Qon bosimini o‘lchash
Qon bosimini oʻlchash tibbiyot xodimi uchun muhimdir. U quyidagi hollarda, ayniqsa, foydalidir:
- Homilador ayollar.
- Onalar tugʻruqdan oldin va keyin.
- Koʻp qon yoʻqotayotgani(tashqi yoki ichki qon ketish hollari).
- Shok yoki allergik shok holatidagi odamlar.
- 40 yoshdan oshgan odamlar.
- Semiz odamlar.
- Yurak muammolari, insult, nafas olishga qiynalyotgan, tez-tez boshi ogʻriydigan, shishgan, qand kasali, siydik yoʻllarining surunkali kasalliklari, shishgan yoki ogʻriqli venalari bor odamlar.
- Yuqori qon bosimi bor odamlar.
- Homiladorlikdan saqlovchi tabletkalarni ichayotgan (yoki ichishni rejalashtirayotgan) ayollar.
Qon bosimini pastlab ketishi ham, yuqorilab ketishi ham xavfli belgi hisoblanadi.
Arterial qon bosimini oʻlchash
tahrirArterial qon bosimini oʻlchash yurak tomirlar va nafas tizimi kasalliklarida qoʻllaniladigan muhim tashxisiy usul hisoblanadi. Sogʻlom, katta yoshli odamlarda arterial bosim qator sabablarga, ayniqsa yoshga, nerv sistemasi holatiga, sutka soatlari va shunga oʻxshaganlarga koʻra oʻzgarib turadi. Sistolik bosim 120dan 140mmgacha, diastolik bosim esa 70-90mmgacha simob ustuni atrofida oʻzgarib turadi. Ertalab arterial bosim 5-10mm simob ustuniga past boʻladi.
Qon bosimini oʻlchovchi 2 xil asbob mavjud:
1)Koʻrsatkichli qon bosimini oʻlchaydigan asbob(manometr).
2)Simobli qon bosimini oʻchaydigan asbob(sfigmomanometr).
Qon bosimini oʻlchash ketma-ketligi
tahrir- Odam oʻzini xotirjam tutishi kerak. Yaqinda qilingan mashqlar, achchiqlanish yoki xavotirlanish qon bosimining ortishiga va notoʻgʻri maʻlumot olinishiga olib keladi. Odamning xavotirlanmasligi va qoʻrqmasligi uchun shifokor unga nima qilmoqchi ekanligini tushuntirish kerak.
- Odam qoʻlining yuqori qismiga asbobning yengini oʻrnatish lozim.
- Rezinali balonchaning burchagini berkitish kerak.
- Bosimni simob ustunining 200mmdan ortadigan qilib koʻtaradi.
- Fonendoskop tirsakning ichki tarafiga qoʻyiladi.
- Havoni asta-sekin qoʻyib yuborib, qon tomirining urishini diqqat bilan eshitish lozim. Asbobning koʻrsatkichi (yoki simob darajasi)asta tusha boshlaganda yuqori va pastdagi oʻlchamlarga eʻtibor qaratiladi.
Adabiyotlar
tahrir- Hamshiralik ishi asoslari. 2015-yil, 174-bet.
- Hammabop tibbiyot qoʻllanmasi. 2013-yil, 15-bet.