Qarqarali
Qarqarali — (qoz. Қарқаралы) Qozogʻiston Respublikasi Qaragʻanda viloyatidagi shahar. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Qaragʻayli (23 km). Qarqarali togʻi etagida joylashgan. Qarqarali tumani markazi. Aholisi 7,8 ming kishi (2002). Zooveterinariya bilim yurti bor. Q 1824-yilda kazaklar stanitsasi sifatida vujudga kelgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |