Qarshi qal’a devoriQashqadaryo viloyati Qarshi shahri „Darvozatutak“ MFYda joylashgan tarixiy yodgorlik. Meʼmoriy yodgorlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1].

Qarshi qal’a devori

Qarshi qal’a devori saqlanib qolingan qismi (2023-yil)
Umumiy maʼlumot
Joylashuvi Eski shahar
Manzili Odina bog‘i
Shahar Qarshi
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Tarixi

tahrir

XIV asrda qurilish ishlari boshlangan. Qal’a devorining eni 5 metr kenglikda boʻlib, joyiga qarab uning balandligi 6 metrdan 8 metrgacha koʻtarilgan. Devorning katta bir qismida keyingi davrlarda qoʻshimcha qilingan koʻngura boʻrtmalari bilinar-bilinmas saqlanib qolgan edi. Devorning toʻrt burjida pastdan yassi ishlangan minoralar savlat toʻkib turgan. Mudofaa chogʻlarida shinaklardan oʻq uzish qulay boʻlishi uchun ichki tarafda maxsus xavozalar boʻlgan. Minoralarni aholi „toʻpxona“ deb yuritgan. Amir Nasrullo davrida minoralarga choʻyan va misdan quyilgan zambaraklar oʻrnatilgan. XX asr boshlarida (1902—1903) uzoq vaqt ta’mirlanmaslik sababli shahar istehkom devori yarim vayrona holiga kelib qolgan edi[2].

Arxitekturasi

tahrir

Qal’a devori tomonlarining uzunligi har bir yoni 800 gaz (qadam)ni tashkil qilgan. Agar XVI —XVII asrlarda Buxoro amirligidagi oʻlchovlar hisobi boʻyicha 1 gazning 78,8 santimetrga teng ekanligini eʼtiborga olsak, qal’a devorining har bir tomoni 630,4 metr, toʻrt tomonining umumiy uzunligi 3200 gaz yoki 2521,6 metrdan iborat boʻlgani maʼlum boʻladi.

Qarshi qal’asining devori 9 paxsadan iborat boʻlgan. Qal’a aslida, dastlab gʻishtin devordan qurilgan boʻlib, paxsa devor keyinroq, gʻishtin devor vayron qilingandan soʻng qaytadan tiklangan. Devorning har bir paxsasi 1 gazga teng boʻlib, umumiy balandlik 7,92 metrni tashkil etadi. Manbalarda qal’a devorining eni asosda 7,5 gaz, yaʼni 5,91 metr, ustki qismi 4 gaz, yaʼni 3,1 metr boʻlganligi qayd etilgan[2].

Adabiyotlar

tahrir

Poyon Ravshanov. Qarshi tarixi, Yangi asr avlodi nashriyoti, Toshkent, 2006 — 647-bet. ISBN 5-633-01899-0. 

Nasriddinov K, Xujayarov U. Qarshi shahrining me'moriy yodgorliklari, Yangi asr avlodi, Toshkent, 2011 — 136-bet. ISBN 978-9943-08-629-6. 

Manbalar

tahrir
  1. „Моддий маданий мероснинг кўчмас мулк объектлари миллий рўйхатини тасдиқлаш тўғрисида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 846-сон 04.10.2019 й. қарори“. Lex.uz. Qaraldi: 2020-yil 22-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 Ravshanov P. Qarshi tarixi. Toshkent: Yangi asr avlodi nashriyoti, 2006 — 580-bet.