Makedoniya (qadimgi davlat)

(Qadimgi makedoniyadan yoʻnaltirildi)

Makedoniya, Qadimgi Makedoniya — Bolqon yarim oroldagi qad. davlat (mill.avv. V asr2-asrlar). 4-asrning oʻrtalarida podshoh Filipp IIM. hududlarini birlashtirgan, 359 yildan 338 yilgacha Fokida, Fessaliya, Xalqidika, Frakiya va boshqalarni qoʻshib olgan. 338 yilda Filipp II Xeroneya yaqinida yunon polislarining birlashgan qoʻshinlarini tormor keltirib, butun Yunonistonni M.ga boʻysundirgan. Uning oʻgʻli Aleksandr (336323 yilda podshoxlik qilgan) otasining bosqinchilik siyosatini davom ettirib, Axomaniylar davlatiii bosib olgan va yirik monarxiya barpo qilgan. Hozirgi Oʻrta Osiyo hududi ham unga tobe boʻlgan. Mustahkam boʻlmagan bu monarxiya Aleksandr oʻlimidan soʻng tezda parchalanib ketgan. M. qoʻl ostida faqat Yunoniston qolgan, u ham 229-yil koʻpgina kurashlardan keyin mustaqillikka erishgan. M.ning oʻzida esa taxt uchun diadoxlar oʻrtasidagi kurashlar natijasida antigoniylar sulolasi qaror topgan. Rim bilan boʻlib oʻtgan Makedoniya urushlari (215205, 200197, 171168) natijasida M. toʻla magʻlubiyatga uchragan va miloddan avvalgi 148-yil Epir va Janubiy Illiriya bilan birgalikda Rim viloyatiga aylantirilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil