Rubob
Rubob — torli cholgʻu asbobi. Rubob eng qadimiy cholgʻu asboblari turiga kiradi. Noxun (mediator) bilan chertib chalinadi. Oʻzbek, tojik, uygʻur, afgʻon va boshqa sharq xalqlari orasida keng tarqalgan. Baʼzi olimlar fikriga koʻra, qadimda 2 torli kamonli rubobdan zamonaviy skripka yuzaga kelgan. Hozir rubobning uch xili mavjud: qashqar rubobi, afgʻon rubobi va pomir rubobi. Afgʻon rubobining 2 ta nomi bor:' 'tojik rubobi va buxoro rubobi'.
Ozarbayjon rubobi surati tushirilgan pochta markasi | |
Turi |
Torli |
---|---|
Oʻxshash asboblar | |
Qoʻmuz Qoʻbiz Rubob |
Turlari
tahrirRubobning uch xili mavjud: qashqar rubobi, afgʻon (yoki tojik, Buxoro rubobi) va pomir rubobi. Quyida rubobning shu uch turi haqida toʻxtalib oʻtiladi.
Qashqar rubobi
tahrirQashqar rubobi Qashqardan tarqalgan. Shuning uchun qashqar rubobi deb ataladi. Qashqar rubobining uzunligi 80-100 sm dir. Qashqar rubobining choʻmichsimon kosasi tut kabi qattiq daraxtlar yogʻochidan yasaladi. Kosaning usti teri bilan qoplanadi.
Qashqar rubobining dastasi uzun boʻlib, oxiri qayrilgan boʻladi. Kosasinin oldida shoxga oʻxshagan ikkita gajagi bor. Ular shakl berish bilan birga yuqori notalarni chalishda chap qoʻl uchun tayanch vazifasini ham bajaradi.
Qashqar rubobi dastasida 19 tadan 23 tagacha parda boʻladi. Eski ruboblarda pardalar ichakdan qilingan boʻlsa, zamonaviy ruboblarning pardalari metalldan qilinadi.
Qashqar rubobining beshta simi bor. Qashqar rubobining 5 ta tori, odatda, kvarta-kvinta oraligʻida sozlanadi. Pastgi ikki sim juft chalinadi. Ochiq chalganda „lya“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. 3- va 4- simlar ham juft chalinadi. Bu simlar ochiq chalganda „mi“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. 5-sim odatda neylon sim boʻlib, ochiq chalganda „si“ tovushini chiqaradigan qilib sozlanadi. Qashqar rubobining diapazoni 3 oktavaga yaqin.
Rubobning tovushi jarangdor. Ijrochilikni oʻzlashtirish birmuncha yengilligi, mohir rubobchi-sozandalar (Muhammadjon Mirzayev va boshqalar)ning yetishib chiqishi bu sozning 1940-yillardan Oʻzbekiston va Tojikistonda havaskor va professional sozandalar orasida ommaviylashuviga sabab boʻlgan.
Qashqar rubobining qayta ishlangan zamonaviy turi rubob prima oʻz imkoniyatlari bilan rus domrasiga yaqin, 4 metall tori kvinta oraligʻida sozlanadi. Orkestrda va yakka soz sifatida ishlatiladi.
Oʻzbek bastakorlaridan Muhammadjon Mirzayev, sozandalaridan A. Boboxonov, N. Qulabdullayev, kompozitorlardan Ibrohim Hamroyev, Mustafo Bafoyev va boshqalar qashqar rubobi uchun turli janrlarda asarlar yaratishgan.
Afgʻon rubobi
tahrirAfgʻon rubobining dastasi kaltaroq boʻladi. Dastasining uzunligi 8-10 sm boʻladi. Ovoz kosasi yoki rezonatori keng va chuqur boʻladi. Rezonatorning uzunligi 80 sm gacha, kengligi 20 sm gacha, chuqurligi 30 sm gacha boʻladi. Qorin bilan dasta bir butun yogʻoch boʻlagidan oʻyib yasaladi.
Afgʻon rubobida ham qashqar rubobidagi kabi gajaklar bor. Rezonatoring pastgi qismi teri, yuqori qismi yupqa taxtacha bilan qoplanadi. Dastaning asosiy qismida 4-5 ta asosiy parda, taxtachaning ustida 6-7 ta qoʻshimcha xaspardalar boʻladi.
Afgʻon rubobida 5 ta asosiy torga qoʻshimcha ravishda 10-11 ta yordamchi (aks-sado beruvchi) torlar ham bor. Afgʻon rubobining qayta ishlangan turlari ixchamlashtirilgan boʻladim ularda yordamchi torlar boʻlmaydi. Afgʻon rubobi 2 oktava diapazonidagi diatonik tovushqatoriga ega. Asosan, professional sozandalar tomonidan yakka soz sifatida va turli ansambllar tarkibida qoʻllanadi.
Pomir rubobi
tahrirPomir rubobi qashqar rubobiga oʻxshaydi, ammo kosasi bir oz kattaroq, dastasi bir oz kaltaroq boʻladi. Bu tur rubob ham odatda bir butun yogʻoch boʻlagidan yoʻniladi. Kosasining pastki qismi yupqa taxtacha bilan berkitiladi. Kvarta-kvinta oraligʻida sozlanadigan 5 ta asossiy toridan tashqari yon quloqqa bogʻlanadigan tori boʻladi. Bu tor zingag deb ataladi.
Havolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |