Rotor (lotincha rotare — aylantirmoq):

Rotor (chapda) va stator (o'ngda)

1) turbina, kompressor, gidronasos yoki gidromotorning aylanuvchi qismi. Ish jismidan energiya hosil qiluvchi yoki energiyani ish jismiga beruvchi organlar Rotor ga joylashtiriladi;

2) elektr mashinalarining aylanuvchi qismi. Odatda, stator ichiga joylashtiriladi. Rotorga oʻralgan chulgʻam maydoni stator chulgʻamining magnit maydoni bilan taʼsirlashib, elektr yurituvchi kuch hosil qiladi;

3) kemaga oʻrnatiladigan va kichik dvigatel bilan harakatlantiriladigan aylanuvchi vertikal truba (minora); Rotor yordamida kemani yurgizishda shamol kuchidan foydalaniladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil