Tentaksoy
(Qoraungurdan yoʻnaltirildi)
Tentaksoy, Qoraungur — Andijon viloyatining shimoli-sharqiy qismidagi soy. Fargʻona tizmasining shim.sharqiy yon bagʻridan boshlanadi. Daryo yuqori qismida togʻlar orasida oqadi. Muzlik va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Daryo suvi bahorda koʻpayadi. Paxtaobod shahridan oʻtib Moylisuvga qoʻshiladi. Uzunligi 126 km. Havzasi maydoni 4130 km². Koʻp yillik suv sarfi 35,8 m³/sek. T.ga Chortoqsoy va boshqa tashlama suvlar kelib qoʻshiladi. Suvi Paxtaobod tumani ekin maydonlarini sugʻorishga sarflanadi.
Tentaksoy | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 126 |
Maydoni | 4 130 km² |
Joylashuvi | |
Davlat | Qirgʻiziston va Oʻzbekiston |
Mintaqa | Andijon viloyati |
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |