Qolgandaryo
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Qolgandaryo — Andijon viloyatidagi Qoradaryoning Andijon viloyati Baliqchi tumani va Namangan viloyati Norin tumanining janubiy hududidan oʻtgan qolgan oʻzani. Daryoning chap sohiliga shoʻr tuproq va qumoq yerga qurilgan (1848—50) kanalni 1876 yildan daryo suvi yuvib keta boshlagan. 1883 yil suv toshqini natijasida Qoradaryo tamoman kanalga oqa boshlagan. Daryo oʻzani balandda qolib ketgan. Daryo chinobod qishlogi yaqinida yana eski oʻzaniga burib yuborilgan. Qoradaryoning shimolida qolib ketgan 20 km uzunlikdagi oʻzani Q. nomi bilan atalgan va sizot suvlar bilan toʻlgan. 20-asr boshlaridan buyon sholikorlikda foydalaniladi hamda yaylov xizmatini oʻtaydi. Koʻp qismi ekin maydonlariga aylantirilgan.
Qolgandaryo | |
---|---|
| |
Davlat | Oʻzbekiston |
Andijon viloyati shimolidan oqib keladigan Oqboʻra daryosini Shahrixonsoy kesib oʻtgan shimoliy tomondagi qolgan oʻzani ham Q. deb atalgan. Oqboʻra oqovasi Shahrixonsoyga qoʻshilib, uning oʻzani qurib qolgan. Hozirgi Q. oʻrni Jalolquduq tumanining ekinzorlari orasida joylashgan. Endilikda sobiq oʻzandan ariq oqib oʻtadi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |