Qayum Zoirov
Qayum Sobirovich Zoirov — sovet iqtisodiyot, davlat va siyosiy arbobi, tibbiyot fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi.
Qayum Sobirovich Zoirov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1913-yil 24-noyabr Chimboy (shahar) |
Vafoti |
1984-yil 25-yanvar (70 yosh) Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR |
Siyosiy partiyasi | SIKP |
Ilmiy unvoni | Tibbiyot fanlari doktori |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrir1913-yilda Chimboyda tugʻilgan. SIKP aʼzosi.
1938-yildan — iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faol ishtirok etgan. 1939-1984-yillarda — Surxondaryo tumanidagi chechak va vaboga qarshi kurash boʻyicha tuman epidemiologi va epidemiyaga qarshi otryadlari boshligʻi, Nukus shahridagi Respublika kasalxonasi yuqumli kasalliklar boʻlimi mudiri, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, katta inspektor, bosh inspektor, Oʻzbekiston SSR Nazorat vazirligi vazirining oʻrinbosari, ilmiy xodim, qishloq gigiyena ilmiy-tadqiqot sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari instituti laboratoriya mudiri, kadrlar boʻyicha oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSR sogʻliqni saqlash vaziri, Toshkent Qizil Bayroq ordenli Shifokorlar malakasini oshirish instituti rektori lavozimlarida ishlagan.
Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 7, 8 va 9-chaqiriqlari deputati etib saylangan.
1984-yilda Toshkentda vafot etgan va Chigʻatoy qabristoniga dafn etilgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ „Место захоронения“. 21-iyun 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2022-yil.
Havolalar
tahrir- Zairov (Wayback Machine saytida 2020-09-21 sanasida arxivlangan)