Qasos surasi
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Qasos surasi (arabcha: سورة القصص, nomining maʼnosi — Qissa[8][9]) — Qurʼonning 28-surasi. Makkiy suralardan biri, 88 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 385–396[10]-sahifasida va 20-juzida joylashgan. 49-boʻlib nozil boʻlgan.
Qasos surasi — سورة القصص | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Suraning arabcha matni | |||||||||||||
Nomining maʼnosi | Qissa[1][2] | ||||||||||||
Tasnifi | Makkiy sura[3] | ||||||||||||
Statistika | |||||||||||||
Sahifasi | 385–396[4] | ||||||||||||
Juz | 20 | ||||||||||||
Sura raqami | 28 | ||||||||||||
Oyatlar soni | 88 | ||||||||||||
Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
Rukuʼlar soni | 9[5] | ||||||||||||
Muqattaot harflari | To, sin, mim.[6] | ||||||||||||
Nozil boʻlish tartibi | 49[7] | ||||||||||||
| |||||||||||||
Arabcha matni |
ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
Tarjimalari |
QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy mavzusi
tahrirSura oʻz maʼno-mohiyati eʼtibori bilan «Shuaro» va «Naml» suralarining davomidir.
Bu surada insonlar ibrat olishlari uchun ikki zolim kimsaning qilgan kirdikorlari va topgan oqibat-halokatlari haqida hikoya qilinadi. Ulardan biri qoʻl ostidagi hukmu-saltanat sababli oʻzidan ketib, hatto oʻzini xudo deb atashgacha borib yetgan zolim va mustabid podshoh Firʼavn boʻlsa, ikkinchisi topgan molu-davlatiga mast boʻlib, dinu-diyonatni unutgan Qorundir, Qurʼon ulardan birini suv, ikkinchisini esa yer yutgani haqida xabar beradi.
Bu surada Alloh taoloning suyukli paygʻambarlaridan Muso alayhis-salomning tugʻilishlaridan tortib, qanday paygʻambar boʻlganlari va koʻrgach-kechirgan ibratli sarguzashtlari boshqa suralarga nisbatan mufassal va mukammal soʻylangani sababli uni «Qasas-Qissa» deb atalgandir. Sura ikki dunyo saodati boʻlmish iymon-eʼtiqodga daʼvat qilish bilan xotimalanadi.
Manbalar
tahrir- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ Qurʼonda koʻrsatilgan tasnif.
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼondan koʻrilgan.
- ↑ Yuqoridagi sura sarlavhasining tasviridan olingan.
- ↑ Qurʼoni Karim tarjimasi va sharhi. Abdulaziz Mansur
- ↑ Qurʼoni Karim maʼnolari tarjimasi. Alouddin Mansur
- ↑ 604 sahifali Qurʼonda.
Keyingisi: Ankabut surasi | 28-sura — arabcha matni | Oldingisi: Naml surasi |