Qirg‘iz-tojik chegarasidagi mojaro (2022)
Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasida 2021-yilning bahor va yoz oylarida sodir boʻlgan qator toʻqnashuvlardan soʻng, 2022-yil 27-yanvar kuni vaqti-vaqti bilan toʻqnashuvlar qayta boshlandi. 2022-yil 14-sentabrda mojaro avj olib bu mojaroda Tojikiston va Qirgʻiziston bir-birini aybladi. Chegara toʻqnashuvi ikki kun davom etdi, shundan soʻng tomonlar 2022-yil 16-sentabrga oʻtar kechasi oʻt ochishni toʻxtatish toʻgʻrisida kelishib olishdi[3]. Ammo bu sulh koʻp oʻtmay buzildi[4].
Qirgʻiz-tojik chegarasidagi mojaro (2022) | |||||
---|---|---|---|---|---|
| |||||
Raqiblar | |||||
Qirgʻiziston | Tojikiston | ||||
Qoʻmondonlar | |||||
Sadir Japarov Qamchibek Tashiyev |
Emomali Rahmon Sayimumin Yatimov | ||||
Yoʻqotishlar | |||||
59 kishi oʻldirilgan 144 kishi yaralangan[1] |
60 kishi oʻldirilgan yuzlab kishi yaralangan[2] |
Tarixi
tahrirTarixda Qoʻqon xonligi tarkibiga kirgan hozirgi Qirgʻiziston va Tojikistonni tashkil etuvchi bu hududlar 19-asrda Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingan. 1920-yillarda Sovet Ittifoqi ikki mintaqada delimitatsiya oʻrnatdi, bu esa anklavlarga olib keldi. Ikkala davlat ham 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin mustaqillikka erishdilar. Ikkala davlat ham Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) va Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga (ODKB) aʼzo boʻlib, nazariy jihatdan bir-biri bilan ittifoqdoshdir[5]. Ikki davlat chegara chizigʻisining uzunligi 972 kilometr boʻlib, chiziqning qariyb yarmi belgilanmagan, shuning uchun ikkala davlatning chegara aholisi suv, yaylov va yoʻllardan foydalanish muammolari bilan duch kelishmoqda. Bahsli hududlar ikki mamlakat chegarasining taxminan 30 foizini tashkil etadi[6].
Voqealar rivoji
tahrir14-sentabr kuni ertalab Buloqboshidagi belgilanmagan hududga („Qapchigʻay“ chegara oʻtkazish punkti hududi) Tojikistonning „Keh“ bekatining chegarachilari qurollangan holda kirib kelgan. Qirgʻiziston chegarachilarining chiqib ketish talabini bajarmagani uchun qirgʻiz tomoni ogohlantirish tariqasida osmonga uch marta oʻq uzgan va oʻrtada otishma boshlangan[7]. Qirgʻiziston chegarachilari 4 dona minomyot bilan Tojikiston tomonni oʻqqa tutib Qirgʻiziston Respublikasi tomonidan ushbu hududga qoʻshimcha harbiy kuch va texnika olib kelingan [8].
Xalqaro reaksiyalar
tahrir- Oʻzbekiston — hukumati qirgʻizistonlik qochqinlar uchun So‘x anklavidan gumanitar yo‘lak ochib berdi. Ushbu yo‘lak orqali O‘zbekiston davlati qirg‘iz fuqarolarining hayoti va sog‘lig‘ini saqlab qolishga katta hissa qo‘shdi. Bunga javoban Qirg‘izistondagi Birlashgan demokratik harakat O‘zbekiston xalqi, Prezident Shavkat Mirziyoyev, uning hukumati va chegarachilarga chuqur minnatdorlik izhor etdi[9].
- BMT — Bosh kotibi António Guterres qirgʻiz-tojik chegarasidagi keskinlikdan xavotirda ekanini bildirdi[10].
- Afgʻoniston — Tolibon boshchiligidagi TIV rasmiy vakili Abdul-Qahhor Balxiy tojik-qirgʻiz chegarasidagi mojarolardan xavotirda ekanligini maʼlum qilib, tinch aholi vakillari orasida qurbonlar boʻlganidan, chegaradosh hududlar aholisining majburan uylarini tark etayotganidan afsusda ekanini bildirdi. Islom Amirligi har ikki tomonni chegaraviy kelishmovchiliklarni tinchlik va muloqot yoʻli bilan hal qilishga chaqirdi [11].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Чек арада курман болгондордун саны 59га жетти“. Azattyk.org (18-sentabr 2022-yil). Qaraldi: 18-sentabr 2022-yil.
- ↑ „ҲДТ мегӯяд, дар низои марзӣ “60 шаҳрванди Тоҷикистон кушта шуд“.
- ↑ Садыр Жапаров чек арадагы кырдаал боюнча Эмомали Рахмон менен жолукту
- ↑ Кыргыз тарап Тажикстан чек арада кайра ок чыгарганын билдирди
- ↑ Таджикско-кыргызские двусторонние отношения
- ↑ „Конфликт из-за воды: Бишкек заявил об атаке Таджикистана на пять погранзастав“. Русская служба Би-би-си (2021-yil 30-aprel). 2021-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 7-may.
- ↑ Баткен: кыргыз-тажик чек арасындагы Булак-Башы аймагында ок атылды
- ↑ Маркази матбуоти Қӯшунҳои cарҳадии КДАМ Ҷумҳурии Тоҷикистон хабар медиҳад
- ↑ БДК: Сохтон коридор берүү чечими жарандардын өмүрүн сактап калууга салым кошту
- ↑ Столкновения на границе Кыргызстана и Таджикистана: ООН призывает к диалогу
- ↑ „Tolibon“ Bishkek va Dushanbeni murosa qilishga chaqirdi