Poytugʻ
Poytugʻ — Andijon viloyati Izboskan tumanidagi shahar (1980 yildan). Tuman markazi (1935-yildan). Transport yo'li stansiyasi. Viloyat markazi (Andijon shahri)dan 12 km. Aholisi 48,9 ming kishi (2021). Katta Farg'ona kanalidan suv oladi.
Poytugʻ | |
---|---|
shahar | |
40°54′0″N 72°15′0″E / 40.90000°N 72.25000°E | |
Mamlakat | O'zbekiston |
viloyat | Andijon viloyati |
tuman | Izboskan (tuman) |
Asos solingan | Miloddan avvalgi 120 yil |
Ilk eslatilishi | XIV asr |
Avvalgi nomlari | Boytog', Poytog' |
Rasmiy til(lar)i | o'zbek |
Aholisi (2021) |
48 890[1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Pochta indeks(lar)i | 171200 |
Avtomobil kodi | 60 |
|
Toponimistlarning fikricha, shahar nomi „poy“ — quyi, etak va „tug'“ — to'g'on so'zlaridan vujudga kelgan (Mahmud Koshg'ariyda tug' — to'g'on). Shunga asoslanib, toponim „to'g'on tagi, to'g'on yoni“ bo'lishi mumkin.
Poytug'da tuman hokimiyati binosi, maʼmuriy tashkilotlar, ip yigiruv-to'quv, poyabzal, shoyi to'qish fabrikalari, paxta tozalash zavodi, non kombinati, viloyat taʼmirlash ishlab chiqarish korxonasi, avtostansiya, dehqon bozori, savdo, madaniy, maishiy xizmat ko'rsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktablari, litsey, 2 kasb-xunar maktabi, 5 kutubxona, madaniyat va istirohat bog'i, Xotira maydoni mavjud. Markaziy kasalxona, 3 poliklinika, tez tibbiy yordam bo'limi faoliyat ko'rsatadi.[2]
Manbalar
tahrir- ↑ World Gazetteer.
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |