Qaskelen
Qaskelen (qoz. Қаскелең) — Qozogʻiston Respublikasi Olmaota viloyatidagi shahar (1963-yilda). Qarasay tumanining markazi (1922-yildan). Viloyat markazi – Taldiqoʻrgʻan shahridan janubi-gʻarbga tamon 300 km, Almati shahridan gʻarbga tamon 24 km uzoqlikda, Qaskelen daryosi boʻyida joylashgan. Shahar maydoni 5,31 ming km². Aholisi 63,8 ming kishi (2013).
Qaskelen qoz. Қаскелең | |
---|---|
shahar | |
43°12′1″N 76°37′20″E / 43.20028°N 76.62222°E | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
viloyat | Almati viloyati |
{{{tuman_turi}}} | Qarasay tumani |
Hukumat | |
Asos solingan | 1860 |
Avvalgi nomlari | stanitsa Kaskelenskaya, Lyubavinskaya |
Qachondan beri shahar | 1963 |
Maydon | [convert: invalid number] |
Aholisi (2013) |
63,805[1] |
Vaqt mintaqasi | UTC+6 |
Telefon kodi | +7 72771[2] |
Pochta indeks(lar)i | 040900[3] |
Avtomobil kodi | B, 05 |
|
Aholisi
tahrir1999-yil shahar aholisi 37,221 kishini[4]. 2013-yili esa aholi soni 63,805 kishini tashkil qildi.
Tarixi
tahrirRossiya imperiyasi 1847-yildan boshlab Yettisuvda istehkom qurishni boshladi. 1861-yil shaharning asosi qozoq-rus stansiyasi qurilib, dastlab lyubovniy, 1901-yildan boshlab Qaskelen deb nomlandi[5].
Sanoati
tahrirShaharda Sabzavotkonserva zavodi, shahar bosmaxonasi, davlat “Vodokanal” kommunal korxonasi, sut va boshqalar zavodlar ishlab turibdi. Tikuvchilik va attorlik fabrikalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
Ijtimoiy soha
tahrirQaskelenda shahar yuqumli kasalliklar kasalxonasi, “Sariarqa” davolash maskani, shahar kasalxonasi, feldsher-akusherlik punkt va boshqalar aholiga xizmat qilmoqda. Shuningdek Qaskelenda madaniyat kolleji, madaniyat uyi, muzey, 7 oʻrta, 1 toʻliqsiz, 1 boshlangʻich maktab, 10 ta kutubxona bor.[6].
Manbalar
tahrir- ↑ Численность населения РК по областям, городам и районам Республики Казахстан на 1 июля 2013 года, 2013-11-15da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-27
- ↑ „Almati viloyatining telefon kodlari“. 2021-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-noyabr.
- ↑ „Почтовые индексы Казахстана“. 2010-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-oktyabr.
- ↑ „Итоги Национальной переписи населения Республики Казахстан 2009 года“. Агентство Республики Казахстан по статистике. 2013-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 24-yanvar. (WebCite saytida 2013-02-27 sanasida arxivlangan)
- ↑ Астанайская епархия
- ↑ Qozoq ensiklopediya
Havolalar
tahrir- Qarasay tumanining sayti (Wayback Machine saytida 2013-10-29 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |