Qayum Nosiriy
Qayum Nosiriy (taxallusi; asl ism-sharifi Gʻabdulqayum Gʻabdennosirovich Nosirov)(2-fevral yoki 14-fevral 1825-yil hozirgi Tataristonning Zelenodolsk tumani — 20-avgust yoki 2-sentyabr 1902-yil, Qozon) — tatar yozuvchisi, olim va maʼrifatparvar.
Qayum Nosiriy | |
---|---|
Tavalludi | 2 (14) fevral 1825 |
Vafoti | 20 avgust (2-sentyabr) 1902 |
Ijod qilgan tillari | Tatar tili va Rus tili |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi |
Hayoti
tahrir1841–1855-yillarda Qozon madrasasida taʼlim olgan. 1855-yildan rus ruhoniylari bilim yurtida tatar tilidan dars bergan. Qozon untida erkin tinglovchi. 1871–1876-yillarda Qozonda 1-rus-tatar maktabini ochib, unda oʻqituvchilik qilgan.
Faoliyati
tahrir„Sintaksis“ va bolalar uchun tabiat hodisalari haqidagi „Boʻsh vaqtlarda“ asarlari 1860-yil yozilgan. Tatar tilining ilmiy grammatikasini, toʻgʻri yozish qoidalari, matematika, geografiya, tarix va boshqalar boʻyicha darsliklar tuzgan va nashr ettirgan. „Qozon tatarlarining eʼtiqodi va urfodatlari...“ (1880), „Qozon tatarlarining xalq adabiyoti namunalari“ (1896), „Qozon tatarlari ertaklarini boshqa xalqlar ertaklari bilan solishtirish“ (1900) kitoblari nashr etilgan. „Tatarcha-ruscha lugʻati“ni tuzgan. Qayum Nosiriyning maʼrifatparvarlik gʻoyalari va nasriy asarlari tatar adabiyotining shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan.
Asarlari:
- „Boʻsh vaqtlarda“
- „Favoqih al-julaso“[1]
- „Qozon tatarlarining eʼtiqodi va urfodatlari...“ (1880)
- „Qozon tatarlarining xalq adabiyoti namunalari“ (1896)
- „Qozon tatarlari ertaklarini boshqa xalqlar ertaklari bilan solishtirish“ (1900)
- „Sintaksis“
- „Tatarcha-ruscha lugʻati“
„Favoqih al-julaso“ asari
tahrirQayum Nosiriy „Favoqih al-julaso“ (Doʻst bogʻining mevalari) kitobini arab tilidagi mashhur „Mustatraf“ va „Ravza al-axr“ kitoblaridan qaysidir qismlarini olib, uni boblarga ajratadi va tatar tiliga tarjima qiladi. Asar 1884-yilda Qozonda chop qilingan. Bundan tashqari asar oʻzbek tiliga ham tarjima qilinib, Toshkentda litografik usulda nashr etilgan[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Ahmad Muhammad. Sharq haqni topdi..., (Sharq donishmandlari va allomalarining sara hikmatlari), Toshkent: „Sharq“ nashriyoti, 2006 — 124-bet.
- ↑ Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet.
Havolalar
tahrirVikiiqtibosda Qayum Nosiriyga tegishli iqtiboslar mavjud. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |