Zweihander (nemischa talaffuzi: [t͡svaɪhɛndɐ] ( tinglang), soʻzma-soʻz „ikki qoʻlli“), shuningdek Doppelhänder („qoʻsh qoʻlli“), Beidhänder („ikkala qoʻlli“)[1], Bihänder yoki Bidenhänder – asosan XVI asrda ishlatilgan katta qoʻshqoʻlli qilich.

Zweihänder

Zweihänderʼlarning oddiy va Parierhakenʼli turlari
Turi Qoʻshqoʻlli qilich
Xizmat tarixi
Ishlatilgan yillari taxminan 1500–1600-yillar
Ishlab chiqarilish tarixi
Islab chiqarilgan yillari taxminan 1500-yildan hozirgacha
Tavsifi
Ogʻirligi 2–4 kg (4.4–8.8 funt)
Uzunligi 213 smgacha (84 dyuymgacha)
Tigʻining turi Ikki qirrali, toʻgʻri tigʻli
Sopining turi Qoʻshqoʻlli xochsimon, boshchali sopga ega

Zweihänder qilichlari oʻrta asr oxirlaridagi uzun qilichlardan ishlab chiqilgan boʻlib, Maximilian I (1519-yilda vafot etgan)dan boshlab 1494–1559-yillardagi Italiya urushlari davri davomida nemis Landsknechteʼsining boshqalardan ajratib turuvchi quroliga aylangan.

Ushbu holat XIV asrda boshlangan va XVI asrda tugagan juda katta qilichlar yasashga boʻlgan intilishning yakuniy bosqichini oʻzida mujassam etgandi. Zweihänder ishlab chiqilganidan keyin kattaligi va ogʻirligi tufayli qilichdan koʻra, nayza kabi uzun dastali qurollarning ishlatilish xususiyatini oldi. Bu esa qilichning zarba kuchini oshirib, taʼsir doirasini kengaytirdi. Uzunligi sababali, u qinda emas, balki yelkada osib yurilardi.

Morfologiyasi

tahrir

Zweihänderʼning odatiy uzunligi kamida 1.4 m, ogʻirligi esa 2 kg boʻlganligi uchun uni ikki qoʻlda ushlash talab etilgan (shuning uchun ham qilich shunday nomlangan). Shundan kelib chiqib, qilich sopining uzunligi kamida 25 sm boʻlishi shart boʻlgan[2]. Ogʻirligi 4 kg va undan ortiqroq boʻlgan Zweihänderʼlarni tantanali marosimlar uchun ishlatish bilangina cheklanishgan.

Dastlabki Zweihänderʼlar uzun qilichlarning kattaroq versiyasigina edi. Keyingi namunalarida esa Parierhaken (tigʻning ikki qirrasidan chiqib turuvchi kichik oʻtkir uchlari) bilan birga qilichning tigʻi va sopini ajratib turuvchi toʻsiqqa gardishlar ham qoʻshildi. Qilichlar shu ikki yoki bitta xususiyatsiz ham ishlab chiqarilishda davom etdi[2]. Baʼzi Zweihänderʼlarning toʻlqinsimon tigʻi bor boʻlib, ularga Flammenschwert deb nom berilgan.

 
1548-yil Kappel jangida zweihänder qilichining nayzalarga qarshi ishlatilayotgandagi tasviri

Manbalar

tahrir
  1. Oakeshott, Ewart. European Weapons and Armour: From the Renaissance to the Industrial Revolution. Boydell Press, November 2000 — 148-bet. ISBN 9781843837206. 
  2. 2,0 2,1 Melville, Neil H. T. (January 2000). „The Origins of the Two-Handed Sword“. Journal of Western Martial Art. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Melville" defined multiple times with different content

Havolalar

tahrir