Qirolichaning yurishi (asar)
Qirolichaning yurishi (inglizcha: The Queen’s Gambit) — amerikalik yozuvchi Walter Tevisning 1983-yilda yozilgan romani boʻlib, romanda shaxmatchi vunderkind qizning hayoti haqida hikoya qilinadi. Asar tarbiyaviy roman janrida yozilgan boʻlib, bola asrab olish, feminizm, shaxmat, giyohvandlik va alkogolizm kabi koʻplab mavzularni oʻz ichiga qamrab olgan. Ushbu asar asosida 2020-yilda Netflix tomonidan xuddi shu nomdagi miniserial suratga olingan[1][2][3].
Kitobning oʻzbek lotin yozuvidagi muqovasi (2023-yil) | |
Asl nomi | inglizcha: The Queen’s Gambit |
---|---|
Muallif(lar) | Walter Tevis |
Tarjimon(lar) | Maftuna Poʻlatova |
Mamlakat | AQSh |
Til | ingliz tili |
Janr(lar)i | ilmiy-badiiy adabiyot, psixologik triller, tarbiyaviy roman |
Nashr etilgan sanasi | 1983 |
Nashriyot | Random House |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2021 |
Sahifalar soni | 400 |
ISBN | 0-394-52801-8 |
OCLC | 8708429 |
Roman epigrafi
tahrirRomanning epigrafi W. B. Yeatsning „Ninachi“ sheʼridan olingan. Bu sheʼr romanning asosiy mavzularidan birini: ayoldagi daholikning ichki faoliyatini yoritgan. Tevis oʻlimidan bir yil oldin, 1983-yilda bergan intervyusida ushbu mavzuni muhokama qilgan[4][5].
Syujeti
tahrirRomanda shaxmatchi vunderkind Bet Harmonning yetimxonadagi bolaligi, trankvilizatorlar va alkogolga qaramlikka qarshi kurashishidan to grossmeyster unvoniga erishgunigacha boʻlgan hayoti tasvirlangan.
Adabiy ahamiyati
tahrirRomanni tasniflash qiyin boʻlib, asar triller, sport-oʻyin va tarbiyaviy romanlar orasidagi oraliq oʻrinni egallaydi[6].
Oʻzbekcha tarjimasi
tahrirAsar tarjimon Maftuna Poʻlatova tomonidan ingliz tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan[7]. 2021-yilda asarning oʻzbek tilidagi tarjimasi Toshkentda „Zabarjad Media“ nashriyoti tomonidan oʻzbek tilining lotin va kirill yozuvlarida chop etilgan. Oʻzbek tilidagi nashrini tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: Maʼmura Qutliyeva – direktor, Sayyora Meliqoʻziyeva – muharrir, Firdavs Doʻstmatov – badiiy muharrir, Hafiza Abdumalikova – musahhih, Nigara Umarqulova – sahifalovchi, Hamidulla Ibotov – texnik muharrir. Kitob adadi – 2 000 nusxa, ISBN 978-9943-7069-7-2.
Qaytaring, ey, mening xotiralarim,
Dilbarim siymosi hamda qasrlar
gumbazin yondirgan otashlarimni.
Olis-olislardan tingalagayman jim
Muzliklar ostidan jildirab oqqan
jilgʻalar sasiday qadamlaringni.
Poshnang toshlar bilan suhbatlashgan huv,
Ul goʻzal kunlarga qaytmoq istayman.
Hurkak eding sen va hamda magʻrur,
Toʻlqinday suzarding sirli va shoʻxchan.
Sen mening ayolim, sen goʻdagimsan,
Sen meni aldagan erka shaytoncham.
Foje yaqinligin bilmay suv uzra,
Yashab kelayotgan goʻzal ninacham.
Manbalar
tahrir- ↑ Thorne. „Anya Taylor-Joy to Star in ‘The Queen’s Gambit’ Limited Series at Netflix“. Variety (2019-yil 19-mart). 2019-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 20-mart.
- ↑ „The Queen’s Gambit «phenomenon» becomes most popular limited series ever on Netflix“. www.radiotimes.com. 2020-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-dekabr.
- ↑ McHenry. „The Queen’s Gambit Trailer: Anya Taylor-Joy Dives Into Chess, Drugs, and More Chess“. Vulture (2020-yil 27-avgust). 2020-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 27-avgust.
- ↑ Tevis, Walter S.. „Walter Tevis Interview with Don Swaim“. Wiredforbooks.com (1983-yil 15-fevral). 2016-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
- ↑ Tevis, Walter S.. „Transcript of Book Beat radio feature on Walter S. Tevis, broadcast circa March 2, 1983“. Ohio University Libraries (1983-yil 15-fevral). 2020-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr.
- ↑ Catherine Chan. „Influence of ‘The Queen’s Gambit’“. The Arcadia Quill (2021-yil 20-yanvar).
- ↑ Walter Tevis; (Maftuna Poʻlatova tarjimasi). Qirolichaning yurishi. Sayyora Meliqoʻziyeva: . Toshkent: „Zabarjad Media“ nashriyoti, 2021. ISBN 978-9943-7069-7-2.