Qayrat Jarilqasin oʻgʻli Umbetov (qozoqcha: Қайрат Жарылқасынұлы Үмбетов, 1977-yil 10-sentyabr, Chirchiq, Toshkent viloyati, OʻzSSR) – qozoq harbiy xizmatchisi, general-mayor, Qozogʻiston Xalq Qahramoni (2016)[1], Qozogʻiston Respublikasi Milliy gvardiyasi „Оңтүстік“ mintaqaviy qoʻmondonligi shtab boshligʻi

Qayrat Jarilqasin oʻgʻli Umbetov
Asl ismi qozoqcha: Қайрат Жарылқасынұлы Үмбетов
Tavalludi 10-sentyabr 1977-yil (1977-09-10) (47 yosh)
Chirchiq, Toshkent viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR (1977–1991)
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston (1991–2001)
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston (2001–)
Qoʻshin turlari Qozogʻiston Milliy gvardiyasi
Xizmatdagi yillari 2002-yil 3-maydan
Unvoni General-mayor
Mukofotlari Otan ordeni "Qozogʻiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 20 yilligi" yubiley medali "Qozogʻiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 10 yilligi" yubiley medali 2-darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ medali 3-darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ medali
Bilimi Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti
Xizmat qilgan mamlakati Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston

Tarjimai holi

tahrir

1977-yil 10-sentabrda Oʻzbekiston SSR Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tugʻilgan.

1994-yilda Chirchiq oliy tank komandir-muhandislik bilim yurti qoʻmondonlik-taktika fakulteti birinchi kursiga oʻqishga kirdi.

1998-yilda oʻqishni tamomlagan Qayrat Umbetov „leytenant“ harbiy unvoni bilan ofitser sifatida xizmat qila boshladi.

2001-yil 14-dekabrda Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan u Qozogʻiston Respublikasi fuqaroligini oldi.

2002-yil 3-maydan Qozogʻiston Respublikasi Milliy gvardiyasi ofitseri sifatida xizmat qilgan.

2022-yil 31-maydan Milliy gvardiya Bosh qoʻmondoni oʻrinbosari etib tayinlangan[2].

Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayevning 2023-yil 5-maydagi farmoni bilan unga general-mayor harbiy unvoni berilgan[3].

Qaragʻandadagi hodisa

tahrir

2016-yil 7-aprel kuni Qaragʻanda viloyatining Qarabas qishlogʻidagi 6505-harbiy qism alohida o'qchi rotasi harbiy oʻquv mashgʻulot maydonida harbiy qism shtab boshligʻi, polkovnik Qayrat Umbetov muddatli harbiy xizmatchilar bilan granata uloqtirish mashqlari paytida oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyib, yosh askar Abzal Sultankulovni tanasi bilan yopib olgan va uni oʻlimdan qutqargan. Jabrlanganlar zudlik bilan Abay shahridagi shifoxonaga yetkazilgan. Ikkalasi ham granata parchasidan jarohatlangan – askar oyogʻidan, Umbetov esa yelka va oyogʻidan jarohat olgan. Maʼlum boʻlishicha, askar jangovar mashqlarni bajarayotib, RGD-5 granatasini yetarlicha kuch bilan uloqtirolmagan. Harbiy burchni bajarishda ko‘rsatgan jasorati va fidoyiligi uchun Qozog‘iston Respublikasi Milliy gvardiyasi Bosh qo‘mondoni polkovnik Qayrat Umbetovni davlat mukofotiga ko‘rsatishga qaror qilgan[4].

Olgan mukofotlari

tahrir
  • Qozogʻiston Xalq Qahramoni unvoni hamda „Oltin Yulduz“ oliy nishoni va „Otan“ (oʻzbekcha: Vatan) ordeni[5];
  • „Qozogʻiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 10 yilligi“ yubiley medali;
  • „Qozogʻiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 20 yilligi“ yubiley medali;
  • 2 va 3-darajali „Buyuk xizmatlari uchun“ medallari

Manbalar

tahrir