Qotishma
Qotishma kamida bittasi metall boʻlgan ikki yoki undan koʻp unsurlarning qattiq aralashmasidir. Qotishma metall xossalariga ega boʻlgani bilan, tarkibidagi moddalardan farq qiladi.
Bir metalldan yasalgan qotishma shu metall xossalarini yaxshilaydi. Masalan, poʻlat uning asosiy masalligʻi - temirdan mustahkamroqdir. Odatda qotishmalar ularning masalliqlarini eritib, aralashtirish natijasida hosil qilinadi. Qotishmalar mashinasozlik, kemasozlik, aviatsiya va qurilish sanoatlarida qoʻllanadi.
Qotishmalar
tahrirKeng miqyosda ishlab chiqariladigan qotishmalarga quyidagilar misol boʻladi:
Qotishma nomi | Tarkibi | Xossasi | Qoʻllanilishi |
---|---|---|---|
Bronza | 80 – 92% Cu 2%Zn 6%Sn, Al, Pb, Si |
Qattiq | Mashina qismlari, qurollar, sanʼat asarlari |
Jez | 60 – 90% Cu 40 – 10% Zn |
Yemirilishga barqaror, egiluvchanligi yuqori | Mashina ishlab chiqarishda, kimyo sanoatida, xoʻjalik buyumlar ishlab chiqarishda |
Melxior | 70 – 80% Ni 18 – 30% Cu, Fe, Mn aralashmasi |
Yemirilishga barqaror, koʻrinishi chiroyli yaltiroq | Tibbiy texnika, turmushda qoʻllanadigan idishlar, zargarlik buyumlari |
Dyuralyuminiy | 80 – 95% Al 13 – 1,5% Cu 0,5% Mg 0,5% Mn va boshqalar |
Bardoshli, yengil | Aviatsiyada, velosiped qismlari va boshqalar |
Monel-metall | 65 – 70% Ni 30% Cu, Fe, Mn aralashmalari |
Yemirilishga barqaror, ishqalanishga chidamli | Kimyo, neft sanoatida, tibbiyotda, kema, moneta yasashda ishlatiladi |
Zanglamaydigan poʻlat | 60 – 80% Fe 10 – 20% Cr 8 –20% Ni va boshqalar |
Mexanik barqarorlik, yemirilishga barqaror | Xirurgiya asboblari, idish-tovoqlar |
Nixrom | Ni, Cr, Fe, Mn | Yuqori elektrli toʻsiq, yuqori haroratga chidamli | Elektr qizdirish elementlari |
Havolalar
tahrir- Kimyo, metallar[sayt ishlamaydi]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |