Pyotr Vasilevskiy
Pyotr Petrovich Vasilevskiy (ruscha: Пётр Петрович Василевский; 1956-yil 29-iyun – 2012-yil 9-yanvar) belaruslik futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi. U vafotigacha qurilish xavfsizligi kompaniyasida ishlagan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Pyotr Petrovich Vasilevsky | ||
Tavallud sanasi | 29-iyun 1956-yil | ||
Tavallud joyi | Minsk, Soviet Union | ||
Vafot sanasi |
9-yanvar 2012-yil (55 yoshda) | ||
Vafot joyi | Minsk, Belarus | ||
Boʻyi | 1.71 m (5 ft 7 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1973—1979 | Dinamo Minsk | 152 | (26) |
1979 | Paxtakor Toshkent | 12 | (2) |
1980—1984 | Dinamo Minsk | 113 | (31) |
1984—1985 | Dnepr Mogilev | 42 | (32) |
Boshqargan klublari | |||
1989—1991 | KIM Vitebsk | ||
2006—2008 | Belarus U17 | ||
2009 | Belarus U19 (assistant) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Futbolchilik faoliyati
tahrirMinskdagi „Spartak“ futbol maktabining tarbiyalanuvchisi, birinchi murabbiy Sergey Aleksandrovich Ustinovich. Keyinchalik murabbiy Pyotr Leonid Andreyevich Lapunov qo'l ostida, SDUSHOR-5 sport maktabida mashgʻulot oʻtkazgan.
Pyotr 1973-yilda Minskning „Dinamo“ jamoasida oʻynay boshlagan. Vasilevskiy faoliyatini katta qismida Minsk jamoasida (1973—1979, 1980—1984) oʻynagan. 1979-yilning avgust oyida „Paxtakor“ jamoasi aʼzolari aviahalokatda vafot etgach, ushbu jamoa safiga o'tgan va mavsumning qolgan qismini shu yerda oʻtkazgan.
Qisqa vaqt ichida belaruslik futbolchi darhol nafaqat jamoada, balki oʻzining xushchaqchaq feʼl-atvori va eng muhimi oʻyin uchun kerakli aniq uzatmalari, tezkor, oldindan aytib boʻlmaydigan harakatlari va kuchli, aniq zarba berish qobiliyati uchun ham muxlislar ko'nglida oʻziga xos oʻrin oldi[1].
1985-yilgi mavumda SSSR ikkinchi ligasining 5-zonasidagi Dneprning Mogilev jamoasida faoliyatini yakunlagan.
U kuchli va aniq zarbasi bilan ajralib turargan. SSSR chempionatida ikkita xet-trik muallifi.
Pyotr 1989—1991-yillarda KIM (Vitebsk) klubini boshqargan, keyinchalik esa qisqa muddat hakamlik qilgan. 2000-yillarning oxirida u Belarus yoshlar terma jamoasiga ustozlik qilgan. 2011-yilda Minsk chempionatida oʻynaydigan „Nika“ klubida bosh murabbiy vazifasida ishlagan[2].
Yutuqlar
tahrir- Sovet Oliy Ligasi chempioni: 1982
- Sovet Oliy Ligasi bronza medal sohibi: 1983
Manbalar
tahrir- ↑ Viktor Xoxlyuk: "Oni vozrojdali „Paxtakor“. Belorusskiy desant"// „InterFutbol“. – № 34 (502), avgust 2018. – s. 12.
- ↑ Futbolniy Klub „Nika“ Minsk – Trenerskiy sostav[sayt ishlamaydi]
Havolalar
tahrir- Pyotr Vasilevskiy FootballFacts.ru saytida (ruscha)