Protektorat
Protektorat (lotincha: protector – homiy) – davlatlararo munosabatlarning bir shakli boʻlib, unda bir davlat boshqa davlatning (birinchi navbatda, harbiy) himoyasi ostida boʻladi.
Tavsif
tahrirKuchli davlatning zaiflar bilan tuzgan shartnomasiga asoslangan protektorat va mustamlakachilik hamda zulmning bir shakli. Himoya qilinuvchi davlat protektorat deb ham ataladi. Protektoratni amalga oshiruvchi davlat protektor deb ataladi. Bunda homiylik ostidagi davlat suvereniteti qisman protektorga topshiriladi: homiylik ostidagi davlat tashqi siyosiy ishlarda deyarli suveren emas, ichki ishlarda esa sezilarli suverenitetga ega (xususan, boshqaruv shakli va mahalliy darajadagi milliy hukumat saqlanib qoladi). Protektorat mijoz davlatning bir turi boʻlib, vassal va qoʻgʻirchoq davlat bilan umumiy xususiyatlarga ega, ammo birinchisidan homiylik qiluvchi davlatning kuchli nazorati, ikkinchisidan esa rasmiy maqomga egaligi bilan farq qiladi.
Birinchi jahon urushidan keyin protektoratning alohida turi – Millatlar ligasi mandati ostidagi hudud tashkil etilgan. Protektorat davlatdan farqli oʻlaroq, mandat berilgan davlat Millatlar Ligasi oldidagi majburiyat bilan cheklangan edi; mandat ostidagi hududlarning bir qismi amalda ichki ishlarda suverenitetga ega boʻlmagan va toʻliq mandat olgan davlat tomonidan boshqarilgan. Bular: Suriya, Livan, Falastin, Transiordaniya, Iroq, Togo, Kamerun, Janubi-Gʻarbiy Afrika, Ruanda-Urundi, Tanganika, Marshall orollari, Gʻarbiy Samoa, Nauru.
Hozirgi vaqtda protektoratning o‘ziga xos analogi uyushgan davlat hisoblanadi.