Qayrat Ermek uli Umarov (qozoqcha: Қайрат Ермекұлы Омаров; 1963-yil 12-yanvar, Fargʻona, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – qozoq davlat arbobi, diplomat.

Qayrat Umarov
qozoqcha: Қайрат Ермекұлы Омаров
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1963-yil 12-yanvar
Fargʻona, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Qozogʻiston Qozogʻiston
Taʼlim Olmaota pedagogika instituti
Kasbi elchi
Ilmiy unvoni siyosat fanlari nomzodi
Mukofotlari

Tarjimai holi

tahrir

1979-yilda Olmaota chet tillar pedagogika institutini ingliz va fransuz tillari mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

1985-yildan 1987-yilgacha – Sovet armiyasida xizmat qilgan.

1987-yildan 1988-yilgacha – Olmaota chet tillar pedagogika instituti oʻqituvchisi.

1988-yildan 1989-yilgacha – Qozogʻiston Fanlar akademiyasining Tarix, etnografiya va arxeologiya instituti ilmiy xodimi.

1989—1991-yillarda Qozogʻiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Badiiy tarjima bosh tahririyatining ingliz tilidan tarjimalar boʻlimi bosh muharriri.

1991-yildan 1992-yilgacha – „Kazsovprof“ referenti.

1992-yildan 1994-yilgacha – Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligining ikkinchi, birinchi kotibi, Yevropa va Amerika boʻlimi boshligʻi.

1994—1996-yillarda – Qozogʻiston Respublikasining AQShdagi elchixonasining birinchi kotibi, maslahatchisi.

1996—1998-yillarda – Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligi Yevropa departamenti boʻlimi boshligʻi direktor oʻrinbosari.

1998-yildan 2004-yilgacha – Qozogʻistonning AQShdagi elchixonasi vazir maslahatchisi.

2004-yil yanvardan aprelgacha – Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirligining alohida masalalar boʻyicha elchisi.

2004-yil apreldan avgustgacha – Qozogʻiston Prezidenti Administratsiyasi tashqi siyosat markazining bosh inspektori. 2004-yil 27-avgustdan 2009-yil 9-sentyabrgacha – Qozogʻistonning Hindistondagi favqulodda va muxtor elchisi[1].

2008-yil 22-maydan 2009 -yil 9-sentyabrgacha – Qozogʻistonning Shri-Lankadagi favqulodda va muxtor elchisi.

2009-yil 9-sentyabrdan 2013 -yil 4-yanvargacha – Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari[2].

2013-yil 4-yanvardan 2017-yil 4-yanvargacha – Qozogʻistonning Amerika AQShdagi favqulodda va muxtor elchisi[3][4].

2017-yil 4-yanvardan 2020-yil 30-sentyabrgacha – Qozogʻistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili[5].

Diplomatik daraja – 1-darajali favqulodda va muxtor elchi.

2020-yil 30-sentabrdan 2022-yil 6-oktabrgacha – Qozogʻistonning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi, Qozogʻistonning Vena shahridagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili[6][7]

2022-yil 6-oktabrdan – Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari[8].

Mukofotlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Указ Президента Республики Казахстан от 27 августа 2004 года N 1427“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-yanvar.
  2. „Распоряжением Главы государства Умаров назначен зам. МИД РК“. 2014-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 5-yanvar.
  3. „Указом Главы государства Умаров назначен Чрезвычайным и Полномочным Послом РК в США“. 2017-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-yanvar.
  4. „Указом Главы государства Умаров Кайрат Ермекович освобожден от должности Чрезвычайного и Полномочного Посла РК в США“. 2017-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-yanvar.
  5. „Указом Главы государства Умаров Кайрат Ермекович назначен Постоянным представителем РК при ООН“. 2017-yil 4-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-yanvar.
  6. Kayrat Umarov osvobojden ot doljnosti predstavitelya RK pri OON i naznachen poslom
  7. „Назначен первый заместитель министра иностранных дел“. kapital.kz (2022-yil 6-oktyabr).
  8. „Кайрат Умаров назначен первым заместителем министра иностранных дел РК“. https://www.inform.kz (2022-yil 6-oktyabr).
  9. „В Министерстве иностранных дел Казахстана к 25-летию независимости наградили дипломатов и ветеранов дипломатической службы“. 2016-yil 15-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-dekabr.