Qoʻbiz
Qoʻbiz (qil qoʻbiz, qobuz) — torli musiqa cholgʻusi. Oʻrta asr (Mahmud Qoshgʻariy, Navoiy, Bobur, Darvishali Changiy va boshqalar) manbalarida Qoʻbiz turkiy xalqlarning eng sevimli torli-tirnama musiqa cholgʻusi sifatida taʼriflangan. Bu shakldagi Qoʻbiz (hozirgi doʻmbi-rata yaqin) qirgʻizlarda qoʻmuz, xakaslarda xomis nomi bilan saqlangan. Oʻzbek, qozoq, qoraqalpoqlarda Qoʻbiz — torli-kamonli cholgʻu sifatida mashhur. Umumiy uz. 700 mm atrofida. Oʻyma kosasi (rezonatori) va yoysimon bukilgan yoʻgʻon dastasi bir butun yogʻochdan yasaladi. Kosasining uzunchoq pastki qismi teri bilan qoplanadi. Otning chiyratilmagan qilidan yasalgan 2 tori kvarta (baʼzan kvinta)ga sozlanadi. Yoysimon kamon (600-700 mm atrofida) qillari barmoqlar yordamida taranglashtiriladi. Rivoyatlarga koʻra, ilk Q.ni afsonaviy Qoʻrqut (oʻgʻuz bax-shilarining piri) yasagan. Qoraqalpoq (18-asrga qadar qozoq) jirovlarida, shuningdek, baxshi-shomonlarda Q. asosiy cholgʻu hisoblangan. Mayin, nolalarga boy tovushga ega Q. Oʻzbekistonda 1930-yillargacha buxoroda maqom an-sambllari tarkibida boʻlgan. 1940—1950-yillarda Qoʻbizning rekonstruksiya qilingan (prima, alt, bas va boshqalar) turlari xalq cholgʻulari orkestri tarkibiga kiritilgan; 2) turkman, tatar, boshqirdlarda temir changqoʻbiz nomi.
Qoʻbiz | |
Turi |
Torli |
---|---|
Oʻxshash asboblar | |
Qoʻmuz Qoʻbiz Rubob |
Galereya
tahrir
Qalmirza Qurbonov.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |