Chuvashlar (oʻzlarini chavash deb ataydilar) — xalq, Chuvashiyaning asosiy aholisi (907,6 ming kishi), shuningdek, Boshqirdiston, Tatariston, Ulyanovsk va Samara viloyatlari (RF) va boshqa yerlarda yashaydi. Rossiya Federatsiyasida jami — 1773,6 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Chuvash tilida soʻzlashadi. Dindorlari — pravoslavlar. Ch. dehqonchilik, hunarmandchilik va asalarichilik bilan shugullanadi.

Chuvashlar
Чăвашсем
Umumiy aholi soni

2 millionga yaqin

Katta aholiga ega mintaqalar
 Rossiya 1,637,094 [1]
 Qozogʻiston 22,305 [2]
 Ukraina 10,593 [3]
 Oʻzbekiston 10,074 [4]
 Turkmaniston 2,281 [5]
 Belarus 2,242 [6]
 Moldova 1,204 [7]
 Qirgʻiziston 848 [8]
 Gruziya 542 [9]
 Latviya 534 [10]
 Estoniya 495 [11]
 Ozarbayjon 489 [12]
Tillar
Chuvash tili, Rus tili
Dinlar
Koʻpchiligi masihiylik diniga mansub
Qarindosh etnik guruhlar
boshqa Turkiy xalqlar

Chuvashlar — turkiy xalqlar. Rossiya tarkibidagi Chuvashiston Respublikasining tub xalqi. 2002-yilgi sanoq boʻyicha Rossiyada 1 637 200 chuvashni tashkil qilgan, ularning 889 268 Chuvashistonda. Chuvashlar Boshqiristonda, Tataristonda, Samara, Ulyanovsk, Tyumen, Rostov, Volgagrad, Kemerova, Orenburg, Moskva shaharlarida istiqomat qilishadi. Jahonda 1 800 000-dan ziyod chuvash bor. Qolgan chuvashlarning koʻpchiligi Ukraina, Qozog'iston va Estoniyada istiqomat qilishadi.

Chuvashlar Chuvashistonda aholining 67 % tashkil qiladi.

Chuvash xalqining nomlanishi Bulgʻorlarning suvar yoki suvaz qabila ittifoqining nomidan paydo boʻlgan boʻlib hisoblanadi. Ular savirlardan chiqqani haqida maʼlumot bor.

Hozirgi kunda chuvashlarning orasida pravoslav xristianlar, musulmonlar bor.

Manbalar

tahrir