Qohir Rasulzoda (tojikcha: Қоҳир Расулзода, 2007-yilgachaNozirov Abduqahhor Rasulovich, 1961-yil 8-mart, Soʻgʻd viloyati, Tojikiston) – 2013-yil 23-noyabrda Prezident Emomali Rahmon tomonidan Tojikiston Bosh vaziri etib tayinlangan. Bunga qadar Soʻgʻd viloyati raisi edi[1].

Qohir Rasulzoda
Қоҳир Расулзода
Tojikiston bosh vaziri
Mansab davri
23-noyabr 2013-yil
Oʻtmishdoshi Oqil Oqilov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 8-mart 1961-yil (1961-03-08) (63 yosh)
Siyosiy partiyasi Tojikiston Xalq demokratik partiyasi
Mukofotlari

Hayoti

tahrir

1982-yilda Tojikiston qishloq xoʻjaligi institutini muhandis-mexanik sohasi boʻyicha bitirgan. Texnika fanlari nomzodi. 2000-yildan 2006-yilgacha Tojikiston Melioratsiya va suv xoʻjaligi vaziri boʻlgan. 2006-2008-yillarda - Soʻgʻd viloyati raisi (hokimi). Ikki marta Milliy majlisga (Parlament) saylangan. 2013-yildan mamlakat Bosh vaziri. Ushbu lavozimda 1999-yildan beri ishlab kelgan Oqil Oqilov esa isteʼfoga chiqqan[2][3][4][5][6][7].

Manbalar

tahrir
  1. Премьер-министром Таджикистана назначен экс-глава Согдийской области Кохир Расулзода // ИТАР-ТАСС
  2. Премьером Таджикистана назначен Кохир Расулзада // Вести.Ру
  3. Указ Президента Республики Таджикистан «О назначении Кохира Расулзода Премьер-министром Республики Таджикистан» // сайт Президента Таджикистана
  4. Биография Кохира Расулзада // ИТАР-ТАСС
  5. Биография Кохира Расулзада // Asia-plus, 2013-12-03da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-05-27
  6. Кохир Расулзода: Постоянно думаю о том, справляюсь ли я с задачами, возложенными на меня правительством и народом // Согдийская правда
  7. Кохир Расулзода: Служение народу – долг госслужащего // Pressa.tj, 2015-09-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-05-27