Qo‘qon voqeasi (film)
“Qoʻqon voqeasi” — 1977-yilda “Oʻzbekfilm” kinostudiyasi Nikolay Nikitinning shu nomdagi tarixiy romani asosida rejissor Uchqun Nazarov tomonidan suratga olingan uch qismli sovet badiiy filmi sanaladi.
Qoʻqon voqeasi Это было в Коканде | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Uchqun Nazarov |
Ssenariynavis(lar) |
Dmitriy Vasiliu, Uchkun Nazarov |
Rollarda | Otabek Gʻaniyev, Aleksandr Kaydanovskiy, Hamza Umarov |
Bastakor(lar) | Rumil Vildanov |
Studiya(lar) | „Oʻzbekfilm“ |
Chiqarilgan sanasi | 1977 |
Davomiyligi | 193 min. |
Mamlakat | SSSR |
Til | ruscha |
Ssenariy va roman
tahrirSsenariy Nikolay Nikitinning romanidan sezilarli darajada farq qiladi, film motivlarga asoslangan: roman syujeti va ba’zi qahramonlarning ismlari oʻzgartirilgan, bundan tashqari, romanda yoʻq personajlar ham mavjud.
Syujeti
tahrirFilm Fargʻona vodiysida sovet hokimiyatining tashkil topishi, uning 1918-1921-yillardagi voqealari haqida hikoya qiladi. 1918-yilgi Qoʻqon qoʻzgʻoloni, uning bostirilishi, Qoʻqon muxtoriyatining tugatilishi va keyinchalik bosmachilikka qarshi kurash – ana shu tarixiy voqealar fonida bosh qahramonlar taqdiri rivojlanadi.
Yusuf qul bolakaydan Qizil armiya qoʻmondonigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtadi. Qizil Armiyadagi xizmatini oddiy askar sifatida boshlagan Lixoletov oxir oqibatda qoʻmondonga aylanadi. Bosmachilar toʻdasining sobiq rahbari Jabbor bolsheviklar tomoniga oʻtadi, sobiq ofiser Zaychenko esa Qoʻqon isyoni paytida xiyonat qilib, nihoyat obroʻsini toʻkib, bosmachi va ingliz razvedkasi xizmatiga oʻtib oladi.
Bosmachi toʻdalarining yana bir rahbari Irgash juda tigʻyogʻlama, soʻzamol boʻlib, film soʻnggida u sobiq maslakdoshi Jabborni asir qilib qoʻlga tushiradi[1].
Rollarda
tahrir- Otabek Gʻaniyev — Yusuf
- Aleksandr Kaydanovskiy — Zaychenko, Qoʻqon qal’asi komendanti (Sergey Shakurov ovozlashtirgan)
- Hamza Umarov — Jabbor Mahmud
- Aleksandr Denisov — Lixoletov, Qizil armiya qoʻmondoni
- Vyacheslav Shalevich — Avvakumov, Qoʻqon shahar Kengashi raisi
- Igor Dmitriyev — polkovnik Chernishov
- Evgeniya Simonova — Varya, mehr-shafqat siymosi (Antonina Konchakova ovozlashtirgan)
- Shuhrat Irgashev — Sigereli
- Murod Rajabov — Irgash, bosmachilar toʻdasi boshligʻi
- Viktor Perevalov — Fedotkin, Qizil armiya zobiti
- Zikir Muhamedjonov —Ahmedov, Qoʻqon muxtoriyati boshligʻi
- Melis Abzalov — Eshon Zaynulla, Qoʻqon ruhoniylari boshligʻi
- Georgiy Shevsov — Donald, Britaniya emissari
- Oʻlmas Alixoʻjayev — Saidov
- Viktor Perevalov — Fedotkin, Qizil armiya zobiti
- Svetlana Norboyeva — Fotima