Porshendvigatellar, kompressorlar, nasoslar va boshqa silindra ichida ilgarilamaqaytma harakatlanadigan silindrik detal. Energiyani bir turdan boshqa turga aylantirishda ishla-tiladi. Ish jismi (bugʻ, gaz, suyukdik) taʼsirida harakatlanadi (porshenli dvigatellar) yoki dvigateldan harakatlanib, ish jismini soʻradi (nasoslar) va siqadi (kompressorlar). Porshen bir necha qismdan iborat boʻladi. Masalan, inki yonuv dvigatelidati Porshen gaz bosimini kabul qiluvchi tubdan, silindr bilan Porshen orasidagi tirqishni zichlovchi porshen halqalari oʻrnatiladigan ariqchali kallakdan, Porshen bilan shatun bevosita bi-rikishi uchun Porshen barmogʻi oʻrnatiladigan bobishkadan, yoʻnaltiruvchi qism — yubkadan iborat. Porshen ustidagi ish boʻshligʻining zichligini oshiruvchi elastik, qirqma halqalar Porshen oʻyiklarida erkin siljiydi; porshen bilan silindr orasida zichlikni hosil qilish uchun moʻljallangan kompres-sion halqalar, silindr yuzasidan ortiqcha moyni sindirish va uni yonish kamerasiga tushirmaslik uchun moʻljallangan moy sidirish halqalari bor. Halqalar choʻyan yoki poʻlat (baʼzida bronza) dan tayyorlanadi. Dizellarna Porshen siqish kamerasining bir qismini hosil qiluvchi sferik chuqurchali qilinadi. Bugʻ dvigatellarida ishlatiladigan, shtokka oʻrnatiladigan Porshen yoʻnaltiruvchi qismsiz qilib tayyorlanadi. Yonilgʻi nasosilaph Porshen plunjer deyiladi, rotor-porshenli ichki yonuv dvigatelida Porshen vazifasini rotor ba-jaradi. Porshen, asosan, alyuminiy qotishmalari va choʻyandan yasaladi.[1]

Porshen

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil