Qoratepa  — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Qamashi tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yil 13-martda vazirlar Mahkamasining 68-sonli qaroriga asosan shaharcha maqomi berilgan[1]. Hozirgi kunda u yerda Mayda , Qoratepa va Azlartepa mahallalalarni faoliyat yuritadi.

Qoratepa
Shaharcha
38°59′12″N 66°20′33″E / 38.98667°N 66.34250°E / 38.98667; 66.34250
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Qamashi tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qoratepa xaritada
Qoratepa
Qoratepa

Etimologiyasi

tahrir

Shaharcha nomi qora va tepa soʻzlarining jamlanmasidan tarkib topgan. Qoratepa qaysidir maʼnoda Oqtepaga qiyosiy tarzda nomlangan. Qoratepa asli choʻl vohasi, tekis joylardagi hududga qoʻyiladigan nom hisoblanadi. Oqtepa esa shaharning ichki qismida joylashadi. Oqtepa qadimiy qoʻrgʻonlarning xarobasida oʻrnida joylashsa, Qoratepa qishloq va aholi yashash hududlaridan uzoqroqda joylashgan boʻladi.

Qadimgi turkiy va moʻgʻul tillarida qora — qara — xara soʻzlari tepa yoki tepalik maʼnosida qoʻllangan. Shunga koʻra Qoratepa soʻzi qadimiy tillarga asoslanadigan boʻlsa, ulkan tepalik, katta tepalik maʼnolarini beradi. Qoratepa deb ataladigan hududlarning aksariyat qismi odamlar tomonidan sunʼiy tarzda bunyod etiladi, yaʼni qorovullar shaharni muhofazalashi uchun. Shu sababli bu tepaliklar qorovultepa deb ham nomlanadi. Qoratepani ham ayni shunday mudofaa maqsadida bunyod etilgan, sunʼiy tuproq tepalik deb hisoblash mumkin[2].

Oʻxshash nomlar

tahrir

Qashqadaryo viloyatining oʻzida Qarshi va Kasbi tumanlarida Qoratepa nomli qishloqlar mavjud. Fargʻona viloyati Yozyovon va Oʻzbekiston tumanlarida, Toshkent viloyati Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlarida shu nomdagi qishloq va shaharchalar mavjud.

Aholisi

tahrir

Aholini roʻyhatga olish maʼlumotlarida qayd etilishicha, Qoratepa shaharchasida 2013-yil 1-yanvarda 2171 nafar, 2016-yilda esa 2.4 ming nafar aholi istiqomat qilgan[3].

Aholining asosiy qismini oʻzbeklar tashkil etadi. Shuningdek, bu hududda boshqa millat vakillari ham istiqomat qiladi.

Iqlimi

tahrir

Qoratepa shaharchasining iqlimi kontinental boʻlib, oʻrtacha yillik harorat 7,2° C. Yanvar oyining oʻrtacha harorati —4,6° C, iyul oyiniki 20,1° C ga teng. Vegetatsiya davri 240 kun davom etadi.

Manbalar

tahrir
  1. POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
  2. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 385-bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  3. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 153-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.