ochilishi Shimoliy qirgʻoqdagi kichik aholining boyligini koʻtarib, Yangi Orleanga borish vaqtini 50 daqiqagacha qisqartirgan va Shimoliy qirgʻoqni Yangi Orlean metropoliyasiga qadar bogʻlab beradi. Yoʻlga chiqishdan oldin Sent-Temmani cherkovi aholisi AQShning 11-yoʻnalishidagi Maestri koʻprigidan yoki Luiziana shtatidagi Slidell yaqinidagi AQShning 90-yoʻnalishidagi Rigolets koʻprigidan foydalangan, gʻarbiy tomondan, Luiziana shtatining Manchac orqali AQSh 51-yoʻnalishidan foydalanishadi[11].
2005-yil 29-avgustdagi Katrina toʻfonidan soʻng toʻplangan videolar koʻprikning shikastlanganligini tasvirlagan. Boʻronning koʻtarilishi I-10 egizak koʻprigi yaqinida boʻlgani kabi oʻtish yoʻli ostida ham unchalik baland boʻlmagan va zarar asosan burilishlar bilan cheklangan[12]. Ushbu koʻprikda jami 17 ta ustunlar yoʻqolgan, ammo strukturaviy poydevorlari saqlanib qolgan. Yoʻllar hech qachon boʻronlar yoki boshqa tabiiy hodisalar natijasida katta zarar koʻrmagan, bu yoʻllar orasida kamdan-kam uchraydi. I-10 egizak koʻprigi jiddiy shikastlanganligi sababli, yoʻl shimoldagi yerlarda qolgan qutqaruv guruhlari uchun Yangi Orleanga kirish uchun asosiy yoʻl sifatida ishlatilgan. 2005-yil 19-sentyabrda yoʻl birinchi navbatda favqulodda transport uchun, keyin esa keng jamoatchilik uchun qayta ochilgan. Oʻsha yilning oktyabr oyi oʻrtalarida yoʻl haqi tiklangan.
Pontchartrain koʻli Luizianadagi yettita magistral yoʻllardan biri boʻlib, umumiy uzunligi 5 milya (8.0 km) yoki undan koʻp hisoblanadi. Qolganlari esa, eng uzundan eng qisqasiga qarab, I-55 boʻylab Manchac botqogʻi koʻprigi, I-10 boʻylab Atchafalaya havzasi koʻprigi, Luiziana avtomagistrali 1 koʻprigi, I-10 yoʻlidagi Bonnet-Karre suv toʻkish koʻprigi, Chacahoula botqoq koʻprigi. US 90, I-10 da Pontchartrain Twin Spans koʻli va I-310 da LaBranche suv-botqoq koʻprigi. Luiziana, shuningdek, Norfolk janubiy koʻlida Pontchartrain koʻprigi joylashgan boʻlib, u 5.8 milya (9.3 km) masofada joylashgan. Qoʻshma Shtatlardagi eng uzun temir yoʻl koʻpriklaridan biri hisoblanadi.
Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan bahslar
tahrirOʻnlab yillar davomida Pontchartrain Causeway koʻli Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi suv ustidagi eng uzun koʻprik sifatida kiritilgan. 2011-yil iyul oyida Xitoydagi Jiaozjou koʻrfazi koʻprigi Ginnesning rekordlar kitobiga „suv ustidagi eng uzun koʻprik“ sifatida eʼtirof etilgaan[3]. Oʻsha paytda Qoʻshma Shtatlarda baʼzi tortishuvlar yuzaga kelgan, chunki rekordning sobiq egasi Pontchartrain koʻli tarafdorlari Ginnesning rekordlar kitobiga kiruvchi yoʻlni eng uzun deb atamasliklariga rozi boʻlishmagan[13]. Qoʻllab-quvvatlovchilar bu daʼvoni oʻz taʼrifiga, yaʼni suv ustidagi fuqaroviy koʻprik uzunligiga asoslanib, Pontchartrain koʻli koʻli 23.79 mi (38.28 km) ni tashkil qiladi degan xulosaga kelishgan[13] va shuning uchun eng uzuni hisoblangan. Jiaozjou koʻrfazi koʻprigi faqat 16.1 mi (25.9 km) suvni qamrab oladi. Biroq, Ginnesning Jahon Rekordlar kitobi, uchlaridagi quruqlikdagi koʻpriklar va dengiz osti tunnellari kabi agregat tuzilmalarni oʻz ichiga olgan oʻlchov mezonlaridan foydalangan holda, Jiaozjou koʻrfazi koʻprigi uzunligi 26.5 miliya (42.6 km) ekanligi takidalngan[3]. 2011-yil iyul oyida ushbu bahs-munozaradan soʻng Ginnesning rekordlar kitobi suv ustidagi koʻpriklar uchun ikkita toifani yaratgan: bular suv ustidagi uzluksiz va agregat uzunliklar hisoblanadi. Pontchartrain Causeway koʻli keyinchalik suv ustidagi eng uzun koʻprik (uzluksiz) boʻlgan[2], Jiaozjou koʻrfazi koʻprigi esa suv ustidagi eng uzun koʻprik (agregat) deb belgilangan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „The Causeway website“. Qaraldi: 2013-yil 21-mart.
- ↑ 2,0 2,1 „Longest bridge over water (continuous)“ (en-GB). Guinness World Records. Qaraldi: 2019-yil 1-fevral.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „Longest bridge over water (aggregate length)“ (en-GB). Guinness World Records. Qaraldi: 2019-yil 1-fevral.
- ↑ „PILE RESTORATION OF THE LAKE PONTCHARTRAIN CAUSEWAY“. 2006-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 19-dekabr.
- ↑ „The History of the Lake Pontchartrain Causeway“. louisianacivilengineeringconference.org. 2014-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-yanvar.
- ↑ Loeb. „Life and Times of Ernest M Loeb III“.
- ↑ 7,0 7,1 „Safety Improvements | Causeway Bridge“ (en-US). Causeway Bridge. 2017-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-may.
- ↑ „6 Die in Lake Pontchartrain as Bus Plunges Off Bridge Hit by Barges“. New York Times (1964-yil 17-iyun), s. 1.
- ↑ „Lake Pontchartrain Causeway“ (en-US). Qaraldi: 2019-yil 11-oktyabr.
- ↑ „Toll Tags | Causeway Bridge Tolls & Fees“ (en-US). Causeway Bridge. Qaraldi: 2017-yil 19-may.
- ↑ „The History of the Lake Pontchartrain Causeway“. louisianacivilengineeringconference.org. 2014-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 14-yanvar.
- ↑ Hurricane Katrina: Performance of Transportation Systems Reginald DesRoches, PhD: . Reston, VA: ASCE, TCLEE, 2007. ISBN 9780784408797. (Wayback Machine saytida 2014-03-03 sanasida arxivlangan)
- ↑ 13,0 13,1 Bob Warren. „Causeway refuses to relinquish 'world's longest bridge' title to China“. The Times-Picayune (2011-yil 30-iyun). Qaraldi: 2011-yil 1-iyul.