Qora quyosh (okkultizmga oid simvol)

" Qora quyosh " (nemischa: Schwarze Sonne ) - fashistlar Germaniyasida va keyinchalik neonatsizmda o'zlarining ramzi sifatida foydalangan.

"Qora quyosh"

SS (Fashistlar Germaniyaning ichki xavfsizlik tashkiloti) gerbidagi rasmdagi qora quyosh belgisidan andoza olinagan. Uning tarixiy prototiplari bor. Shuningdek zamonaviy ko'rinishi sifatida 1-marta fashistlar Germaniyasida Wewelsburg qal'asining dizayn elementi sifatida paydo bo'ldi. Qal'ani SS markaziga aylantirmoqchi bo'lgan SS rahbari Geynrix Gimmler tomonidan rekonstruksiya qilingan va kengaytirilgan. Ushbu belgining nomi va SS orasida o'zaro aloqasi bor ekanligi noma'lumligicha qolmoqda.

"Qora quyosh" atamasi ezoterik gitlerizm asoschisi Migel Serrano va sobiq SS odami Vilgelm Landigning asarlarida paydo bo'lgan. Vilgelim Landiq "Qora quyosh" konsepsiyasini svastika o'rnini bosuvchi va "Oriylar irqi" ning qaytadan paydo bo'lishini bildiruvchi ramz sifatida tasvirlaydi.

Ushbu belgiga nisbatan "Qora quyosh" nomi 1991-yilda Rassel Makklaud tomonidan yozilgan "Tashi Lunponing qora quyoshi" okkultizmga oid triller romani nashr etilgandan keyin keng qo'llanila boshlandi. Wewelsburg mozaikasidan foydalanib sobiq SS (Fashistlar Germaniyaning ichki xavfsizlik tashkiloti) zobiti Vilgelm Landig tomonidan fashistlarning svastikasini ishlab chiqqan.

Tarixi

tahrir

Taxminlarga ko'ra, "Qora quyosh" tushunchasi 1-marta muomalaga Helena Blavatskiy tomonidan kiritilgan bo'lib, u o'zining " Maxfiy ta'limot " asarida "markaziy quyosh" haqida gapirib o'tgan. Ammo bu kitobda "Qora quyosh" atamasi umuman uchramaydi va Blavatskiy tomonidan aytilgan "Markaziy ruhiy quyosh" atamasi uning atrofida sayyoralar tizimlari hosil bo'ladigan va harakat qiladigan markaz sifatida, "Markaziy ruhiy quyosh" tomonidan to'liq tarqaladigan yorug'likni, yorug'lik manbai sifatida qaraladi. Zulmat: " qorong'ulik Xaos (Markaziy) Quyosh asosiy sehrli kuchi yordamida butunligicha qorong'ilikni yo'qotib, boshlang'ich yorug'lik nurining porlashi tufayli to'xtaydi"[1]. Gnostiklar aynan shu yorug'likni "yaxshi yorug'lik" deb atashgan degan fikrlar mavjud. Shuningdek, bu hodisa Yaratilmagan Nur yoki Tabor nuri deb ham ataladi, ushbu ta'limotni pravoslav isixat palamistlar tomonidan tarqatilgan.

Isisxat palamistlar, shuningdek, "yashirin oriy ta'limoti" bilan bog'liq bo'lgan "qora yorug'lik" talimotini no'qitishga harakat qilishadi. Yakov Blavatskiy "markaziy quyosh" ning diniy marosimlarini Arktika hududidan tashqarida yashab o'tgan afsonaviy qadimgi odamlar bilan bog'lagan. Biroq, A. V. Vasilchenko o'z kitobida shunday yozadi: "Yahudiy Kabbalistikasida biz "qora nur" ni uchratishimiz mumkin" .

Bu tasdiqlanmagan xabarlarga qaramay, Ryudiger Sunner 1998-yilda "Qora quyosh" kinosida Natsizmning eski davrida to'g'ridan-to'g'ri aytilgan: "Blavatskiy, albatta, natsistlarning peshvosi emas edi. Ammo uning afsonalar va vahiylarga asoslangan yashirin ta'limotining noaniqliklari, keyingi keng tarqalgan uydirmalarning manbaidir degan[2].

1910-yilda Gido fon Listning fikricha ko'rinmaydigan, "Ario-germanlar" xalqalari orasidagi ta'limot bo'yicha Xudo ("birlamchi olov") tushunchasi haqida yozgan. Okkultist Perit Shou "Germaniya kelajagi kosmologik rivojlanish nuqtai nazaridan" degan kitobida "markaziy quyosh"ni uning atrofida barcha sayyoralar tizimlari 26 ming yillik sikl bilan aylanadigan ko'rinmas markaz mavjudligiga ishonch bilan bog'lab o'tgan. Qisqa qilib aytganda ayrim ma'lumotlarda Qora quyosh iloh deb bilishsa, ayrim manbalarda bu oriylik belgisi degan tushunchalar mavjud.

Fashistlar Germaniyasi

tahrir
 
Wewelsburg qal'asidagi Obergruppenführer zali, Germaniya

Fashistlar Germaniyasida "Qora quyosh" tushunchasiga pangerman ma'nosi qo'shildi, u Karl Wiligut tomonidan muomalaga kiritildi. Emil Ryudeger va Rudolf Mund "Qora quyosh" nuri shimoliy irqga alohida qobiliyat-imtiyoz berganligini va yashin xudosi Farbauti tomonidan takidlangan va tushuntirilgan quyidagi gaplar bor: Qora Quyoshning samoviy jismini endi ko'rish mumkin emas, chunki u kuchini yo'qotganligi sababli, uni faqat yuqori ruhiy shaxslar ko'rishlari mumkin, buning uchun meditatsiya va goiter massajiga murojaat qilishadi. "Qora quyosh" ni ko'rgan bilimsiz odamlar aqldan ozishdi .

1933-yilda Reyxsfyurer (davlat rahbari degani) - SS Geynrix Gimmler Germaniyadagi Vevelsburg qal'asini sotib oldi. Gimmler Vevelsburg qal'asini SS shtab kvartirasiga aylantirish maqsadida edi va 1936-1942-yillarda u katta niyatlarda binoni kengaytirib, qayta tikladi . Gimmlerning rekonstruktsiyasi natijasida, binoning shimoliy minorasining oq marmar polida, Obergruppenführer zalida, SS gerbidagi kabi o'n ikkita to'q yashil radial tarzda joylashtirilgan zig runlarning ramzi paydo bo'ladi. Nikolas Gudrik-Klark ushbu "SS quyosh g'ildiragining noyob dizayni" ni "o'n ikkita radial zig rune bilan o'ralgan qora disk" deb ta'riflaydi .

Vevelsburgdagi tasvirning ma'nosi hozirgi kungacha ma'lum emas. Olimlarning fikriga ko'ra, rassom dekorativ Merovingian disklaridagi naqshlardan ilhomlanib asarni yaratgan. Gudrik-Klark ta'kidlaydi: "Bu o'n ikki qirrali quyosh g'ildiragi erta o'rta asrlardagi merovingian dekorativ disklaridan olingan va ko'rinadigan quyoshni yoki uning yil oylari orqali o'tishini tasvirlashi kerak deb taxmin qilingan. Ushbu disklar Uchinchi Reyx davrida ilmiy nashrlarda muhokama qilingan va Wewelsburg dizaynerlari uchun namuna bo'lib xizmat qilishi mumkin edi

Urushdan keyingi davr

tahrir

"Qora quyosh" ezoterik gitlerizm asoschisi Migel Serrano[3] va eski SS (Fashistlar Germaniyaning ichki xavfsizlik tashkiloti) tashkiloti odami Vilgelm Landig[4] yozuvlarida uchraydi.

Vilgelm Landig "Qora quyosh" kontseptsiyasini svastika o'rnini bosuvchi va oriy irqining qayta tiklanishi uchun mistik energiya manbai sifatida va grafik belgi sifatida shakllantiradi .

Serrano o'zini o'zi "ezoterik gitlerist" deb e'lon qiladi va bu "zamonaviy dunyoning materialistik odamini yangi idealist qahramonga" aylantirishga qodir bo'lgan yangi din bo'lishi mumkinligiga ishonadi va hatto dindan ham ko'proq: bu "qahramonni Xudoga aylantirish yo'lidir."

1984-yilda Serrano Adolf Gitler nomi ostidagi kitobini bosmadan chiqardi: "So'nggi Avatar " (Adolf Hitler, el ultimo avatar) kitobini "Fyurer Adolf Gitlerni ulug'lanishiga" bag'ishlagan. Ushbu kitobda u insoniyatning asl kelib chiqishini yo'q qilishga qaratilgan, qadimdan kelib chiqqan fitna mavjudligi haqida yozadi. Shunday qilib, uning fikricha, Birinchi Giperboriyada boshqa galaktikalardagi tirik mavjudotlar mavjudligiga oid hujjatlar Iskandariya kutubxonasida yo'q qilingan. Birinchi Giperboreya ruhiy holat bo'lib, er yuzida cheksiz ko'payish uchun ma'nosiz maqsad bilan neandertallarni yaratgan demiurj hukmronligi ostiga tushmadi. Giperboreylar esa sikllikka bo'ysunmaydilar va o'limdan so'ng ular faqat xohlasalar Yerga qaytadilar. Ibtidoiy giperboreiyaliklar ruhiy proyeksiya yordamida ko'paygan, Vrilning kuchi ularni boshqarishga yordam bergan, "Qora quyosh" nuri esa ulraning tomirlaridan suzib o'tgan.

Serranoning "Qora quyoshi" odatiy osmonga oid jismdir. Landig fikricha Qora Quyosh ramzini SS a'zolarining butun dunyo bo'ylab yashirin tarmog'i uchun binafsha rangdagi ramzga aylantiradi.

Rassell MakKloudning romani

tahrir

1991-yilda Rassell MakCloud taxallusi bilan bosmaga chiqgan kitob "Tasha Lunponing qora quyoshi" siyosiy trillerida Qora quyosh tushunchasi Veelsburgdagi Obergruppenfürer zalining pol mozaikasida tasvirlangan 12 qirrali svastikaga qaratilgan. Veelsburg qal'asining roman uchun markaziy ahamiyati birinchi nashrning bosh sahifasini o'qib chiqganda yaqqol ko'rinadi, unda Vewelsburg qal'asining "Obergruppenfürer zali" 12 qirrali svastika bilan tasvirlangan.

Zamonaviylik

tahrir

1991-yildan hozirgi kungacha "Qora quyosh" ariosofik bilan mashg'ul bo'lgan yangi fashist tashkilotlari tomonidan ramz o'rnida ishlatilgan. Bu ramz Germaniyadagi oʻta oʻng qanot musiqasiga, tyuringiyalik bastakor Veitning “In eine neue Zeit” (yangi vaqtda) diskidan tortib, Staatsfeindning “Democrazy” diskiga kirib boradi. Ushbu diskdagi qoʻshiq Qora quyoshni kuylaydi, jangovar chaqiriqlar joʻrligida “Qora quyoshni ol va uni ozodligimiz belgisi sifatida dunyoga koʻrsat...” degan so'zlar mavjud. Ushbu ramzga qaramlikning ekstremal shakllari sifatida Lyutsiferning Qora ordeni (Schwarzer Orden von Luzifer) dan Volkish satanistlarini ko'rsatish mumkin. Ularning tarafdorlari Karl Mariya Viligut va uning shogirdi Emil Ryudigerning kitob va ko'rsatmalariga murojaat qilishadi va "qora san'atni "qora san'at" bilan birlashtiradilar. "Shaytoniy irminizm" va tegishli emblema bilan "Qora quyosh" Priory, Vevelsburg qal'a "Grail qora sehrli qal'a" sifatida ularga taqdim etildi[5].

Rossiyada Qora Quyosh atrofidagi ezoterik, okkultizm va astrolojik g'oyalar Oq an'analar klubi tadqiq qilinib kelinadi[6]. Qora Quyoshning ramzi xaos gnostiklari orasida ma'lum bir taqsimotga ega bo'lib, Qora logotipning metafizik darajasining sinonimi hisoblanadi[7].

"Qora quyosh" Volfenshtayn 2009 kompyuter o'yinida asosiy rol o'ynaydi.

Bu MDHda keng tarqalgan ramz va tumor. Yangi budparatslar ko'pincha "Qora quyosh" yangifashistlar bilan bog'lanmasligini takidlab kelishadi, chunki u fashistlar Germaniyasi tomonidan "buzilgan" ko'plab boshqa ramzlardan biridir.

Manbalar

tahrir
  1. Елена Блаватская. Тайная доктрина. Т. 1. Из-во «ЭКСМО», 2005. С. 313.
  2. Rüdiger Sünner Schwarze sonne. Hintergrunde des nationalsozialismus. 1998.
  3. Miguel Serranos: Das Goldene Band, Esoterischer Hitlerismus (1987)
  4. Wilhelm Landig. Трилогия «Gotzen gegen Thule» (1971), «Wolfszeit um Thule» (1980) и «Rebellen fur Thule» (1991).
  5. Daniela Siepe: Wewelsburg und «Okkultismus». п. 3.2.: Чёрное Солнце.
  6. Сообщество Белые Традиции. Статьи о Чёрном Солнце
  7. Smierc Polarstern. «Смешная метафизика. Критика одной хаософии»
на русском языке
на других языках