Qilichlarning saralanishi

(Qoʻshqoʻlli qilichdan yoʻnaltirildi)

 

Bir yarim qoʻlli qilich. Ehtimol olmon qilichi, tax. 1400–1430[1]

Sop turi boʻyicha saralanishi

tahrir
 
Chjango davridagi jian (ikki qirrali qilich)

Umumqoʻlli

tahrir

Qoʻshqoʻlli qilich atamasi asosan ikki qoʻl bilan ishlatish uchun moʻljallangan har qanday katta qilichga nisbat aytilishi mumkin:

  • Oʻrta asrlar oxiri va uygʻonish davrida mashhur boʻlgan Yevropacha uzun qilich.
    • Oʻrta asr oxiri shotland kleymori (XVIII asrdagi savat sopli kleymor bilan adashtirib yubormang)
  • XVI asrdagi Olmoniyaning Landsknechteʼlari tomonidan yoqtiriligan Baydenhander qilichi.

"Bir yarim qoʻlli qilich" atamasi zamonaviydir (XIX asr soʻngi).[2] XX asrning birinchi yarmida ushbu turdagi qilichga nisbatan „bastard qilich“ atamasi muntazam ravishda ishlatilgan boʻlsa, „uzun qilich“ atamasi bilan rapiraga ishora qilingan.[3]

"Bir qoʻlli qilich" atamasi „Qoʻshqoʻlli“ yoki „Bir yarim qoʻlli“ namunalarini ajratish uchun yaratilgan retronimdir. „Bir qoʻlli qilich“ atamasi Sir Walter Scott tomonidan qoʻllanadi.[4] Ushbu atama shuningdek Nares (1822) tomonidan tonsword atamasining uzaytirilgan varianti oʻlaroq ishlatiladi;[5] „bir qoʻlli qilich“ atamasi esa biroz keyinroq, taxminan 1800-yillarda.

Chap qoʻlli qilichlar „kamyob“ deya taʼriflansa-da, koʻrinishidan, koʻplab qilichlar chap qoʻlda ishlatish uchun tuzilgan.[6]

Ulkan qilich

tahrir

Ulkan qilich – oʻrta asrlarning uzun qilichlariga borib taqaladi.[7] [8] [9]Andoza:Dubious Ulkan qilich uygʻonish davrida ishlab chiqilgan boʻlsa-da, uning oldingi qarindoshi shotland kleymori oʻlchami (160-180 sm) va ishlatilishi tomonidan unga juda oxshash edi. Bu qilichlar bir qoʻlda ishlatish uchun juda ogʻirlik qilardi va ushlash uchun katta tutqichga ega edi. Yaʼni, bir qoʻl bilan qilich tutqichining teparoq qismi ushlansa, boshqasi bilan sal pastroq qismi ushlanadi. Teparoqdagi qoʻl itarsa, pastki qoʻl tortardi; Bu esa oʻz oʻrnida qilich ogʻirligining katta qismini hisobdan chiqarib, uni silkitishni ancha osonroq qilar edi.

Kleymor

tahrir

Shotlandcha „claymore“ nomi (Gelcha: claidheamh mórclaidheamh mór, soʻzma-soʻz „katta/ulkan qilich“)[10] [11] qoʻshqoʻlli tutqich xususiyatiga ega uzun qilichga ham, savat sopli qilichga ham ishora qilishi mumkin. Qoʻshqoʻlli kleymor – ulkan qilichning ilk shotlandcha versiyasi.

Zweihander

tahrir

Zweihänder („Qoʻsh qoʻlli“) yoki Beidhander („ikkala qoʻlli“) haqiqiy qoʻshqoʻlli qilich boʻlib, uni faqat bitta qoʻlda ushlab boʻlmaydi. Ushbu qilich Doppelsöldners deb ataladigan baʼzi Landsknechteʼlarning (yollanma askarlar) maxsus quroli edi.

Qirra turi boʻyicha saralanishi

tahrir
 
Xan sulolasi Jian qilichlar (yuqorida)

Ikki qirrali va tekis qilichlar

tahrir

Ushbu qilichlar ikki qirrali boʻlib, odatda tekis tigʻga ega, muvozanatni barqarorlashtirish, shikast yetkazish qamrovini kengroq qilish uchun moʻljallangan.

Szyan (soddalashtirilgan xitoycha: 剑; anʼanaviy xitoycha: 劍; pinyin: jiàn; Cantonese: gim) — soʻnggi 2500 yil davomida Xitoyda ishlatib kelingan ikki qirrali tekis qilich. Szyan qilichi eslatib oʻtilgan birinchi Xitoy manbalari eramizdan avvalgi XII asrning Bahor va kuz davriga toʻgʻri keladi;[12] Gouszyan qilichi — eng oldingi namunalaridan biri. Tarixan szyan qilichining bir qoʻlli versiyalari uzunligi 45 dan 80 santimetrgacha yetadigan tigʻlarga ega. Tigʻining uzunligi 70 santimetrlik oʻrtacha qilichning ogʻirligi 700 dan 900 grammgacha boʻlishi mumkin.[13] Qadimgi va oʻrta asr qoʻshinlari, shuningdek, Xitoy jang sanʼatining koʻpgina usullarini mashq qilishda ishlatiladigan katta qoʻshqoʻlli versiyasi ham mavjud. Chu va Han sulolalari davridagi qoʻshqoʻlli szyanlar 150 sm uzunlikkacha yetar edi.

Uzun qilich

tahrir

Hozirgi vaqtda „uzun qilich“ atamasi koʻpincha ikki qoʻl bilan ishlatishga moʻljallangan oʻrta asr oxirlari va uygʻonish davridagi qurollar bilan bogʻliq. Olmoncha langes Schwert („uzun qilich“) XV asr qoʻllanmalarida qurol turini emas, balki sopni ikki qoʻlda ushlab qilichbozlik qilish texnikasini bildirgan. Joseph Swetnam taʼkidlashicha, bastard qilich uzunligi boʻyicha jangovar qilich va uzun qilich orasida joylashgan[14], Randall Cotgrave taʼrifi ham aynan shuni nazarda tutgan koʻrinadi. Fransuzcha „épée de passot“ nomi „épée bâtarde“ va (bastard qilich) „coustille à croix[15] (kesishma sopli tigʻ) nomlari bilan ham tanish. Ushbu atama oʻrta asrlardagi sanchish uchun moʻljallangan bir qoʻlli qilichga ham taqaladi.[16]épée de passot“ frank kamonchilarining (XV—XVI asrlardagi fransuz yoki breton kamonchilari) yordamchi quroli edi.[17] „Passot“ atamasi ushbu qilichlar „oddiy“ qisqa qilichlar uzunligidan oʻtganligidan (passaient) kelib chiqadi.[17]

1540-yilning iyul oyida Henry VIII tomonidan uyushtirilgan „Mudofaa ustalari“ tanlovida[18] „qoʻshqoʻlli qilich“, „bastard qilich“ va „uzun qilich“ alohida buyumlar deb sanab oʻtilgan.[19] [20] [21]

Antikvarlardan foydalanish XIX asrda bu katta qilichlarga bir maʼnoda ishora qilib, „bastard qilich“ atamasidan foydalanishni belgiladi.[22] Biroq, George Silver va Joseph Swetnam ularni shunchaki „qoʻshqoʻlli qilich“ deb atashadi. „Bir yarim qoʻlli qilich“ atamasi zamonaviydir (XIX asr oxiri).[2] XX asrning birinchi yarmida qilichning bu turiga nisbatan „bastard qilich“ atamasi muntazam ravishda ishlatilgan.[3]

Elizabet davrining uzun qilichi – tigʻining uzunligi 1,2 metr, uzun rapiraga oʻxshash bir qoʻlli „kes va sanch“ qilich[14]. „Sening (uzun) rapirang yoki (uzun) qiliching kamida toʻrt fut boʻlsin, xanjaring esa ikki fut boʻlsin.“ Ushbu turdagi qilichning tarixiy atamalari (XV-XVI asrlar) – italyanchada spada longa (lunga) va fransuzchada épée longue.

Uzun qilich atamasi tarixiy kontekstga qarab turli xil qilich turlariga nisbatan ishlatilgan:

  • Zweihänder yoki qoʻshqoʻlli, XVI asr Landsknechteʼning uygʻonish davri oxirlaridagi qilichi, barcha qilichlar orasida eng uzuni;
  • Tiluvchi qirrali uzun „yon qilich“ yoki „rapira“[23] (Elizabet davrining uzun qilichi).

Spata Rimliklar ishlatgan ikki qirrali uzun qilichdir. Spata gʻoyasi Germaniya va Britaniyadagi qadimgi keltlarning qilichlaridan kelgan. U gladiusga qaraganda uzunroq va keng qamrovli edi, shuning uchun spata otliq askarlar orasida ommalashgandi. Tigʻning uzunligi 0,5 dan 1 metrgacha yetishi mumkin boʻlsa, sopining uzunligi odatda 18 dan 20 smgacha boʻlgan.

Qisqa qilich va xanjarlar

tahrir

Saks va tigʻining uzunligi shunga oʻxshash – 30 dan 60 smgacha – boʻlgan boshqa pichoqlarga baʼzan qilich deb ham qaraladi. Bu, ayniqsa, uzunroq qilichlar uchun zarur yuqori sifatli poʻlat ishlab chiqarilishidan oldin yasalgan qadimiy qurollar uchun toʻgʻri keladi, xususan:

  • Temir davri qilichlari :
    • Saks – Shimoliy Yevropada keng tarqalgan qurol.
    • Gladius – erta qadimgi Rim davridagi legionerlarning sanchuvchi qisqa qilichlari[24]
    • Ksifos – qadimgi yunonlar tomonidan ishlatilgan ikki qirrali, bir qoʻlli tigʻ;
  • Uygʻonish davrining baʼzi qurollari:
    • Baselard – oʻrta asrlar oxiridagi ogʻir xanjar;
    • Cinquedea – fuqarolar ishlatadigan uzun xanjar;
    • Dirk – Shotland uzun xanjari (biodag);

Marosim qilichlari yoki tantanali qurollar oʻlaroq ishlatiladigan qoʻshqoʻlli qilichlar katta oʻlchamli boʻlgani bois, koʻpincha haqiqiy jangovar qurollarning uzunligi va ogʻirligidan oshib ketardi.

Qirrasiz va sanchuvchi qilichlar

tahrir

Qirrasiz qilichlar turkumiga „qilich“ deya taʼriflangan yoki shu bilan boʻgliq, biroq hech qanday kesuvchi qirraga ega boʻlmagan, chopish yoki tilish vazifalarini bajarmaydigan qurollar kiradi. Ushbu uzunchoq qurollarning katta qismi dushman mudofaasidagi boʻshliqlarni tezkor sanchuvchi aniq zarbalar bilan yorib oʻtish uchun tuzilgan; qoʻl boʻgʻinlari, tananing ochiq va ojiz yerlari. Biroq, bu turdagi qurollar jang maydonining emas, balki duel bahslarining quroli oʻlaroq koʻrildi.

Ksifos

tahrir

Spartaliklar har doim qoʻshimcha qurol oʻlaroq ksifos bilan qurollangan edi. Koʻpgina yunon jangchilari orasida bu qurolning taxminan 60 santimetrlik temir tigʻi bor edi. Sparta versiyasining uzunligi odatda 30-45 santimetr edi. Spartaning qisqaroq quroli falangalarga qarshi toʻqnashuvi natijasida anchagina halokatli boʻlib chiqdi. Ksifos uzun qurollar sigʻib oʻta olmaydigan dushmanning qalqon devori va sovut-aslahalaridagi boʻshliqlardan oʻtishga qodir edi. Dushmanning tomogi bunday qurol uchun eng sevimli nishonlardan edi.

Bir qirrali va egri qilichlar

tahrir

Ushbu bir qirrali qurollar odatda qalin yoki egri tigʻli tuzilishdagi qilichlar boʻlib, kesish, tilish, tanani oyoq-qoʻllardan ajratish yoki keng silkitish usullari uchun moʻljallangan; biroq koʻpincha sanchuvchi zarbalar uchun juda yomon ishlab chiqilgandi. Qilichbozlar zarbalarni toʻsib oʻzini himoya qilishi uchun qilichning toʻmtoq tomonini ishlatishga oʻrgatilar edi.

Sanchuvchi qilich boʻlmish Ksifosdan farqli oʻlaroq, kopis qalin, bir qirrali egri temir qilich koʻrinishidagi yoruvchi quroli edi. Afina sanʼatida spartalik goplitlar ksifos oʻrniga koʻpincha kopis bilan tasvirlangan, chunki yunonlar qarashida kopis quintessensial „yovuz“ qurol oʻlaroq koʻrilgan. [25]

Xopesh

tahrir

Xopesh — qadimgi Misrda ishlatilgan qisqa egri qilich, uzunligi taxminan 50–60 sm boʻlib, odatda bronza yoki temirdan yasalgan.

Katana

tahrir

Tarixan katana (yaponcha: ?) feodal Yaponiya samuraylari tomonidan qoʻllangan anʼanaviy qilichlaridan biri boʻlgan[26] [27][28]. Katananing zamonaviy versiyalari baʼzan noanʼanaviy xomashyolar va usullar yordamida yasaladi. Katana oʻziga xos koʻrinishi bilan ajralib turadi: egri, ingichka, bir qirrali tigʻ va ikki qoʻlda ushlash uchun uzun tutqichli.

Shamshir

tahrir

Shamshir (AQSh qilichi) yoki shabl (fransuzcha sabre, ispancha sable, italyancha sciabola, olmoncha Säbel, ruscha sablya, mojorcha szablya, polyakcha szabla, ukraina shablya) bir qirrali egri tigʻli otliq qilichidir.[29] (fors shamshiri bilan adashtirmang)

Manbalar

tahrir
  1. „Hand-and-a-Half Sword“. Metropolitan Museum of Art. Qaraldi: 2023-yil 9-iyun.
  2. 2,0 2,1 New Gallery (London, England). Exhibition of the Royal House of Tudor, 1890. Qaraldi: 2015-yil 8-oktyabr. 
  3. 3,0 3,1 Cox, Trenchard. A General Guide to the Wallace Collection. London, England: Wallace Collection, 2009-02-23. Qaraldi: 2015-yil 8-oktyabr. 
  4. in Death of the Laird’s Jock (1831).
  5. Robert Nares, A glossary; or, Collection of words … which have been thought to require illustration, in the works of English authors (1822).
  6. Tony Willis, „A Pair of Scottish Swords“, Page One, Page Two, Page Three, Page Four.
  7. Lua xatosi in package.lua at line 80: module 'Module:ISOdate' not found.
  8. Oakeshott, Ewart. Records of the Medieval Sword. Boydell Press 1991. Page 89 and 95.
  9. Du Fresne Du Cange, C.. Glossarium mediae et infimae latinitatis: Indices (pp. v-ccxvi) & "Extraits des observations sur l'Histoire de Saint Louis". L. Favre, 1887. 
  10. „Search Chambers - Free English Dictionary“. chambers.co.uk. 2013-yil 28-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-may.
  11. „Claymore“. jacobites.info. 2013-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-may.
  12. Ebrey 1999, p. 41
  13. Rodell 2003, p. 19
  14. 14,0 14,1 „A Perfect Length II: The Longsword | Encased in Steel“. Historical-academy.co.uk (2011-yil 29-iyul). 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-oktyabr.. Historical-academy.co.uk. 2011-07-29. Archived from the original on 2013-12-03. Retrieved 2015-10-08.
  15. Notes and Queries, 1890 — 116-bet. Qaraldi: 2015-yil 8-oktyabr. 
  16. Ménage, Gilles. Dictionnaire étymologique de la langue françoise (fr). Briasson, 1750 — 129-bet. Qaraldi: 2015-yil 8-oktyabr. 
  17. 17,0 17,1 Noël, François-Joseph-Michel. Dictionnaire étymologique, critique, historique, anecdotique et littéraire ... - François-Joseph-Michel Noël, 1857 — 563-bet. Qaraldi: 2015-yil 8-oktyabr. 
  18. „Sword types in prize playing - The Association for Renaissance Martial Arts“. Thearma.org. Qaraldi: 2015-yil 8-oktyabr.
  19. Joseph Strutt, The sports and pastimes of the people of England from the earliest period: including the rural and domestic recreations, May games, mummeries, pageants, processions and pompous spectacles, 1801, p. 211.
  20. „London Masters of Defense“. Iceweasel.org (1998-yil 29-may). 2015-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-oktyabr.
  21. „The London Masters of Defense“. Iceweasel.org. 2021-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-oktyabr.
  22. Oakeshott (1980).
  23. „The rapier revisited“. Salvatorfabris.org (1970-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 8-oktyabr., estoc, flamberge, etc.
  24. "Romeinse Rijk §3.1 Landmacht" (nl). Encarta Encyclopedie Winkler Prins. Microsoft Corporation/Het Spectrum. 2002. 
  25. „Spartan Weapons“. Ancientmilitary.com. Qaraldi: 2015-yil 8-oktyabr.
  26. Lua xatosi in package.lua at line 80: module 'Module:ISOdate' not found.
  27. Lua xatosi in package.lua at line 80: module 'Module:ISOdate' not found.
  28. Lua xatosi in package.lua at line 80: module 'Module:ISOdate' not found.
  29. „Ethnographic Arms & Armour - Article: Notes on the development of modern sabers - Role of Eastern Europe & the Hussars“. Vikingsword.com. Qaraldi: 2015-yil 8-oktyabr.

Tashqi havolalar

tahrir

Andoza:Swords by region