Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi

Yevrosiyodagi davlat (1922—1991)
(Soviet Uniondan yoʻnaltirildi)

Sovet sotsialistik respublikalari ittifoqi, SSSR, Sovet Ittifoqi — sobiq Rossiya imperiyasi hududining katta qismida 1922—91-yillarda mavjud boʻlgan davlat. SSSRni tashkil etish toʻgʻrisida deb atalgan Shartnoma (1922-yil)ga muvofiq, uning tarkibiga xalqlarning xohish irodasiga zid ravishda Rossiya (RSFSR), Ukraina (USSR), Belarus (BSSR), Zakavkazye respublikalari [ZSFSR; 1936- yildan ittifoqdosh respublikalar — Ozarbayjon (Ozarbayjon SSR), Armaniston (Armaniston SSR), Gurjiston (Gurjiston SSR), keyinchalik — 1925-yil Oʻzbekiston (Oʻzbekiston SSR), Turkmaniston (Turkmaniston SSR), 1929-yil Tojikiston (Tojikiston SSR), 1936-yil Qozogʻiston (Qozogʻiston SSR), Qirgʻiziston (Qirgʻiziston SSR), 1940-yil Moldaviya (Moldaviya SSR), Latviya (Latviya SSR), Litva (Litva SSR) va Estoniya (Estoniya SSR) kiritilgan.

Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi
Союз Советских Социалистических Республик


Bayroq Gerb
Madhiya
«Internationale» (1922—1944)

«Sovet Ittifoqi Madhiyasi» (1944—1991)

20-yillarning boshlaridan, ayniqsa, V.I.Leninning vafotidan keyin mamlakat rahbariyati orasida hokimiyat uchun keskin kurash boshlandi. Rahbarlikning avtoritar usullari qaror topishi, I.V.Stalin shu usullardan foydalanib, yakkaboshchilik hokimiyati rejimini kuchaytirib bordi. 1921-yilda boshlangan yangi iqtisodiy siyosat (NEP) 20-yillarning oʻrtalarida toʻxtatilib, soʻng mamlakatni jadal industriyalash va qishloq xoʻjaligini zoʻrlab kollektivlashtirish (jamoalashtirish) siyosati boshlab yuborildi. Kommunistik partiya davlat tuzilmasini toʻla-toʻkis oʻziga boʻysundirib oldi. SSSR Respublikalari bayrogʻi (qarang Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi). Mamlakatni tez modernizatsiyalash va boshqa mamlakatlardagi inqilobiy harakatni qoʻllab-quvvatlashni maqsad qilib qoʻygan qatʼiy markazlashtirilgan va harbiylashtirilgan totalitar ijtimoiy tuzum vujudga keldi. Boshlangan ommaviy qatagʻonlar 1934-yildan keyin avj oldirildi va jamiyatning barcha tabaqalarini qamrab oldi; millionlab begunoh odamlar qamoqqa tashlandi, otildi, surgun qilindi (qarang Repressiya). Davlat va jamiyat hayoti tor doiraga solib qoʻyildi, bepoyon mamlakatdagi barcha ishlar markazdan tuzib beriladigan reja asosidagina yuritiladigan boʻldi, oʻta mafkuralashgan kommunistik tizim qaror toptirildi, demokratik tamoyillar oyoq osti qilindi, sud tizimi bedodlik asosiga qurildi. 30-yillarning oxirida mustabid davlatning tashqi siyosati keskin oʻzgartirildi, xalqaro jamoa xavfsizligi yoʻlidan qaytildi. 1939-yil Sovet-Olmon bitimlari tuzildi, unga binoan bir yil ichida Gʻarbiy Ukraina va Gʻarbiy Belarus, Boltiqboʻyi mamlakatlari, Bessarabiya va Shim. Bukovina SSSR tarkibiga qoʻshib olindi. SSSR tomonidan boshlangan sovet-fin urushi (1939.30.11 — 1940.12.3) sovet imperiyasining xalqaro obroʻsiga putur yetkazdi (SSSR Millatlar ittifoqidan chiqarib yuborildi). 1941-yil Olmoniya shartnomalarni buzib, Sovet Ittifoqiga qoʻqqisdan hujum qildi. Urushga aholisi qariyb 6,5 mln. boʻlgan Oʻzbekistondan 1 mln.dan ortiq kishi safarbar qilindi. Urush davrida butun-butun xalqlar — bolqorlar, chechenlar, qalmoqlar, qrim tatarlari, qorachoylar, yunonlar, mesxeti turklari, Volga boʻyi olmonlari va boshqalar oʻzga oʻlkalarga majburlab koʻchirildi. SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi ittifoqchilar yordamida urushda gʻolib chiqqach, Jan. Saxalin, Kuril o.lari, Petsamo (Pechenga), Klaypeda, Kenigsberg (Kaliningrad), Zakarpatye Ukrainasi va boshqa yerlar hisobiga mamlakat hududi kengaytirildi. Urushdan keyin qatagʻonlar (kosmopolitizmga qarshi kurash, „vrachlar ishi“, „Leningrad ishi“ va boshqalar) davom ettirildi, oʻzbekistonlik koʻpgina yozuvchi, shoir, olim va boshqa ziyolilar ham shu siyosat azobini tortdilar. Gʻarb mamlakatlari bilan ittifoqchilik munosabatlari uzilishi oqibatida ikki siyosiy tuzum oʻrtasida „sovuq urush“, qurollanish poygasi boshlandi. I. V. Stalin vafoti (1953-yil)dan keyin boʻlib oʻtgan KPSS 20-syezdi (1956-yil) N.S.Xrushchyov tashabbusi bilan Stalin shaxsiga sigʻinishni tanqid qildi. Qatagʻon qurbonlari oqlana boshlandi; xalqning turmush darajasini oshirishga, qishloq xoʻjaligini, uy-joy qurilishini, yengil sanoatni rivojlantirishga koʻproq eʼtibor berildi. Ilmiy va ishlab chiqaruvchi kuchlarni, moddiy vositalarni fan va texnika taraqqiyotiga qaratish tufayli ayrim yutuklarga erishildi: dunyoda birinchi atom elektr stansiyasi ishga tushirildi (1954-yil), Yerning birinchi sunʼiy yoʻldoshi (1957-yil), ichida kosmonavt uchuvchi boʻlgan birinchi kosmik kema (1961-yil) uchirildi; SSSR ning xalqaro aloqalari kengaydi, yadro urushi xavfi kamaydi. Ammo totalitar tuzum va maʼmuriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot saqlanib qolayotgan bir paytda mamlakatni yangilash yoʻlidagi bu urinishlar izchillik bilan oʻtkazilmadi va muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Partiya va davlatga L.I.Brejnev boshchilik qilgan yillarda (1964—82-yil) davlat va jamiyat hayotida toʻrachilik avj oldi, iqtisodiyotda turgʻunlik hukm surdi. A.N.Kosiginning tashabbusi bilan oʻtkazilgan islohotlar toʻxtab qoldi, iqtisodiyot ekstensiv yoʻldan rivojlantirildi. Neft va gazni eksport qilishdan tushgan mablagʻning deyarli hammasi harbiy maqsadlarga ishlatildi. Vengriya (1956-yil) va Chexoslovakiya (1968-yil) rahbariyatining islohot oʻtkazish yoʻlidagi harakatlari Sovet armiyasi tomonidan qurol kuchi bilan bostirilishi, Afgʻonistonga qoʻshin kiritilishi (1979-yil) xalqaro keskinlikni battar kuchaytirdi. 1985-yilda hokimiyat tepasiga kelgan M.S.Gorbachyov va uning tarafdorlari „qayta qurish“ siyosatini boshladilar, xalqning siyosiy faolligi oshdi, ommaviy, milliy harakat va tashkilotlar tuzildi. Lekin yuqoridan turib sovet tuzumini isloh qilish uchun qilingan palapartish urinishlar mamlakatdagi tanglikni chuqurlashtirdi. Milliy nizolar kuchaydi, iqtisodiy ahvol ogʻirlashdi. Sobiq imperiya davrida katta lavozimlarni egallab kelgan bir guruh mansabparastlar oʻz imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida 1991-yil avgust oyida Favqulodda holat davlat qoʻmitasi (GKCHP)ni tuzib, davlat toʻntarishi qilishga urinib koʻrdi, ammo bu urinish barbod boʻldi.

Sovet Ittifoqi „dushmani“ Aleksandr Soljenitsin.

1991-yil 8-dekabrda Belarus, Rossiya va Ukrayina rahbarlari B. N. Yelsin, L. M. Kravchuk, S. S. Shushkevich Belarusdagi Belaya Veja oʻrmonida bitim imzolab, SSSR tugatilishini qayd etdilar va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH)ni tashkil etilganligini eʼlon qildilar (1991-yil 8-dekabr, Minsk). Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston 1991-yil 21-dekabrda Olma-otada imzolangan Deklaratsiyada MDHni tuzish toʻgʻrisidagi Bitimga qoʻshildilar. 1993-yil Gurjiston ham MDHga qoʻshildi. 1991-yil 25-dekabrda SSSR xalqaro huquq subyekti sifatida barham topdi. Gʻayriinsoniy prinsiplarga asoslangan soxta davlat — „Qizil imperiya“ning taqdiri ana shunday yakun topdi. Bu tarixiy qonuniyat edi.

Oʻzbek xalqi Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchiligida mustaqillikka erishish yoʻlida olib borgan qatʼiy kurash bu jarayonda katta ahamiyatga ega boʻldi. SSSR mavjud boʻlgan yillar mobaynida Oʻzbekiston xalqi mamlakatni industriyalash, qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish, ommaviy qatagʻonlar siyosati va kommunistik diktatura oʻtkazgan barcha bedodliklar, jumladan, 80-yillar oʻrtalaridagi „paxta ishi“ning butun azobuqubatlarini boshdan kechirdi.

SSRI liderlari

tahrir

Davlat boshliqlari

tahrir

Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining raisi:

  • Mixail Ivanovich Kalinin (1922-1938) [Rossiya SFSR]
  • Grigoriy Ivanovich Petrovskiy (1922-1938) [Ukraina SSR]
  • Aleksandr Grigorʼevich Chervyakov (1922-1937) [Belarus SSR]
  • Nariman Kerbalayi Najaf ogʻlu Narimanov (1922-1925) [Zakavkazskaya SFSR]
  • Qazanfar Mahmud ogʻlu Musabeyov (1925-1937) [Zakavkazskaya SFSR]
  • Nedirbay Aytakov (1925-1937) [Turkmaniston SSR]
  • Fayzulla Ubaydullayevich Xoʻjayev (1925-1937) [Oʻzbekiston SSR]
  • Nusratullo Maksum Lutfulayev (1931-1934) [Tojikiston SSR]
  • Abdullo Raximbayevich Raximbayev (1934-1937) [Tojikiston SSR]

Oliy Sovet Prezidium raislari:

  • Mixail Ivanovich Kalinin (1938-1946)
  • Nikolay Mixaylovich Shvernik (1946-1953)
  • Kliment Efremovich Voroshilov (1953-1960)
  • Leonid Ilich Brejnev (1960-1964)
  • Anastas Ivanovich Mikoyan (1964-1965)
  • Nikolay Viktorovich Podgornıy (1965-1977)
  • Leonid Ilich Brejnev (1977-1982)
  • Yuriy Vladimirovich Andropov (1983-1984)
  • Konstantin Ustinovich Chernenko (1984-1985)
  • Andrey Andreyevich Gromıko (1985-1988)
  • Mixail Sergeevich Gorbachov (1988-1989)
  • ?

Oliy Sovet raisi:

  • Mixail Sergeevich Gorbachov (1989-1990)

Prezidenti:

  • Mixail Sergeevich Gorbachov (1990-1991)

Hukumat boshliqlari

tahrir

Xalq Komissarlar Kengashining raislari:

Vazirlar Kengashining raislari:

  • Iosif Vissarionovich Stalin (1946-1953)
  • Georgiy Maksimilianovich Malenkov (1953-1955)
  • Nikolay Aleksandrovich Bulganin (1955-1958)
  • Nikita Sergeevich Xrushchyov (1958-1964)
  • Aleksey Nikolayevich Kosigin (1964-1980)
  • Nikolay Aleksandrovich Tixonov (1980-1985)
  • Nikolay Ivanovich Rijkov (1985-1991)

Bosh Vazirlari:

  • Valentin Sergeevich Pavlov (1991)
  • Ivan Stepanovich Silaev (1991)

Yana qarang

tahrir