Moylisuv
Moylisuv (qirgʻizcha: Майлуу-Суу) — Fargʻona vodiysidagi daryo (suvi tarkibida neft bulganidan dare M. deb atalgan). Fargʻona tizmasidagi Boyboshota togʻining shimoli-gʻarbiy yon bagʻridagi Katmonkoʻl kulidan (4000 m), Kerey nomi bilan boshlanadi. Sarasuvsoy, Mustu, Samandiq, Saribiya, Asivaz soylari bilan qoʻshilib M.ni qosil qiladi. Uzunligi 87 km, eng yirik irmogʻi bilan 107 km. Havzasi 748 km². M. yuqori oqimida Koʻprikboshi qishlogʻigacha chuqur doirasimon vodiysida, Izboskan qishlogʻigacha adirlardan (balandligi 1000–1500 m) oqadi. Qor, yomgʻir va buloqlardan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 9,15 m³/sek. Martdan avgustgacha M. sersuv boʻladi (77,6%). Andijon viloyatining Izboskan tumani yerlarini sugʻoradi. Soy vodiysida Qirgʻizistonning Moylisoy shahri, Koʻktosh shaharchasi va Oʻzbekistonning Izboskan qishlogʻi joylashgan.[1]
Moylisuv | |
---|---|
qirgʻizcha: Майлуу-Суу | |
Tavsif | |
Uzunligi | 87 |
Suv sarfi | 9,7 m³/s |
Davlat | Qirgʻiziston |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |