Portugaliya ayollar milliy futbol terma jamoasi xalqaro ayollar futbol musobaqasida Portugaliya sharafini himoya qiladi. Portugaliya ayollar milliy futbol terma jamoasi Portugaliya Futbol Federatsiyasi (FPF) tomonidan nazorat qilinadi va FIFA ayollar o'rtasidagi jahon chempionati, Yozgi Olimpiyada oʻyinlari va Algarve kubogi kabi turli xalqaro futbol turnirlarida UEFA aʼzosi sifatida ishtirok etadi.
Portugaliya ayollar milliy futbol terma jamoasi dastlab Gʻarbiy Yevropadagi eng zaif jamoalardan biri boʻlgan. Biroq soʻnggi-yillarda jamoa katta yutuqlarga erishdi va yangi kengaytirilgan UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2017ga yoʻllanma oldi, bu Portugaliya ayollar milliy futbol terma jamoasining yirik turnirda ilk bor chiqishi edi. Yakunda oʻz guruhida oxirgi oʻrinni egallagan boʻlsa-da, Portugaliya ayollar milliy futbol terma jamoasi oʻzining munosib oʻyinini koʻrsatdi va ikkinchi oʻyinda Shotlandiya terma jamoasiga qarshi p`yinda gʻalaba qozondi, Angliyaga faqat bitta gol farqi bilan magʻlub boʻldi.
2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash guruhida Portugaliya ayollar milliy futbol terma jamoasi Italiya va Belgiya terma jamoalaridan keyin uchinchi oʻrinni egallagan va saralashdan oʻta olmagan Portugaliya terma jamoasi toʻrt-yil avvalgi yutuqlarini takrorlashga urinib koʻrdi. Portugaliya ayollar milliy futbol terma jamoasi saralash oʻyinlari guruh bosqichi gʻolibi Finlandiyaga qarshi oʻyinda magʻlub boʻlganiga qaramay, uyda va mehmonda eng koʻp ustunlik qilayotgan Shotlandiyaterma jamoasini magʻlub etib, pley-off bosqichiga chiqdi va u yerda Rossiya terma jamoasiga qarshi kurash olib bordi. Portugaliya ayollar milliy futbol terma jamoasi Rossiya maydonidagi oʻyinida golsiz durangga erishgunga qadar Portugaliyada boʻlib oʻtgan birinchi oʻyinda 0:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan edi.
Natijada, Rossiya terma jamoasi ilk bor Yevropa chempionatiga yoʻllanma oldi, ammo 2022-yilgi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi tufayli Rossiyaning barcha vakillik jamoalari FIFA tomonidan musobaqadan chetlashtirildi, shu tariqa Portugaliya ayollar milliy futbol terma jamoasiga ayollar Yevropa chempionatining C guruhida Rossiya terma jamoasining oʻrnini egallashi uchun ruhsat berildi[1]. Portugaliya terma jamoasi C guruhida Shvetsiya, Gollandiya va Shveysariya terma jamoalari bilan birga joy olgan. Portugaliya ayollar milliy futbol terma jamoasi birinchi bosqichda Shveysariyaga qarshi oʻtkazilgan oʻyindagi durang evaziga qoʻlga kiritilgan ochko bilan oxirgi oʻrinni egallab, guruh favoritlaridan magʻlubiyatga uchragan.
Algarve kubogi Portugaliya futbol federatsiyasi (FPF) tomonidan oʻtkaziladigan ayollar futbol assotsiatsiyasi boʻyicha terma jamoalar uchun calqaro turnir. 1994-yildan beri har-yili Portugaliyaning Algarve shahrida oʻtkazib kelinayotgan bu musobaqa ayollar oʻrtasidagi eng nufuzli va eng uzoq davom etgan xalqaro futbol tadbirlaridan biri boʻlib, „Kichik FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati“ nomini oldi[4].
↑Selecção das Quinas refers to the five shields („Team of the Escutcheons“) or the five dots inside them („Team of the Bezants“) in the Portuguese flag, used until the 70s as the shirt badge.